Ovqatlanish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Yogiar. Bir asosli yog’ kislotalari, glitserin va organik moddalar-ning murakkab efirlari bo’lib, to’ymgan va to’yinmagan y0g’ kislo-talari, fosfatidlar, xolesterin va yog’da eriydigan A, E kabi vitamin-lardan tarkib topadi. Yog’lar organizmda qurilish va boshqa hayot jarayonlarida ishtirok etadi. Organizmda issiqlikni idora etib, ichki a'zolarni lat yeyishidan va silkinishdan saqlab turadi, yog’ biologik faol moddalarni, fosfatidlar, stearinlar, vitaminlar va ba'zi moddalar-ni organizmga yetkazib turadi. Kunhk ovqat ratsionining 30% gacha energetik qiymati yog’lar hisobiga qoplanadi. Ovqat ratsionida yog’ miqdori kamayganda markaziy asab tizimida o’zgarishlar yuzaga keladi, immunitet pasayib, ko’rish qobiliyati susayadi. To'yinmagan yog’ kislotalari yetishmasligi natijasida teri quruqlashib po’st tashlay-di. Ultrabinafsha nurlariga sezgirlik oshadi, kapillarlar yorilib gema-turiya yuzaga keladi.

Insonning yoshi, jinsi, mehnat faoliyati turi, iqlim sharoitlariga qarab, ovqat ratsionidagi kunlik yog’larga bo’lgan ehtiyoji o’rtacha 70—120 grammni tashkil qiladi. o’simliklar va hayvonlardan olinadi-gan oziq-ovqat mahsulotlari yog’ manbalari bo’lib xizmat qiladi.

Lipoidlar: fosfolipidlar va xolestrin organizmda muhim rol o’ynaydi. Fosfolipidlar xolestrinni parchalab organizmdan chiqib ketishiga zamin yaratadi va shu bilan aterosklerozning oldini olish-da, eritrotsidlarning yetilishida, asab tizimi faoliyatini muvofiqlash-tirishda katta rol o’ynaydi. Xolestrin yog’ kislotalari, jinsiy gormon-lar, buyrakusti bezi gormonlari va vitamin D hosil bo’Iishida muhim rol o’ynaydi. Odamning fosfatidlarga bo’lgan kunlik ehtiyoji 6—7 g ni tashkil etadi.

Uglevodlar. Tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarida uglevodlar mono-, di- va polisaxaridlar ko’rmishida bo’lib, fiziologik ahamiyati va bi-ologik qiymati asosan ularning energetik xossalari bilan belgilanadi. Kunlik ovqat ratsioni oziqlik qiymatining yarmi uglevodlarga to’g’ri keladi. Organizmning uglevodlarga bo’lgan talabi o’simlik manbalari

14

hisobiga qoplanadi. Uglevodlarning parchalanishi og’iz bo’shlig’ida boshlanib, me'da-ichakda yana polisaxaridlargacha parchalanadi, uglevodlar jigar va mushak to’qimalarida glukogen tarzida to’planib, zarur bo’lganda organizm ehtiyojiga sarflanadi. Uglevodlar almashi-nuvida fermentlar faol ishtirok etadi. Organizmda oksidlanish jara-yonlari yuqori darajada bo’lmasa, uglevodlar osongina yog’larga ay-lanadi va teriosti yog’ qatlamlarida va ichki organlar atrofida to’p-lanib boradi.

Agar oksidlanish jarayonlari tezroq davom etadigan bo’lsa, ug-levodlarning asosiy qismi oxirgi mahsulotlarga aylanadi. Kletchatka, kraxmal, pektin, glukogenlar murakkab uglevodlar, ya'ni polisaxarid-larga mansub bo’lib, suvda yomon eriydi. Kraxmal asosan g’alla mahsulotlari, kartoshka, dukkaklilar tarkibida ko’p bo’ladi va umu-miy uglevodlar mlqdorining 80% ga yaqinini tashkil qiladi.

Qondagi qand miqdori 0,8—1,2 g/1 atrofida bo’ladi. Organizm juda ko’p kuch sarflaganda qondagi qand miqdori kamayib gipo-glikemiya kuzatiladi. Bunda odamning boshi aylanib, yuragi o’ynay-di, ter bosadi, miya to’qimasi qandga yolchimay qolganda nevrotik sindrom boshlanishi mumkin. Agar ko’p miqdorda qandga boy ovqat iste'mol qilinsa alimentar giperglikemiya yuzaga keladi. Oshqozon osti bezi faoliyati izdan chiqqanda jigardagi ortiqcha glukogen par-chalanib, qonda qand miqdori oshib ketadi (qandli diabet). Non va makaron mahsulotlari, yormalar, kartoshka, qand, qandolat mahsu-lotlari uglevodlarning asosiy manbayi hisoblanadi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin