I BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o‘yinchoqlarning ahamiyati va uning pedagogik asoslari O‘yinchoqlarning bola hayotidagi ahamiyati
Tarbiyachi bolalar bog‘chasida asosiy shaxs hisoblanib, yosh avlodning tarbiyalanganligi va bilish darajasi uning g‘oyaviy, siyosiy va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik xissiga; salohiyatiga, pedagogik mahoratiga bog‘liq. Odatda bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati ham uning tarbiyachi shaxsiga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yinchoq faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Malumki, bolaning yoshi ulg‘ayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyokarashi kengayib boradi.
Ko`pchilik bolalar o`yinlari hilma-xil o`yinchoqlardan foydalanish bilan bolalar shu tufayli o`yinchoqlarning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati anchagina keng.
O`yinchoq- bola hayotining yo`ldoshi uning quvonch manbaidir. U faqat material o`yin quroli emas balki bolalar o`yinida sherik, o`rtoq kattalar qo`lida esa tarbiyaning muhim qurollaridan biridir.
O`yinchoqning bunday rang-barang xislati uning o`ziga xos xususiyatlari va kelib chiqishi bilan bog`liq.
O`yinchoq-o`yin uchun mo`ljallangan va boshqa maqsadda ishlatilmaydigan maxsus buyumdir. Unda buyumning tipik hususiyatlari umuiy tarzda aks etadi. Chunonchi qo`g`irchoq insonning umumlashgan obrazi bolalarga qator xarakatlarni-o`tkazish, taxlash, cho`miltirish, kiyintirishni qayta bajarishiga imkon beradi.
O`yinchoq tipi, materiallari, tayyorlash texnikasi yoshi va tarbiyaviy o`rniga ko`ra kinoyatda xilma-xildir.
Biroq o`yinchoqlar qanchalik rang-barang xislati bo`lmasin, ularda avvalo real narsalar tasvirlanadi, ular bilan bolalar xam, kattalar xam biror harakat bajaradi. Buyumlari tasviri shartli va ma'lum darajada umumlashganlik darajasi o`yinchoqning tiliga va aniq ishlatish o`rniga bog`liq bo`ladi.
Buyum tasvirining shartliligi buyum yoki narsaning boshqalardan farq qiluvchi tipik hususiyatlarini istesno qilmaydi, balki ko`zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachi o‘yinchoqlar haqida tushunchalar berishda “Baliq skeleti” metodi orqali qo‘g‘irchoq Lolaxonga aloqador bo‘lgan buyumlarni ajratib olishni tavsiya qilishi mumkin..
Mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachilar o‘yinchoqlar orasidan o‘g‘il bolalar o‘ynaydigan o‘yinchoqlarni ajratib berishni bolalarga topshiriq sifatida berishi mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam etmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni o‘zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bo‘lib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Birok tabiiyki bola o‘zidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiejlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama - qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, yani bolaning o‘yinchoq faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning o‘yinchoq faoliyati kandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. SHuning uchun bolalarni o‘yinchoq ga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu o‘yinchoq jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir. Ikkinchidan esa, bolalar o‘yinchoq jarayonida uz ixtiyorlaridagi narsalarni, uzlarini kiziktirgan, ammo kattalargagina mansub bulgan narsalarga aylantirib xoxlaganlaricha erkin faoliyatda buladilar. Bolalarning o‘yinchoq faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. O‘yinchoq bolalar xaetida shunday kup kirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mexnat xam, turli narsalar xakida tafakkur kilish, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujjasamlangandir, yani mana shu jarayonlarning barchasi o‘yinchoq faoliyatida anik buladi. SHuni xam takidlab o‘tish kerakki o‘yinchoq fakat tashki muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinchoq larda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari xam shakllanadi. Demak, Bog‘cha dagi talim tarbiya ishlarining muvaffakiyati ko‘p jixatdan bolalarning o‘yinchoq faoliyatlarini maksadga muvofik tashkil qila borishga boglikdir.
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, bog‘chaning ta’lim - tarbiya ishida axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.
O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar
koniqtiriladi. Hayotiy faollik yaratiladi. Birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. O‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, juda katta ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘yinda aks ettirilgan narsani bilib olishga qizikish uyg‘onadi, ko‘pincha o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrlarini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalar o‘yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular o‘z mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra, qo‘llaniladigan buyumlarning turlariga ko‘ra kelib chiqishiga ko‘ra turlichadir. Bularning barchasi bolalar o‘yinlarini turkumlashtirishni favqulodda noziklashtiradi, biroq o‘yinlarga rahbarlik qilish uchun ularni albatta guruxlash zarur. Pedagogikada o‘yinchoq larni ikki katta guruhga bo‘lish juda kengtarqalgan ijodiy o‘yinchoq lar va qoidali o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlarning mazmunini bolalarning o‘zlari o‘ylab topadilar va ularda o‘z tassurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks ettiradilar. Qoidali o‘yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib kiritiladi. Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Tayyor qoidali o‘yinlarning katta guruhini xalq o‘yinlari tashkil etadi, ularning ko‘plari avloddan-avlodga o‘tib, bizga etib kelgan.
O‘yinlarning har ikkala guruhi ham o‘zining xilma-xil ko‘rinishlariga ega. Ijodiy o‘yinlar guruhini syujetli rolli o‘yinlar tashkil etadi. O‘yinlar o‘z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta’siriga ko‘ra shartli ravishda didaktik o‘yinlar va musiqiy o‘yinlarga bo‘linadi. Didaktik o‘yinlarda avvalo bolalarning aqliy faoliyati rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli o‘yinlarda bolalarning turli harakatlari takomillashadi, musiqali o‘yinlarda esa musiqiy kobiliyatlar rivojlanadi va xokazo. Demak, har bir o‘yinning o‘ziga xos sifatlari mavjud, biroq ular qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
O‘yin - bu bola faoliyatining turi. SHunday ekan, bir faoliyatda bo‘lgani kabi unga ham qator xislatlar maqsadning mavjudligi, rejali harakatlar, natijning mavjudi kabilar xosdir. Bola o‘yindagi maqsadiga erishishi uchun o‘ziga sheriklar tanlaydi, zarur o‘yinchoqlarni topadi, o‘yin davomida muayyan harakat va qiliqlar qiladi. Boshqa faoliyat turlarida bo‘lgani singari o‘yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, irodasi, xissiyoti va ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, o‘yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o‘zbilimlarini qo‘llaydi.
O‘yin o‘ziga xos xususiyatga ega, o‘yin bolaning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra vujudga keladigan, o‘zining faol ijodiy yo‘sindagi, yuksak ta’sirchanlik ruhi bilan ajralib turadigan erkin va mustaqil faoliyatdir. O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochik havoda, uyqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish tavsiya etiladi, Mashg‘ulot o‘rtasida harakatlti, qoidali o‘yinlar ham o‘tkazib turiladi.
Ochiq havodagi o‘yinlarga esa yugurish, otish, sirpanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘yinlar, qoidali o‘yinlar (ok terakmi ko‘k terak, ona bo‘ri kabilar kiradi.
Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinchoq larga qurilish o‘yinlari,
ertak bo‘yicha sahnalashtiriladigan, roli o‘yinlar, didaktik
o‘yinlar va h.k. kiradi. Ijodiy o‘yinlarga syujetli – rolli o‘yinlar, sahnalshitirilgan o‘yinlar, qurish yasashga doir o‘yinlar kiradi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak - atrofdan olgan taassurotlari aks ettiriladi. Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, uning mazmunini bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchiligi va ijodkorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi.
Syujetli - rolli o‘yinchoq o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi
faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining
hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuni uchun manba bo‘lib xizmat
qiladi. O‘yinning - syujeti - o‘z harakati, munosabatlari bilan bog‘langan voqea - xodisalar va ularning harakatlari xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola organizmdagi faoliyatni yaxshilaydi.
O‘yin bolaning aqliy rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘ynashlari uchun ma’lum vositalar xam kerak. Masalan: bolalarning o‘z xarakatlari, o‘yinchoq va boshqa materiallar. Bolalarning ko‘p harakatlari qurish - yasash bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni asliga o‘xshatishga urinadilar. Tarbiya vositalariga o‘yinchoq ham kiradi. O‘yinchoq bola harakatini to‘ldiradi, o‘ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Masalan; qo‘liga qo‘g‘irchoqni ko‘tarib olgan qizaloq o‘zini onadek sezadi va haqiqiy onalar bajaradigan ishni bajaradi: uni ovqatlantiradi, kiyintiradi, uxlatadi va h.k.
Bolalar o‘yin jarayonida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalarining nomi bilan atab, xuddi o‘sha narsalarini faraz qilib juda yaxshi o‘ynaydilar. M: qumni, «shakar», o‘rindiqni «mashina» deb atashi mumkin.
SHunday kilib, o‘yinchoq bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi o‘yinchoq jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
SHuni xam aytib utish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga guyo bir mo‘jizadek kurinadi. Natijada ular xam uzlarining turli o‘yinchoq lari jarayonida uxshatma kilib (yani analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar(uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli o‘yinchoq faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yinchoq faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning xam) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, uzgartiruvchan jarayondir.
Bolalar o‘yinchoq faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, o‘yinchoq jarayonida bolaning kiladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega buladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola uzining turli-tuman o‘yinchoq larida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta , turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(bazan kichik gruppa bolalari xam) uzlarining o‘yinchoq larida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini,akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinchoq larida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinchoq lari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Boshkacharok kilib aytganda, o‘yinchoq kudratli tarbiya kurolidir. Bolalarning o‘yinchoq lari orkali ularda ijtimoiy foydali, yani yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning o‘yinchoq i faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, o‘yinchoq jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari(kimning nimaga kuprok kizikishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini ko‘ramiz. SHuning uchun bolalarning o‘yinchoq faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar.Predmetli va konstruktorli o‘yinchoq lar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining idrok,xotira , tassavur ,tafakkur xamda xarakat layokatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli o‘yinchoq larda bolalar asosan o‘zlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar.4-5 yoshli bolalrning o‘yinchoq i asta – sekinlik bilan jamoaviylik xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini xususan ularning jamoaviy o‘yinchoq lari orkali kuzatish kulaydir. Bu o‘yinchoq larda bolalar kattalarning fakat predmetlarga munosabatini emas, balki kuprok uzaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o‘yinchoq da bolalar bir guruh odamlarning murakkab xayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Bolalarning mana shu kabi jamoaviy o‘yinchoq lari artistlarning faoliyatiga uxshaydi. CHunki jamoaviy o‘yinchoq dagi xar bir bola uz rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga o‘yinchoq ning umumiy mazmunidan xam chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa , xar bir boladan uzining butun kobiliyatini ishga solishni talab etadi. Malum rollarga bo‘lingan jamoaviy o‘yinchoq bolalardan qatiy qoidalarga bo‘ysunishi va ayrim vazifalarni o‘xshatib bajarishni talab etadi. SHuning uchun bolalarning bunday jamoaviy o‘yinchoq lari psixologik jixatdan katta axamiyatga ega. CHunki bunday o‘yinchoq lar bolalarda irodaviylikni, o‘yinchoq qoidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinchoq lar rivojlanadi,lekin enda bu o‘yinchoq lar uz mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu o‘yinchoq lar jarayonida bolalrda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Katta maktabgacha eshdagi bolalar uchun musobakalar juda katta axamiyatga ega bulib, aynan shunday o‘yinchoq larda muvaffakiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustaxkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimli vakt-yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka o‘yinchoq larining xam axamiyati juda katta.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchogi masalasiga xam to‘xtab o‘tish kerak.
Bolalarga o‘yinchoklarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, tarqkiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘prok nimalar qiziqtirishini xisobga olish kerak.
SHunday qilib, o‘yin ijtimoiy faoliyat sifatida jamiyatda muayyan vazifalarni bajaradi. Bola shaxsini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. O‘yinchoq faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan talim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutkni egallagan bo‘lishi, malum malakalar, o‘quvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola yuqorida batafsil ko‘rsatib o‘tganimizdek o‘yinchoq faoliyati orqali erishadi.