O‘yinlarning bola hayotidagi ahamiyati


Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida o‘yinchoqlardan ertak qahramonlarini sahnalashtirish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/9
tarix16.12.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#75712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Нормаматова

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida o‘yinchoqlardan ertak qahramonlarini sahnalashtirish.
Bolalar ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda, ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini o‘qtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol yilib tarbiyalashda, tevarak-atrofda bulayotgan voqea hodisalarni, o’zini odobidagi axloqiy kamchiliklarini, tabiatni asrab avaylash, unga mehr uyg’otishda qug’irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir. CHunki sahnalashtirishda tomoshabinlar tomoshalarni faqat kurib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni saxnalashtirishini kurganlaridan sung, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka, xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish tuyg’usini tarbiyalaydi.
Bolalar bilan birgalikda ertaklarni sahnalashtirish orqali ertak qahramonlarining (“Oltin tarvuz”, “Zumrad va Qimmat”) o’ziga xos xususiyatlari aniqlanadi, ularga mos xatti-harakatlarni ijroda qanday aks ettirish kerakligi haqida fikrlanadi, sahna nutqini (ifodali,anits talaffuz), sahnada xarakat erkinligi, so’z va xarakat uygunligi tarbiyalanadi.
Turli janrdagi badiiy asarlar kurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bulib, ularning bolalarga ta’siri xam xar xil buladi. Tabiiyki, xar bir janrga oid asar matni lingvistik jixatdan xam o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni xikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop makola matni masal janriga taalukli asarlar matnidan tubdan fark kiladi. Topishmok predmet, vokea-xodisalar urtasidagi uxshashlikni takkoslash orkali uzlashtirilsa, makollar mazmuni xayotiy misollar vositasida sharxlashni takozo etadi. SHunga kura, turli janrdagi badiiy asarlarni ukishda tarbiyachidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
Xalq og’zaki ijodidan ertak janri bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yakinligidir. Ertaklarning kupchiligida real xayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qushilib ketadi.
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, vokea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yunalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, bahil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, bolalar unda tug’rilik, xalollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan kutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ruyobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida asosiy fikr kambag’allarga yordam ko’rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo’lib, bu xatto butun xalq istagi ekanligi g’oyasi ilgari surilgan. Bunday g’alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.
Ertak bolalarda qaxramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini o’stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g’alaba qozonishiga ishonch uyg’otadi. Bolalar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag’batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz ugiradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushoxada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Maktabgacha ta’lim muassassalarida hayvonlar hakidagi ertaklar ko’proq tanishtiriladi. «Burining tabib bo’lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Kuzacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musina» kabi ertaklar anik hayotiy hikoyalar tarzida o’qitiladi va tahlil qilinadi.
Ertak matni ustida ishlashda savollarga javob berish, bolalarning o’zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.
Maktabgacha ta’lim tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlarini tug’ri tasavvur etishga yunaltiriladi. Bunda tanlab o’qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Tarbiyachi, bolalar rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq - atvori, ayrim xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo’lib o’qiydilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin