Polimer materiallari (plastmassalar). Oziq-ovqat sanoatida, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarida idishlar, har xil buyum va narsalar, mashinalarning qismlari, termostatlar, muzlatkichlar va boshqalarda polimerlardan keng foydalaniladi.
Plastmassaning ham foydali, ham zararli tomonlari bor. Ta'sir qiladigan birikma plastmassa emas, balki unga qo’shiladigan qo’-shimchalar (stabilizatorlar, antioksidantlar, plastifikatorlar, bo’yoq-lar), polimerizatsiyalanmagan monomerlar hisoblanadi. Monomer-larning qoldig’i 0,03-0,17 % dan ko’p bo’lmasligi kerak. Bundan tashqari, polimerlarning salbiy tomoni shundaki, tayyorlangan buyumlar, detallar vaqt o’tishi bilan eskirib, shakli buziladi.
Polimerlar, organik birikmalarning ovqat mahsulotiga o’tishidan saqlanish uchun bunday birikmalar tayyorlangan idishlar hamda o’rash matolarini qo’llashda gigiyenik tadbirlarga to’la rioya qilish lozim. Masalan, o’simlik moyini suvga mo’ljallangan plastmassa idishda saqlash mumkin emas. Agar oziq-ovqat mahsulotlarini gigi-yenik ekspertizadan o’tkazish jarayonida sanitariya-gigiyenik qoidalar va epidemiyaga qarshi choralar qo’pol ravishda buzilganligi aniqlan-sa, DSENM xodimlari tomonidan javobgar shaxslar jarimaga torti-ladi, zarur hollarda oziq-ovqat muassasasi faoliyati to’xtatiladi.