X U L O S A
Tanlagan kurs ishi mavzuisi bo‘yicha olib borgan tadqiqot izlanishlarimiz, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlari, ularni diagnostika qilish va talim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘yinchoqlardan foydalanish va ularning ahamiyati, hamda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni bilish faoliyatini(diqqati, idroki,xotirasi va tafakkuri) rivojlantirishda bola shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlaridan biri noananaviy o‘yinlarga yo‘naltirilgandir.
Olib borilgan tadqiqot natijasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi.
Biz kurs ishida aks etgan maqsadimiz va oldinga surgan ilmiy farazi (gipoteza)miz bo‘yicha ishlab chiqilgan tarkibiy qismlarni amalga oshirganimizda dastlabki natija ancha samarali bo‘lishi ta’minlandi. SHu natijalar va xulosalariga tayanib maktabgacha talim muasasalarida bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda ijtimoiy psixologik treninglardan foydalanishda quyidagilar ko‘zda tutilmog‘i lozim deb bilamiz:
1. Avvalo, o‘yinchoqlar bolalarni har tomonlama rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yar ekan, uni o‘tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs (murabbiy yoki amaliyotchi) o‘z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. O‘yinni tashkil etuvchi, o‘tkazuvchiga quyiladigan asosiy shartlardan va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha qirralarini professional darajada mukammal egallagan bo‘lishi kerak. U xam bulsa- nazariy bilimlarni bevosita amaliyotga, mashg‘ulot jarayonida kullay bilishdir U avvalo bolalar shaxsiga xos bulgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi (« O‘zgalar psixologiyasini bilish- ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir») O‘ziga ishonch, e’tikodning mavjudligi, real taffakur va irodaning bo‘lishi
2. O‘yinda kutilgan samaraga erishish uchun kuyidagi omillar xisobga olinishi maqsadga muvofik:
- maksadning anik bulishi;
- bolalarning faol ishtiroki;
- o‘yinda tenglik, ya’ni guruxda yakkol kuzga tashlangan lider yoki doimo o‘z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o‘tkazishga xarakat qilayotgan bolaning bo‘lmasligi;
- o‘yin ishtirokchilarini maksimal tarzda o‘zini ko‘rsatish, hattoki, o‘zidagi yashirin e’motsiyalarini va yangiliklarni nomoyon etishga undash lozimki, toki u xar kanday sharoitda xam o‘z individualigini ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lsin.
O`yinchoqlarning tuzulishi va va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish hususiyatlariga mos kelmog`i lozim. Chunonchi kichik bolalar o`yinchoqlardagi rangga boyligi, bo`yoqningbir-biridan keskin farqi loqalligi bora-bora xaqiqatni ifodalovchi tus olaboshlaydi, shuningdek katta yoshlarning o`yinchoqlari xam dekorativ ega bo`la boradi.
O`yinchoqning qurulishi, u tayyorlanadigan material bola uchun xavosiz bo`lishi va gigienik talablarga javob berishi lozim.
Yuqorida sanab o`tilgan talablarga javob beradigan o`yinchoqni yasash murakab va qiyin ishdir. Bolalar o`yinchoqlarni yaratadigan, yasaydigan kishi xam, xam olim- psixolog, ham pedagog, o`z ishining ustasi bo`lmog`i lozim. Mamlakatimizda bolalar uchun o`yinchoqlarning yangi namunalarini yaratuvchi turli kasbdagi mutaxasislar mexnat qilmoqdalar.
O`yinchoqlardan tarbiya vositasi, bolalar o`yinlariga ta'sir ko`rsatish quroli sifatida to`laqonli foydalanish uchun tarixan shakllangan va katta sur'atlar bilan kelayotgan o`yinchoqlarning miqdorini tavsiflab chiqish muhumdir.
Dostları ilə paylaş: |