II BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o‘yinchoqlarning tarbiyaviy ahamiyati. 2.1. O`yinchoqlarga qo`yiladigan talablar. O`yinchoq o`yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o`ziga xos sherigi sifatida namoyon bo`ladi, uning shahsiga katta ta'sir ko`rsatadi. U bolaga shunchalik yaqinki,bola o`z o`yinchoqlarini sevadi, ularga boqlanib qoladi, shu tufayli o`zini atrofdagi hayotining to`laqonli a'zosi deb xisoblaydi. ( E.A.Arkin)
Hilma-xil o`yinchoqlar bolaga kattalarning qiziqarli bo`lgan dunyosini o`zlashtirishga, turli hil buyumlarning hususiyatlari va sifatlari ularning turmushda va kishilarning mexnat faoliyatida ishlatilishi bilan tanishishga yordam beradi.
Tarbiyachi o`yinchoqlar orqali bolalarda texnikaga qiziqishni shakllantirish, topqirlik va ijodiylikni rivojlantirishi mumkin.
To`g`ri tanlangan o`yinchoqlar bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Xalq pedagogikasida o`yinchoqlarning butun bir sistemasi ishlab chiqilgan, ular bilan amalga oshirildigan o`yinlar bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Ko`pgina obrazli va didaktik o`yinchoqlar bolalarda nutqiy faollikni uyg`otadi, lug`at boyligini oshiradi.
O`yinchoq bolani ovutadi va quvontiradi, atrof-muxitgaijobiy munosabat uyg`otadi. O`yinchoqqa bo`lgan mayl va yaqinlik unda ta'sirlangan buyum va odamlarga ko`chadi. Bolaning ma'naviy tuyg`ularining shakllanishida qo`g`irchoq aloxida ahamiyatga ega. Qo`g`irchoq bilan o`ynash bolalarda mexribonlikni, avaylashni, e'tiborlilikni va nafosatni uyg`otadi, ijobiy, axloqiy kechinmalar tajribasini to`lashga yordam beradi.
Xilma-xil o`yinlar bolalarni tengdoshlari birmuncha kichik va katta yoshli o`rtoqlari bilan o`yindan birgalikda o`ynashga undaydi. Qo`g`irchoq o`zining ko`p sonli xislatlari bilan (o`yinda birgalikda) odamlar xayotiga qiziqish uyg`otadi. Milliy qo`g`irchoq-bolalarning boshqa millatga mansub tengdoshlari va katta yoshlilarga bo`lgan ijobiy munosabatlarining manbalaridan biridir.
Sa'atning birinchi va eng tushunarli buyumi bo`lishi o`yinchoq bolada estetik xislar va kechinmalar uyg`otadi, estetik tajribaning to`planishiga yordam beradi, badiiy didni shakllantiradi.
O`yinchoq bolalarni rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol xarakatga bo`lgan extiyojini qondiradi.
Shunday qilib o`yinchoqlarning ta'siri ko`p qirralidir. Biroq xar bir o`yinchoq aloxida xolda xar tomonlama ijobiy ta'sir ko`rsata olmasligi, ammo jamlangan va tegishli tarzda tanlab o`ynaganda esa maqsadga muvofiq ta'sir ko`rsatishi mumkin.
Xilma-xil o`yinchoqlar bolalarda o`z tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda o`ynash istagini uyg`otadi.