Ovqatlanish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə10/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

II BOB

OVQATLANISHNING FIZIOLOGIK-GIGIYENIK ASOSLARI

Oqsil, yog', uglevod, mineral moddalar va vitaminlarning organizmdagi ahamiyati

Odam organizmi hayotiy jarayonlarni ta'minlash uchun energe-tik moddalar (oqsillar, yog’lar, uglevodlar) va plastik-qurilish mate-riallariga muhtoj bo’ladi, bu materiallar to’qimalarning yangilanishi va gavdaning o’sishi uchun zarur. Odamning kunlik ovqat ratsioni tarkibidagi oziq moddalari miqdori har xil bo’lgan hayvonlardan oli-nadigan oziq-ovqat mahsulotlari (go’sht, baliq, tuxum, sut), hayvon mahsulotlarini qayta ishlab tayyorlanadigan (pishloq, sariyog’, kol-basalar) va o’simlik mahsulotlari (un, yorma, makaron, non), sabza-vot-mevalardan iborat bo’ladi.

Organizmda oqsillar, yog’lar, uglevodlar o’zgarishlarga uchra-ganida energiya hosil bo’ladi va kilojoul, kilokaloriyalarda o’lcha-nadi. Organizmda 1 g oqsil oksidlanganda 4 kkal, 1 g yog’ oksidlan-ganda 9,1 kkal, 1 g uglevod yonganida 3,8 kkal energiya hosil bo’ladi. Ovqatlanishning sifatiy tarkibi va energetik qiymati odamning yoshi, jinsi, bo’yi, tanasining massasi, kasb-kori, fiziologik holati (masalan, homiladorlik, emizikli davri), sog’lig’i va iqlim sharoitlariga bog’hq bo’ladi.

Odam organizmi energiya sarfming 14% oqsillar hisobiga, 30% yog’lar hisobiga, 56% uglevodlar hisobiga qoplanadigan bo’lishi kerak.

Inson organizmida kechadigan barcha hayotiy jarayonlarga sarfla-nadigan energiya sarfi quyidagilardan tarkib topadi:

1. Asosiy almashinuv ichki organlar, tuzilmalar va to’qimalar funksiyasini ta'minlab boruvchi biokimyoviy jarayonlarga sarflanadi-gan energiya bo’lib, bu o’rtacha 1400—1700 kkal ni tashkil etadi.

2. Ovqatning spetsifik-dinamik ta'siri ovqatni hazm qihsh va oziq moddalarining o’zgarishiga sarfianadigan energiyadir, bu asosiy al-mashinuvning 10—15% ni tashkil etadi.

3. Insonning kasb-koriga aloqador ishlarga, faol dam olish va boshqa faoliyat turlariga sarflanadigan energiya.

12

Odamning yoshi, jinsi, faoliyat turlariga ko’ra kunlik energiya sarfi 2700—4500 kkal ni tashkil etadi. Kishilaming kunlik energiya sarfini hisoblab chiqib, muvozanat (balans)ga keltirilgan ovqat ra-tsionlari tuziladi. Ijobiy va manfiy energiya balansi odamning bar-cha hayotiy jarayonlariga ta'sir ko’rsatadi. Energiya miqdorini hisob-lab chiqish uchun oziq moddalarga ehtiyojga qarab bevosita va bil-vosita kalorimetriya usullaridan foydalaniladi.

Oqsil organizmda, asosan, qurilish materiali (plastik funksiyasi) bo’lib xizmat qiladi. Barcha a'zolar va to’qima hujayralari oqsillar-dan tuzilgan. Mushak tolalari, suyak, qon, limfa, gormonlar, mikrob-lar, antitelolar tarkibiga kiradi. Oqsillar modda va energiya almashi-nuvi jarayonlarini boshqarib turuvchi regulatorlar bo’lib, ichki va tashqi sekretsiya beziari tarkibiga kiradi. Oqsil yetishmaganda vita-minlar yaxshi o’zlashtirilmaydi. Ovqatda oqsil yetishmaganda immu-nitet susayadi, xotira pasayadi, bolalar o’sish va rivojianishdan ortda qoladi. Jigarda yog’ infiltratsiyasi ro’y berib, sirroz boshJanishi mum-kin, ichki sekretsiya bezlari (me'daosti bezi, jinsiy bezlar, qalqonsi-mon bez) faoliyati buziladi.



Organizmga tushadigan oqsil me'yori ortib ketganda ko’pgina a'zolar va tuzilmalar faoliyatiga yomon ta'sir qiladi. Oqsillar orga-nizmda, asosan, 20 xil aminokislotalarga parchalanadi. Olimlar o’tkazgan tad-qiqotlar natijasida organizmda sintezlan-maydigan, ya'ni almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar soni 9 ta ekanligi ma'lum bo’ldi. Bularga metionin, fenilalanin, triptofan, lizin, leysin, izoleysin, valin, treonin va gistidinlar kiradi. Hayvon mahsulotlari (sut, tuxum, go’sht, baliq) oqsillarida almashtirib bo’lmaydigan ami-nokislotalar juda ko’p bo’ladi.

13


Oqsillar organizmga tushadigan ovqat mahsulotlari o’zlashtirilishi hisobiga sin-tezlanadi. Hayot uchun juda zarur bo’l-gan aminokislotalardan hatto bittasi ye-tishmay qolganda oqsil sintezlanishi buzi-ladi. Aminokislotalar yetishmovchiligida kvashiorkor deb nomlanuvchi kasallik ke-lib chiqadi (1- rasm). Bu kasallik ko’k-rakdan ajratilgandan keyin to’yimli ovqat-ga yolchimaydigan 2-3 yashar bolalarda

ham uchraydi. Bu bolalar juda ozib ketadi, jigar kattalashib, teri va soch pigmentatsiyasi buziladi, yuzi va oyoqlari shishadi, ruhiy holati izdan chiqadi. Organizmga tushib turadigan va sarflanadigan oqsil bir-biriga teng bolsa, azot muvozanati yuzaga keladi, bu esa orga-nizm uchun juda muhimdir.

Ovqat ratsionidagi oqsil me'yori kisriilarning mehnat faoliyatiga, yoshiga, jinsiga qarab, 18—54 yashar erkaklar uchun — 82—118 g, ayollar uchun 70—82 g gacha belgilangan. Ammo bolalar va o’s-mirlar, keksa kishilar, sportchilar uchun, emizikli va homilador ayollar uchun oqsillarning alohida me'yorlari ishlab chiqilgan.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin