Oybek prozasidagi badiiy tasvir vositalarining ba’zi xususiyatlari



Yüklə 26 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü26 Kb.
#176902
1   2
maqola. tasviriy vositalar

bolalarning chinqirig’i, yiqila-yiqila yugurgan ayollarning telba faryodi, xarobazor orasida tirmangan yaradorlar va mayiblarning ingrashi…” Ushbu gapda uyushiq bo’laklarning bog’lovchilarsiz, sanash ohangida, ta’kidlangan holda berilishi voqealarning o’quvchi ko’z o’ngida to’laqonli jonlantirishga “badiiy asar uchun zarur bo’lgan takt, ritm va me’yorni ushlab turishga” (S.Karimov) xizmat qilgan. Yoki “Shahar olov girdobida - yong’in uning suyaklarini kemirib, to’ymagan kabi, ko’kni ham qamramoqchiday yuksakka hamla qiladi. Dud, chang, is, olov3 Yozuvchining mahorati shundaki, jang va urush tasvirida ba’zan turli o’xshatish va metaforalardan foydalangan holda mufassal bayon usulidan boradi, kitobxonni jang maydoniga olib kiradi. Ba’zan esa xuddi shu maqsad bilan uyushiq bo’laklarni bog’lovchisiz keltiradiva jim qoladi. Asindeton - bog’lovchisizlik “o’qilayotgan paytda o’quvchi psixologik holatiga yordamlashadi.”4 Har ikkala yondashuvda stilistik figuralardan o’rinli foydalanish asarning badiiy qimmatini oshirgan.
Yana bir uslubiy figuralardan biri gradatsiyaning asardagi o’rnini kuzatamiz. “Gradatsiya insonlardagi, narsa va belgi-xususiyatlarni, harakatlarni alohida urg’u bilan ko’rsatishga intilish samarasidir. Bu yerda ham so’zlarning uyushib kelishda uyg’unlik mavjud. Farqi shundaki, ketma-ket kelayotgan so’zlarning ma’nosi o’zidan oldin kelganiga nisbatan kuchliroq bo’ladi”5Bo’mbalar dahshatli sado bilan sho’ng’ir, portlar, yer silkinar, binolar qular, eshiklar, derazalar qanotlanganday sachrab uchar, oynalar qum kabi to’kilardi…6 Gap tarkibidagi har bir til birligi alohida e’tibor va fikriy tugallikni talab qilmoqda va idrok qilib bo’lingandan keyin boshqasiga o’tiladi. Natijada, tasvirlanayotgan voqeaning va ifodalilikni asta-sekin, tadrijiy rivojini kuzatishimiz mumkin. Gradatsiya so’zining “zinapoya” ma’nosini berishi ham shu fikrga bo’gliq.



1 Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand: SamDU nashri, 1994, 1-b.

2 Samadov Q. Oybek - so’z san’atkori. -Toshkent, 1965, 4-b.

3 Oybek. Quyosh qoraymas. - Toshkent, 1981. 33-bet.



4 Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand: SamDU nashri, 1994, 48-b.

5 Karimov S. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. - Samarqand: SamDU nashri, 1994, 50-b.

6 Oybek. Quyosh qoraymas. - Toshkent, 1981. 33-bet.

Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin