O’z bеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


Hajm-o`lchov, masofa bildiruvchi sifatlar



Yüklə 425,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix11.10.2023
ölçüsü425,64 Kb.
#153968
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kurs ishi

Hajm-o`lchov, masofa bildiruvchi sifatlar 
Hajm-o`lchov, masofa bildiruvchi sifatlar: uzoq ,uzun , kalta , yaqin , chuqur
kabi. 
Yo`lning uzog`ini bergin iloyim. Olis edi, men yaqinlab qolaman
. Yuqorida 
keltirilgan sifat guruhlarining deyarli hammasi ko`chgan ma`nolarda qo`llanadi. Bunda 
ko`proq ekspressiv-emotsionallik munosabatlari ifodalanadi. 
 
Rang-tus bildiruvchi sifatlar 
Rang-tus bildiruvchi sifatlar: predmetning belgi xususiyatlaridan birini 
ifodalaydi. Masalan: qizil, qirmizi, gulgun kabi. 
Tabiatda ranglarning chegarasi yo`q. Lug`at boyligimizda ham rang bildiruvchi 
maxsus so`zlar rang, tuslarining hammasini aniq ifodalay olmaydi. Shuning uchun 
tilda ko`pincha bir rang bildiruvchi so`z bir necha rangni ifodalaydi va semantik 
qamrovi kengayadi. Ularning uslubiy imkoniyatlari, okkozional ma`nolari faqat nutq 
jarayonida yuzaga chiqadi.Ushbu masalaga bag`ishlangan qator ishlar ham yaratilgan. 
Binobarin, badiiy adabiyotda rang bildiruvchi sifatlarning ham semantik serma`nolik 
xususiyatini ko`ramiz.
Ko`k
so`zi ning ma`nosida yashil, ko’k va ularning turli ma`no ottenkalari 
uyg`unlashgan holda qo`llanadi: 
Ustima kiyganim mening yashil-ko`k, // g`ariblikda 
bo`larmikan ko`nglim to`q. Odamlar ko`kini tashlab, vaqtini xushlab, o`z ishida 
bo`lsin, bozorini yurgizsin, savdo-sotiqni boshlasin.
Misollardagi yashil, ko`k so`zlari 
rang ma`nosini saqlagan holda, qo`shimcha «motam, o`lim» ma`nosi yuklatilgan. Bu 
esa, ko`k, yashil so`zlarining ramziy vosita sifatida qo`llanganini ko`rsatadi. Adabiy 
tilda ko’k – temir kuporosi, temir sulfat, suvda oson eriydigan och yashil kristallik 
modda; ko`k-tiniq osmon rangidagi; moviy, zangori yashil-sariq bilan ko`k rang 
o`rtaligidagi, barg yoki maysa rangidagi; sabza rang (kabi ma`nolarni bildirib «belgi», 
«sifat belgi», «rang bildiruvchi belgi» atash ma`nosida birlashsa-da, yashil «me`yordan 
ortiq», «adabiy uslubga xoslangan», ko`k «me`yordan kam», «badiiy uslubga 


xoslangan», ko’k «me`yordan o`rta», ifoda ma`nolarida bir-biridan farq qiladi. Bundan 
tashqari, ko`k so`zi ning quyidagi ma`nolari mavjud: 
a) «osmon» ma`nosi: Davlatli xon shunday ko`kka qaradi, // Olchi-chikka bo`lib 
endi aylanib
b) «yetti qat osmonning bir qavati» ma`nosi: Osmonda arvohlar, ko`kda 
malaklar, // Bir necha mazgil-joy sizdan so`rayman (“Alpomish”dostoni). Keltirilgan 
misrada kuchli mifologizm mavjudday ko`rinadi. Chunki, tasavvuf ilmi va hatto, 
hadislarda ham dunyoning yetti olami mavjudligi va ularning har birida o`zgacha 
hayot borligi haqida fikr yuritiladi. Osmonimni endi bulut bosdimi, // Ko`kdan yashin 
keng bog`imga tushdimi. 
Shuningdek, misollardan aniq ko`rinib turibdiki, ko`k so`zi ning omonimik 
xususiyati ham matnda yuzaga chiqadi. 
Ko`k, yashil so`zlari yoki yashil-ko`k juft so`zi ning «xafagarchilik», «o`lim», 
«motam» ma`nosiga qizil rangi qarshi qo`yiladi va unda «yoshlik», «navqironlik» 
ma`nolari ifodalanadi: Bekning oti po`lat suvliq chaynadi, // qizil kiyib gulday bo`lib 
jaynadi . 
O’zbek tilida

Yüklə 425,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin