O‘yinlarning bola hayotidagi ahamiyati


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni bilish faoliyati va ularni rivojlantirishda o‘yinchoqlarning ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/9
tarix16.12.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#75712
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Нормаматова

1.2 . Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni bilish faoliyati va ularni rivojlantirishda o‘yinchoqlarning ahamiyati
Bo‘lajak pedagog-murabbiy maktabgacha ta’lim yoshdagi bola­larning akliy tarakkiyotlari, ruxiy xolatlari, individual psixologik xususiyatlari va ularning tarakkiy etish sabablari, rivojlantiruvchi omillar va xarakatlantiruvchi kuchlar, taraqqiyot konunlarini bilishi va o‘z amaliyotida foydalanmog‘i maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Malakaviy bitiruv ishimizging mazkur bo‘limida biz ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlari, bilish faoliyatlari hamda ularni rivojlantirishdao‘yinchoq dan foydalanish haqida to‘xtaldik.
YAngi talablarga javob beruvchi zamonaviy, ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi. Har bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi.
Bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘daklikdan etuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini har bir pedagog va murabbiy bilmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga, kichik maktabgacha davri(3-4yosh), o‘rta maktabgacha davr (4-5yosh) va katta maktabgacha davr yoki maktabga tayyorlov guruhi(6-7) yoshilarga ajratish mumkin.Bola rivojlanish jarayonida odamlar tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,xamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarining o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bogcha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish xamda ijtimoiy axolok va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning bogcha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida kanday xarakter xislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bogcha yoshdagi bolalarning kuzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serxarakatligi va taklidchanligidir. Bogcha yoshidagi bola tabiatning asosiy konuni bulmish serxarakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik ravishda uyushtirish kerak.
Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali bola axlok normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bogcha yoshidagi bola endi uz gavdasini juda yaxshi boshkara boshlaydi. Uning xarakati muvofiklashtirilgan xolda buladi. Bu davrda bolaning nutki jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini mustaxkamlashga extiyoj sezadi. Uzi bilgan ertagini kayta-kayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
Bog‘cha yoshiga kelib, bolaning barcha sezgi a’zolari tuzilish jihatdan deyarli to‘la takomillashgan bo‘ladi. Biroq bundan sezgi a’zolari keyingi davrlarda, ya’ni bog‘cha yoshidan so‘ng ortiq rivojlanmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bolaning ruhiy jihatdan taraqqiy etishida ko‘rish sezgisining roli juda kattadir. Bolaning ko‘rish sezgisi bog‘cha yoshida bo‘lgan davrda juda tez takomillashadi. SHuning uchun bog‘cha yoshidagi bolaning ko‘zi katta yoshdagi odamlar ko‘ziga nisbatan uzoqni aniqroq ko‘ra oladi. Bolaning ko‘zi biron kasalikka uchramay, normal va sog‘lom taraqqiy etsa, ko‘rish o‘tkirligi katta odamlarnikiga nisbatan ikki-uch barobar ortiq bo‘ladi.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bog‘cha yoshidagi bolalar sezgisini o‘stirishda tarbiyachining roli juda kattadir. Tarbiyachi turli qiziqarli mashg‘ulotlar orqali bolalar sezgi a’zolarining sezgirlik darajasini o‘stirishga yordam berishi kerak. Bunda bolalar sezgi a’zolarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni konkret va mazmunli uyinlar bilan bog‘lab o‘tkazish yaxshi natija beradi. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalarda uzoqdagi narsalarning farqini ajrata olish sezgirligini takomillashtirish uchun rangli va har xil kattalikdagi qutichalar yoki kubiklarni ma’lum uzoqlikka qo‘yib, farqini ajrata olish uyinini o‘tkazish mumkin. Bunda bolalarning ko‘rish sezgirliklari darajasiga qarab, kubiklar qo‘yilgan masofalarni ayrim bolalarga nisbatan uzoqlashtirish va boshqa bolalarga nisbatan esa yaqinlashtirish mumkin.
Har bir tarbiyachi o‘z qo‘l ostidagi bolalar sezgi a’zolarining holatini, sezgirlik darajasini yaxshi bilishi kerak. Turli mashg‘ulotlarni tashkil qilishda buning ahamiyati juda kattadir. Ba’zi bolalarda kamqonlik yoki boshqa bir sabab tufayli ko‘rish sezgirligi zaif bo‘ladi. Ayrim tarbiyachilar esa buni o‘z vaqtida aniqlamaydilar. Natijada bola aybsiz bo‘lsa ham, tarbiyachidan tez-tez dakki eb turadi
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘rish sezgilari o‘tkirligi kattalarning ko‘zlaridan qolishmasa ham, lekin tez toliqadigan bo‘ladi. Tarbiyachi ana shuni doim nazarda tutishi kerak. CHunki ayrim bolalar rasmli kitobchalar va uyinchoqlar bilan shug‘ullanganlarida ularni ko‘zlariga juda yaqin tutadilar. Mana shunday paytda bolalarga rasmli kitob va uyinchoqlarni ko‘zlaridan uzoqroq masofada tutishni o‘rgatish lozim. Narsalar ko‘zga qanchalik yaqin tutilsa, ko‘z shunchalik tez toliqadi. Buning sababi shundaki, yaqin narsalarga qarashda muskullari ko‘z gavharini moslashtirish uchun ancha zo‘r beradi. Odatda odamning ko‘z gavhari ortiq, zo‘r bermay, uzoq narsalarga qarashga moslashgan bo‘ladi. Ko‘zning mana shu xususiyatlarini nazarda tutib, didaktik va ta’limiy mashg‘ulotlarda bolalarni kengroq joyga olib chiqib, ochiq havoda o‘ynatish kerak. Bunda bolalar uzoq masofa va manzaralarni tomosha qiladilar hamda shuning bilan birga mashg‘ulotda toliqqan ko‘zlariga dam beradilar.
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, bolaning faoliyat doirasi juda kengayib ketadi. Ikkinchidan, nutki g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning natijasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bilan to‘qnashadilar. SHunday bo‘lishiga qaramay katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlaridan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Biroq tajribalari hali etarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyatiga mutloqo tushuna olmasliklari narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgilarni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda konkret tasavvurlarga asoslanadilar. SHu sababli bog‘cha (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsalarning asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shaklidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalar shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur tahlil qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu etishmovchilik ularning turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga tamomila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha kilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok qilishga nisbatan bolalarning analitik munosabatda bo‘lolmasliklardir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-biri ma’lum munosabatda emas, balki tasvirlangan narsalarning hammasini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ularda hali tahlil qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. SHuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini eng avvalo, ko‘rsatilayotgan rasmning mazmunini (syujetini) idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga, rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qila bilishga uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga qo‘yilgandagina bolalarning idrok qilish qobiliyatini hamda kuzatuvchilik xususiyatini rivojlantirish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning etarli darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm chizganlarida narsalarning hajmiy munosabatlariga unchalik e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning balandligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa terakning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabatlarni to‘g‘ri idrok kilish va binobarin, fazoviy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari ham mukammal xarakterga ega emas. Bolalarda vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishga nisbatan qiyinroq. Bolalar uchun vaqtni idrok qilishning qiyin tomonlaridan biri, ular vaqtning uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov o‘tishini) anglay olmaydilar va binobarin, idrok ham qila olmaydi­lar. Bu narsani ularga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada bolalar vaqt tushunchalarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali konkretlashtirib idrok qilishga intiladilar.
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan asosiy vaqt o‘lchovlari borki: «kun», «kecha», «bugun», «ertaga», «indinga», «ertalab», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» va h.k. bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foydalana bilmaydilar. CHunki bu vaqt o‘lchovlari nisbiy hamda abstrakt xarakterga ega bo‘lib bolalar ertaning bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy ravishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining vaqtni idrok qilishlarida shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, ular bir-biri bilan tez almashib turadigan vaqt o‘lchovlarini qiyinlik bilan o‘zlashtiradilar.
Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida «ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo bo‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar,o‘yinchoq faoliyatlarining xilma-xil bo‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi.
Bog‘chada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblarga bo‘ysunish, qoidalio‘yinchoq shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish kabi hollar bog‘cha bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishdao‘yinchoq ning axamiyati juda kattadir. CHunkio‘yinchoq lar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarni ilgari suradilar.o‘yinchoq larning qanday qoidalar asosida o‘ynalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilir.o‘yinchoq qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarinio‘yinchoq qoidalariga moslashtirishga vao‘yinchoq da qatnashuvchi o‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga tirishadilar.
Bog‘cha yoshda bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o‘rta va katta bolalarning) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o‘tira olishlaridan, ba’zio‘yinchoq larni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan ko‘rishimiz mumkin.
Bog‘cha yoshida bolalarda avvalgi davrlarga nisbatan diqqat ko‘lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko‘lami katta odamlarnikiga nisbatan hali juda tor bo‘ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko‘lami ayni vaqtda 5-6 narsani (bir-biri bilan ma’naviy bog‘lanmagan harflarni yoki raqamlarni) sig‘dira olsa, bog‘cha yoshidagi bolalar diqqatining ko‘lami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik guruh bolalari bitta, o‘rta va katta guruh bolalari esa ikkita) sig‘dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo‘lishga harakat qilsalar ham buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3-yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to‘kib-sochib olib keladi. Bu uning o‘quvsizligi, bo‘shangligi yoki anqovligidan emas, balki o‘z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo‘la olmasligidandir. Bola o‘zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni tukmay, chayqaltirmay olib kelishga bo‘la olmaydi. SHuning uchun bunday hollarda bolalarni koyish yaramaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning diqqati ko‘pincha ularning qiziqish hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli konsentrlashgan(to‘plangan), ya’ni bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta-qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar.
Bola esida olib qolgan narsalarida hali sistema yo‘q, shuning uchun bola dastavval chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o‘rnashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: agar bogcha yoshidagi bolaga bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsalar ko‘rsatilsa, ular hamma narsalarni bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar va birontasini ham puxtaroq esda olib qololmaydilar.
O‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg‘aygan sari ularning xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu erda gap shundaki, bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o‘sgan sari ular narsa va hodisalar surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas, balki tanlab, ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydilar.
SHuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, keyingi yillar mobaynida bog‘cha yoshidagi bolalarda mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda olib qolishga nisbatan mexanik esda olib qolish ustun bo‘ladi, degan fikr mavjud bo‘lib, shu bilan birga mexanik esda olib qolish mantiqiy esda olib qolishga qarama-qarshi qo‘yilar edi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ekserimental tekshirishlar natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalarda ham narsa va so‘zlarning ma’nosiga tushunib eslab qolish katta o‘rin tutadi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga o‘zlari tushuniladigan material berilganda yaqqol ko‘rinadi.
Bog‘cha yoshidagi kichik bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi. SHuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan ko‘rgan narsalarni yaxshi eslarida olib qoladilar. Uning asosiy sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarning idroklari konkret obrazli xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda hali nutq, to‘zla-to‘kis shakllanmagan.
Bolaning bog‘cha yoshdagi davrida uning erkin harakat qilish maydoni yasli yoshdagi davriga nisbatan juda ham kengayib ketadi. Bu esa tafakkurning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Bog‘cha yoshdagi bolalar o‘z tajribalarida ancha narsalarni bilib olganlaridan so‘ng narsalarning ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. SHu sababli ularda juda ko‘p savollar (bu nima? nega bunaqa? kim qilgan? qaerdan kelgan? nima qiladi? kabi) paydo bo‘ladi. Bu shubhasiz, tafakkurning faol va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarda har xil sohalarga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan darak beradi. SHuning uchun bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin bog‘cha yoshdagi bolalarning hamma savolariga javob berish qiyin, chunki ular o‘zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. Tarbiyachi bolalarning son-sanoqsiz savollariga ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo‘ladi. Juda ko‘p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, ularni "ko‘p mahmadana bo‘lma", "sen bunday gaplarni qaerdan o‘rganding", deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday pand egandan so‘ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab narsalarni o‘z bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushunadigan bo‘lib qoladi.
Bolalar beradigan savollarning juda qiziq bo‘lishiga bir necha sabablar bor. Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha, ya’ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, ikkinchidan, ularda katta odamlardagidek idrok qilayotgan narsa va hodisalarni chuqur analiz va sintez qilish xususiyati hali o‘smagan bo‘ladi, uchinchidan, ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar hali tarkib topmagan va nihoyat, to‘rtinchidan, ularning turmush tajribalari juda oz bo‘ladi
Ayrim bolalar haddan tashqari ko‘p savollar beradilar, boshqa bir bolalar esa deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalarning juda ko‘plab savollar berishlari ijobiy xarakterga ega bo‘lib, bu ularning qiziquvchanligini, faolligi va mustaqilligidan darak beradi. Odatda juda passiv va tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg‘ulotlar ekskursiyalar vaqtida tarbiyachining o‘zi savol berishi, shu bilan ularni faollashtirib borishi lozim.
Bogcha yoshidagi bolalar nutki va uning usishi Agar 2 yashar bolaning suz zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bulsa, 3 yashar bolaning suz zapasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning suz zapasi 4000 taga etadi. Demak, bogcha yoshi davrida bolaning nutki xam mikdor , xam sifat jixatidan ancha takomillashadi. Bogcha yoshidagi bolalarning nutkini usishi oilaning madaniy saviyasiga boglik
Kattalar bolalar nutkini ustirish bilan shugullanar ekanlar, bogcha yoshidagi bolalar bahzi xollarda uz nutk sifatlarini tula idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashkari, bolalarda murakkab nutk tovushlarini bir-biridan fark kilish kobiliyati xam xali tula takomillashmagan buladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi shartlaridan biri bola bilan tula va tugri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Umuman maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini, bo‘lajak pedagog-murabbiyning har tamonlama o‘rganishi, bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishda ularning asosiy faoliyatio‘yinchoq dan foydalanish, talim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshishini taminlaydi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin