G o m o t e t i y a v a u n i n g x o s s a l a r i.
O’xshash almashtirishning biri gomotetiyadir (grekcha «gomo» o’xshash va "temos" joylanish).
2-ta’rif. Tekislikdagi har bir A nuqtaga
(32.1)
shartni qanoatlantiruvchi A' nuqtani mos keltiradigan almashtirishni k0 koeffitsientli va O markazli gomotetik almashtirish, qisqacha gomotetiya deyiladi. O markazi k0 koeffitsientli gomotetiya G0k ko’rinishda belgilanadi.
Ta’rifdan gomotetiyaning ko’plab xossalarini chiqarish mumkin biz ularning ba’zi birlariga to’xtalamiz:
1°. Gomotetiya o’zaro bir qiymatli almashtirish.
H aqiqatan, agar A nuqta k koeffitsient berilsa A' nuqta vector yordamida bir qiymatli aniqlanadi, ya’ni GOK(A) = A' A 66-chizma
ksincha, agar A' nuqta, gomotetiya markazi O nuqta va k- koeffitsient berilgan bo’lsa, u holda OA' vektor bir qiymatli aniqlanadi, demak bundan A nuqta aniqlanadi (69.a - chizma).
2°. Gomotetiyada mos nuqtalar va gomotetiya markazi bir to’g’ri chiziqda yotadi (69 a,b- chizma).
Bu va vektorlarning kollinearligadan bevosita kelib chiqadi. Agar k>0 bo’lsa, va vektorlar bir xil yo’nalishga ega bo’ladi, demak, A nuqta va uni aksi (obrazi) A' nuqta, markazdan bir tomonda yotadi. Agar k<0 bo’lsa, va vektorlar qarama – qarshi yo’nalgan bo’ladi, demak, A va A' nuqtalar O nuqtaning turli tomonlarida yotadi.