Ovqatlanish


Baliq va baliq mahsulotlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə45/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Baliq va baliq mahsulotlari

Yer yuzi aholisining ovqat ratsionida baliqlarning 150 ga yaqin xilidan oziq sifatida foydalaniladi. Baliq go’shti tarkibida metionin, organin kabi aminokislotalar, to’la qimmatli oqsillar, to’yinmagan yog’ kislotalari hamda xoliletsitin kabi fosfatidlar ko’p. Baliqlarda garchi yog’ miqdori qo’y, mol, cho’chqa go’shtinikiga qaraganda kam bo’lsa-da, baliq yog'ining oziqlik va biologik qiymati ancha yu-qori bo’ladi. Sazan, cho’rtan, karp, xek, treska baliqlarida yog’ miq-dori atigi 3—6%. Laqqa, losos, seld, osetrin, sardin baliqlarida esa yog’ miqdori ancha ko’p. Baliqlar muzlatilganda taom xususiyati yo’qolmasligi, o’z yog’ida tayyorlangan konservalarining kaloriyasi kuchliligi bilan xarakterlanadi.

Ovqat ratsionida haftasiga kamida 2 marta baliq mahsulotlari iste'mol qilinishi maqsadga muvofiq. Chunki baliqda kaliy, kalsiy, fosfor, magniy kabi mineral moddalar, dengiz va sho’r suv havzalari

51




baliqlarida yod, ftor, marganes, mis kabi mikroelementiar, nikotinat kislota va B guruh vitaminlari ko’p bo’ladi. Baliqda ekstraktiv mod-dalar go’shtdagidan kamroq bo’lsa-da, qaynatib pishirilganda uchuv-chan moddalar hosil bo’lib, sho’rvasiga o’ziga xos hid beradi.

Baliqning gigiyenik ekspertizasini o’tkazish yon muskul to’qima-larini ichak mikroorganizmlari ta'sirida qon gemolizlanishi oqibati-da «oftobda qoraygandek» qizaribroq turganligi yoki tuzsevar bak-teriyalar ta'sirida «fiksin» deb ataluvchi qizil dog’lar borligini ku-zatishdan boshlanadi. Bunday belgilari bor baliqlar shartli yaroqli deb hisoblanadi va tuz eritmasida yaxshilab yuvilib, sovitib turiladigan binoda saqlanadi. Baliq yog’i saqlashga chidamaydi, unda oksidla-nish mahsulotlari paydo bo’lib, mazasi aynab qoladi. Bunday nuq-son «zang bosish» deb ataladi. Sirtidagi aynab qolgan yog’ni pishi-rish vaqtida ohb tashlanadi, muskullar ichidagi yog’ aynab taxir boiib qolgan bo’lsa, bunday bahq chiqitga chiqariladi. Baliq tuz-lashda sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganda sir pashshasining qurtlari tushadi va obdan yuvib tozalash kerak boiadi. Qurtlar bahq muskullarining ichiga o’tib ketgan boisa, bu baliq ovqatga ishlatil-maydi. Bahqni tuzlashda ba'zan nematodalar uchraydi. Baliqni tozalab ichak-chavog’ini ohb tashlash zarur. Bu chuvalchanglar ba-hqning muskul to’qimasiga o’tib ketgan boisa ovqatga ishlatilmay-di. Gijjalari bor bahqni sotishga doir sanitariya qoidalari buzilganda: muzlatilgan bahq xomligicha, yaxshi qovurilmagan yoki qaynatib pishirilmagan bahq iste'mol qilinganda odamga gijjalar yuqib qohshi mumkin.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin