Oqilona ovqatlanishni tashkil qilish
Ratsional (oqilona) ovqatlanish deganda, odatda, biz asosiy oziq moddalari (oqsillar, yog’lar, uglevodlar)ning iste'mol qilinayotgan ovqat tarkibida bir-biriga to’g’ri (1:1:4) nisbatda bo’lishini tushunamiz. Oqilona ovqatlanish, bu — miqdor va sifati jihatdan to’la ozuqaviy qiymatli, bir me'yorga asoslangan, kishilarning yoshi, mehnat va boshqa faoliyat turlarini hisobga olgan holda yuksak ish qobiliyatini, sog’liqni saqlashga imkon yaratadigan to’g’ri ovqatlanish tartibidir.
Ratsional ovqatlanish uchun, eng awalo, ovqat ratsionida oqsil-lar, yog’lar, ug’evodlar, mineral elementlar, vitaminlar, tuz, suv miq-dori kishilarning yoshi, bo’yi, vazni, kasb-kori, fiziologik holati (masalan, homiladorlik, emizildi davri), sog’lig’i va iqlim sharoitlari-ni hisobga olgan holda me'yorda bo’lishi lozim. Kunlik ovqat ra-tsionining energetik qiymati va to'yimliligi muhim miqdoriy ko’rsat-kich hisoblanadi. Ovqatlanish rejimi, ya'ni tartib maromi bir kunda iste'mol qilinadigan ovqatni kun bo’yicha maqsadga muvofiq to’g’ri taqsimlashni, ovqatlanish vaqtini muayyan soatga mo’ljallab, qat'iy tartib bo’yicha ovqatlanishni ko’zda tutadi. Ovqatlanish tartibi quyi-dagilarni o’z ichiga oladi.
Nonushta bo’lajak mehnat faoliyati uchun zarur moddalar za-xirasini vujudga keltiradi, unga kunlik ovqat kaloriyasining 20—25% to’g’ri keladi.
Tushlik ishga kirishilgan, enefgiya sarfi ortganligi uchun kunlik ovqat kaloriyasining 30—35% ni tashkil qiladi. Tolma choy tushlik va kechki ovqat oralig’i uzoq bo’lgani uchun organizmga mador ber-ishga qaratilgan bo’lib, uning miqdori 10—15% ni tashkil qiladi.
Kechki ovqat oson hazm bo’ladigan va asab tizimini qo’zg’at-maydigan bo’lishi kerak va uyquga yotishdan kamida 2 soat oldin tanovul qilinishi lozim, uning miqdori kunlik kaloriyaning 20—25% ga to’g’ri keladi.
Oqilona ovqatlanish uchun ovqat ratsionida to’la qiymath oziq moddalar yetarli bo’lishi, ovqat ratsioni miqdor va sifat jihatdan yetarli energetik qiymatga ega bo’lishi, to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak.
22
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaxshi saqlanishini ta'minlash va ovqatning oson hazm bo’lishiga imkon beradigan sharoitlar (ovqatni xushta'm, xushbo’yligi, ko’rinishi, oshxonaning shinamligi, dastur-xonni did bilan bezash, ovqatning xilma-xilligi) yaratish zarur.
Oziq-ovqat mahsulotlari mikroskopik zamburug’lar, patogen mikroorganizmlar bilan zararlarrmasligi va ularga zaharii moddalar tushmasligi uchun ishlab chiqarish, saqlash va pishirish yuzasidan sanitariya qoidalariga qafiy amal qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: |