Mineral moddalar. Odam tana massasining 3—4% ni mineral moddalar tashkil qiladi. Ular Ca, P, Mg kabi makroelementlar, yod, rux, mis, ftor kabi mikroelementlarga bo’linadi. Mikrounsurlardan Al, Ti, F, Ni kabilar miqdori yoshga qarab ortib boradi. Insonning mineral moddalarga bo’lgan ehtiyoji turlichadir. Ba'zi mineral mod-dalar ayrim ovqat mahsulotlari tarkibida organizmga elektromusbat (kationlar), boshqalari elektromanfiy (anionlar) yo’nalishda ta'sir ko’rsatadi. Ishqoriy ta'sir ko’rsatuvchi mineral unsurlarga (kationlar-ga) kalsiy, magniy, natriy va kaliylar kiradi. Bunday elementlarga boy, ishqoriy ta'sir ko’rsatuvchi oziq mahsulotlariga sut, sut mahsu-lotlari, meva-sabzavotlar kiradi.
Kalsiy suyak tayanch to'qimalarining asosini tashkil qiladi, ular-ning takomillashishida ishtirok etadi. 100 g pishloq yoki 0,5 litr sut katta odamning kalsiyga boigan bir kunlik ehtiyojini qondiradi. Magniy (Mg) asab tizimi qo’zg’alishini muvozanatlashda, qon tomirlarini kengaytirish, o’t pufagini qisqartirishlarda faol ishtirok etadi.
15
Go’sht, tuxum sarig’i, baliq, pishloq, no’xat, loviya kabi mah-sulotlar fosforga juda boy bo’ladi. Fosfor va kalsiy tishlar va skelet suyaklari tarkibiga kiradi va ularga zarur mustahkamlik beradi. Orga-nizmda Ca va P tuzlarining eng yaxshi nisbati 1:1,5 yoki 1:2 nisbat-da bo’ladi. Kaliy (K) organizmda bufer tuzilma (sistema)ning hosil bo’hshida, suyuqlikni haydashda, natriy (Na) hujayra membranala-rida ion almashinuvida ishtirok etadi.
Temir qon yaratish, suyaklanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko’r-satadi. Marganes esa ichki sekretsiya bezlari faoliyatini yaxshilash-ga, organizmning o’sishiga ta'sir qiladi. Ftor tish emal tuzilishida ishtirok etadi. Uning yetishmasligi tishlar kariyesiga, me'yoridan ortib ketishi fluroz kasalligining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Yod tanqisligi esa qalqonsimon bezning kattalashuviga, endemik buqoq paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Bunga sabab yod yetish-masligi oqibatida qalqonsimon bezda tiroksin gormonining kam ishlab chiqilishidir.
Mineral moddalarning asosiy manbayi hayvon (go’sht, baliq, tu-xum, pishloq, jigar), o’simlik (dukkaklilar, qo’ziqorin, kartoshka, is-maloq) mahsulotlari hisloblanadi.
Vitaminlar quyi molekulali kimyoviy birikmalar bo’lib, organizm-da deyarli sintezlanmaydi va organizmning o’sishi, rivojlanishi uchun juda muhim (1- jadval). Modda almashinuvi jarayonida kechadigan reaksiyalarni tezlashtixuvchi katalizator rolini o’ynaydi. Vitaminlar suvda eriydigan va yog’da eriydigan vitaminlarga ajratiladi.