Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


- Mavzu: Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924yy.)



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

 
6- Mavzu: Turkistonda arxiv ishi tarixi (1917-1924yy.) 
Reja: 
1. Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi. 
2. Arxivlarni markazlashtirish. Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) faoliyati. 
3. Turkistonda arxivlarda ish yuritish. 
1.Turkiston ASSRda arxiv ishining tashkil etilishi. Turkiston o‘lkasida 
1918-yil mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan izohlanadi. O‘zini idora 
qiladigan mustaqil davlat qurishga go‘yo ko‘maklashayotgandek ko‘ringan sovet 
hokimiyatining asl basharasi Turkiston Muxtoriyatini qonga botirishda yaqqol 
namoyon bo‘ldi. Sovet hukumati Turkiston Muxtoriyati tajribasidan muhim hulosa 
chiqarib, bu Turkiston hududida o‘ziga xos sovetlar andazasidagi avtonomiyani 
tashkil etishga kirishgan edi. Bundan ko‘zda tutilgan bosh maqsad Turkistonning 
kelajakda mustaqil, suviren davlat bo‘lib, ajralib chiqib ketishiga izm bermaslik edi. 
Bolsheviklar 1918-yil yanvar oyidayoq Turkiston avtonomiyasini tuzish masalasini 
ko‘tarishgan edi. 1918-yil 30-aprelda Turkiston Sovetlarining V s’ezdida “Rossiya 


49 
Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqida Nizom” qabul qilindi 
va Turkiston ASSRning tuzilganligi e’lon qilindi. 
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi ma’muriy jihatdan Farg‘ona, 
Samarqand, Sirdaryo, Ettisuv, Kaspiyorti, keyinchalik Amudaryo (Turkman) 
viloyatlariga bo‘lingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Qozog‘iston ASSR, 
Afg‘oniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan. 
Sovet davridagi kelajakda amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar 
o‘tmishdagi vaqe’a hodisalar va siyosatni kommunistik ma’murlar va tarixchilar 
arxiv hujjatlari bilan bog‘lab o‘rgandilar. 1917-yil inqilobidan keyin tarixiy 
taraqqiyotni namoyon qilishni ahamiyatli deb hisoblaydigan marksizm tarafdorlari 
hisoblangan bolsheviklar tezda chor Rossiyasi arxivlarini o‘z nazoratlariga oldilar. 
Progressiv va reaksion tendensiyalarni namoyon qilish uchun kommunistik 
tarixchilar materiallar yig‘a boshladilar. 1930-yillarda Stalin kitoblardagi tarixiy 
materiallar ustida taxrir olib borgan bir paytda kommunistik partiyadagi bahslar o‘z 
cho‘qqisiga yetgan edi. Partiya chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan hududlar va 
u yerda yashaydigan xalqlarga o‘z zulmini o‘tkazuvchi sifatida emas, imperiyaning 
xalq xaloskori sifatida ifoda etilishiga e’tibor qaratdi. Sovet davrida Leningrad va 
Moskva shaharlari tashqarisida arxivlardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Partiya 
rozilik bergan arxivshunoslargagina ruxsat berilgan bo‘lsada, ularning hujjatlarini 
qoralashi ta’qiqlangan edi. Ular kun so‘ngida maxsus xodimlarga o‘z qayd 
daftarlarini ko‘rsatishlari lozim bo‘lgan. Sovet Ittifoqi bo‘ylab bolshevik senzura 
kuchlarini yorqin aks ettiruvchi hujjatlaridan ko‘chirmalar oldilar. Bu harakatlardan 
maqsad tarixchi va o‘quvchilarni real vaqealardan uzoqlashtirib, o‘zgartirilgan 
tarixga ko‘proq e’tibor qaratishni ko‘zda tutardi (Antonina Burton. Archive 
Stories.(facts, fictions and the writing of history). – London.2005.–R.49-50.) 
Turkistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgach o‘lkada arxiv ishining tashkil 
etilishga e’tibor qaratila boshlandi. Sho‘rolor hokimiyati rahbarlari yaxshi bilardiki, 
komunistik g‘oyalarning bajarilish vazifalarining muvaffaqiyatli olib borilishi ko‘p 
jihatdan qanchalik manbalar ko‘p to‘planishiga, tadqiqotchilar qaysi manbalardan
ko‘proq foydalanishiga ham bog‘liq edi. Dunyo ommasiga sho‘rolar tizimini ijobiy 


50 
tomondan ko‘rsatish zarur edi. Bularning barchasi hujjatli materilallarni maxsus 
boshqaruv markaziga konsetratratsiya qilishi hukumat vakillari uchun va 
davlatchilik siyosiy senzurasida efektiv instrument vazifasini o‘tab berishi talab 
qilinar edi. Shuning uchun sho‘rolar hukumati arxiv idoralari tizimini tiklanishiga 
katta diqqat-e’tibor qaratishdi. 
1918-yilining aprelida RSFSR hukumati tashabbusi bilan Turkistonda
markaziy arxiv idoralari boshqarmasini tuzish, arxiv ishini qayta qurish va 
markazlashtirish xususida qaror qabul qiladi, o‘shanda hukumat topshirig‘iga ko‘ra 
“arxiv tashkilotlari boshqaruvini tashkil etish” uchun maxsus komissiya tuziladi. 
Sovet hukumati arxiv ishlariga oktyabr inqilobidan so‘ng katta e’tibor bera 
boshladi. 1918 yilning 27-28-mayida Moskvada M. X. Pokrovskiy raisligida majlis 
bo‘lib, Markaziy arxiv boshqarmasini tuzishni rejalashtirish xususida kelishib 
olindi.
Rossiya hukumati tomonidan tashkil qilingan arxiv ishi tizimi Qizil Armiya 
arxiv ishini ham qisman o‘zida mujassamlashtirgan edi. Sovet hukumati harbiy 
kuchlar bosh qo‘mondonligi Qizil Armiya va fuqarolar urushi tarixi bo‘yicha 
materillar yig‘ish to‘g‘risida topshirqlar berdi. Shu maqsadda frontdagi shtablarda 
shu jumladan, Turkiston frontida harbiy ishlar arxiv bo‘linmalari tuzilib, har bir 
armiya o‘z ma’lumot (harbiy ishlari haqidagi)larini to‘plashi va ularni Moskvaga 
jo‘natishlari shart edi.
1918-yilning mayida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan davlat arxiv 
jamg‘armasidan so‘ng, o‘sha yilning noyabirida arxiv ishlari boshqaruvi Bosh 
boshqarmasi kollegiyasi tuziladi. Uning tarkibiga V. Ryazonov (rais), B. N. Storojev 
(rais o‘rinbosari), A. Polyanskiy, S. B. Veselovskiy va boshqalar kiradi. Kollegiya 
shu zahotiyoq davlat arxiv idoralarini tashkil etish, arxiv ishlari infratuzilmasini
yaxshilashga kirishib ketadi. RSFSR arxiv idoralari markaziy tuzilmasining 
ajralmas qismi sifatida Turkiston arxiv saqlanmasini joriy qilishga katta e’tibor 
berdi. Tarixiy nuqtai nazardan baho beradigan bo‘lsak, sovet arxivshunoslik siyosati 
tashkil etilishi bilanoq, Turkiston o‘lkasida sho‘rolar arxivshunosligi ta’siri sezila 
boshladi. 1917-yilning birinchi kunlaridayoq o‘lkada yirik arxiv saqlanmasi yo‘q 


51 
edi. Shu bilan birgalikda arxiv ishini yaxshilashga qaratilgan arxiv ishlari tizimli 
tashkil etilmagandi. Arxiv ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha o‘lka 
hukumatiga topshiriq 1918 yilning iyunida kelib tushdi. Bu ishni Turkiston 
respublikasi Byudjet moliya komissiyasi raisi (MIK xuziridagi) V. N. Kucherbaev 
boshqardi va 1919 yilning oktyabirida Turkiston ASSR Sovetining 13 – s’ezdida 
arxiv ishlarini tashkil qilish, boshqaruvi, topshiriq va vazifalari to‘g‘risida ma’ruza 
qildi. Shundan so‘ng 1919-yilning 30-oktyabirida Turkiston Respublikasi MIK 
Prezidumi respublika Markaziy arxiv boshqarmasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi. 
1919-yil 15-noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi qaroriga 
binoan Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tuzildi va V.N. Kucherbaev boshqarma 
boshlig‘i yetib tayinlandi. Tez orada RSFSR Arxiv ishi bosh boshqarmasi 
(Bosharxiv)dan Toshkentga vakil qilib D.I. Nechkin yuborildi. Turkkomissiya uni 
Turkiston ASSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi boshlig‘i qilib tayinladi. 
D.I.Nechkin MIKning arxiv to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritdi. Muhim 
o‘zgartirish shu bo‘ldiki, Turkiston Respublikasi Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 
boshlig‘i RSFSR Bosharxivi roziligi bilan Turkiston Respublikasi Maorf xalq 
komissarligi qaroriga asosan tayinlanadi deb ko‘rsatildi. Bu bilan Turkiston 
Respublikasi huquqi, shubhasiz, cheklandi. 
Arxiv ishi markaziy boshqarmasi quyidagi bo‘limlardan iborat edi: boshqarma 
boshlig‘i huzuridagi kengash, ish boshqarmasi, ilmiy statistika bo‘limi, inspeksiya, 
tahririyat kengashi, davlat arxivlari bo‘limi. 
Mahalliy arxiv tashkilotlari Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti (XKS) 
ning 1921- yil 25-yanvardagi “Viloyat arxiv fondlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 
qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorga ko‘ra viloyat hududidagi barcha 
idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi fondining tarkibiy qismi 
hisoblanadi, deb ko‘rsatilgan. 
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini 
qidirib topish va yig‘ish edi. 1920-1921- yillari 500 dan ortiq fondlar hisobga olindi. 
1921-yil oxirigacha davlat arxiv fondlariga 157 ta harbiy va fuqaro tashkilotlari 305 


52 
mingdan ortiq, 1922- yili esa 83 ta tashkilot tomonidan 200 mingga yaqin yig‘majild 
topshirildi. 
Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi XKSning 1921-yil 25-yanvardagi 
qaroriga binoan arxivlarda qo‘lyozma hujjatlargina emas, balki nashr qilingan 
materiallar va foto hujjatlar ham yig‘ila boshlandi. 
Arxiv tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish bilan birga ularni tartibga keltirish 
ishlari hamda arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil qilish bilan shug‘ullandilar. 
Arxiv hujjatlari ro‘yxatini tuzishdan oldin bu hujjatlar kerak va keraksizlarga 
ajratilib, ilmiy, amaliy ahamiyati borlarini doimiy saqlash, bunday qimmatga ega 
bo‘lmaganlarni yo‘q qilish belgilandi. Ya’ni, arxiv materiallarining o‘ziga xos 
ekspertizasi o‘tkazildi. Bu masala bo‘yicha Turkiston ASSR XKSning 1923-yil 25- 
yanvardagi “Arxiv hujjatlarini saqlash va yo‘q qilish to‘g‘risida”gi qarorida yo‘l-
yo‘riqlar, ko‘rsatmalar berildi. 
Ushbu qarorda arxiv hujjatlarining yo‘q qilinishi quyidagi tartibi o‘rnatilgan 
edi: arxiv hujjatlari tarkibidan yo‘q qilinadigan hujjatlarni ajratish uchun ajratish 
komissiyasi tuzilib, ularga arxiv boshqarmasi va arxivni tekshirilayotgan idora 
vakillari kiritilishi belgilandi. Bu komissiya qarorini Arxiv ishi markaziy 
boshqarmasi huzuridagi Tekshirish komissiyasi ko‘rib chiqib, o‘z xulolasini 
boshqarma boshlig‘i tasdig‘iga havola qilardi. Shunday qilib, tashkilotlar hujjatlarini 
yo‘q qilish huquqi arxiv idorasiga – Arxiv ishi Bosh boshqarmasiga topshirildi. 
Ma’lumki, 1924-yili O‘rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm 
sovet respublikalari) da milliy-hududiy chegaralanishi o‘tkazildi. Natijada SSSR 
tarkibida O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zSSR 
tarkibida) va SSSR tarkibida Qozog‘iston ASSR va Qirg‘iziston avtonom viloyati 
tashkil qilindi. Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari 
vujudga keldi. 
Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda 
bo‘lindi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari O‘rta Osiyo 
Markaziy davlat arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga 


53 
oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo‘ldi. Turkiston Respublikasining 
Yagona davlat arxiv fondi shu tarzda bo‘linib ketdi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin