OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI KONSERVALASHNING GIGIYENIK ASOSLARI
Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash usullari
Oziq-ovqat mahsulotlarining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, mahsu-lotning oziqlik qiymati va yaxshi sifatlarini saqlab qolish maqsadida mahsulotlar konservalanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalash deb, ularni ishlab tayyorlash yoki saqlashda mikroblar ko’paya ol-maydigan sharoitlarni yuzaga keltirishga aytiladi. Oziq-ovqat mah-sulotlarini ultratovush yordamida konservalash zamonaviy usullardan frisoblanadi. Ultratovush 15-60 soniya ta'sir ettiriJsa sutdagi mikrob-lar nobud bo’ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashning asosiy usullari quyi-dagilardir: 1) past va yuqori harorat ta'sirida konservalash; 2) mah-sulotni suvsiz holga keltirish; 3) mahsulotdagi osmotik bosim hamda vodorod ionlari konsentratsiyasini kuchaytirsh; 4) mahsulotga bakte-ritsid va bakterostatik moddalarni (antiseptiklar, antibiotiklar, fiton-sidlarni) qo’shish; 5) mahsulotlarga tabiiy omillarni (ultrabinafsha nurlar, ultratovush, ionlashtiruvchi nur va boshqalarni) ta'sir ettirish.