3. Oltinsoy tumani Bibizaynab mahallasi shevasi grammatik xususiyatlari
3.1. Son kategoriyasi. Ko‘plik affikslarining qo‘llanilishi.
Ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun mahalla shevasida asosan -lär, -lar variantlari qo‘llanadi. Masalan,
Äjtiŋlär
bārïŋlar
-lär, -lar affiksi faqat ko‘plik ma’nosida qo‘llaniladi. Hurmat ma’nosida umuman ishlatilmaydi.
3.2. Shevada egalik kategoriyasining qo‘llanilishi (I, II, III shaxs).
Mahalla shevasida qo‘llaniladigan egalik kategoriyasi shakllari semantikasi adabiy til bilan aynan o‘xshash, ammo egalik qo‘shimchalari ko‘p variantli.
I shaxs birlikda –m, -im, -ïm,-um,-üm affikslari qo‘llaniladi.
Bāšïm
Kozum
āpam
I shaxs ko‘plikda -miz, -mïz, -imiz, -ïmïz affikslari qo‘llaniladi.
Qolïmïz
mäktäbimiz
II shaxs birlikda -ŋ, -iŋ, -ïŋ affikslari qo‘llaniladi.
Kïtābïŋ
beliŋ
II shaxs ko‘plikda -ŋiz, -ŋïz, -iŋiz, -ïŋïz affikslari qo‘llaniladi.
Kïtābïŋïz
beliŋiz
III shaxs birlik va ko‘pligida –i, -ï, -si, -sï affikslari qo‘llaniladi.
Bāšï
äkäsi
3.3. Shevada kelishik kategoriyasining qo‘llanilishi (qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish).
Bibizaynab mahalla shevasida 6ta kelishik shakli to‘liq qo‘llaniladi.
Bosh kelishik: Ko‘rsatkichi yo‘q.
Qaratqich kelishigi: bu kelishikning bir qancha variantlari qo‘llaniladi.
-niŋ, -nïŋ affiksi ko‘proq unli va sonor undoshlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi:
Äkäniŋ
Ātaŋnïŋ
-iŋ, -ïŋ affiksi undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi.
Ātïŋ laqabï
-diŋ, -dïŋ affiksi jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi:
Äkämdiŋ bālasï
-tiŋ, tïŋ affiksi jarangsiz undoshlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: tāvuqtïŋ tuxumï
3. Tushum kelishigi: bu kelishikning bir qancha variantlari qo‘llaniladi.
-ni, -nï affiksi qo‘llaniladi: gülni, suvnï
-di, dï, ti, tï affiksi undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: mäktäbdi
moldï
mehnätti
qavattï
Tushum kelishigi belgisiz ham qo‘llanishi mumkin:
iš orgatganï keldik
Jo‘nalish kelishigida quyidagi affikslar ishtirok etadi:
-gä, -kä, -qa, -γa qo‘shimchalari ishlatiladi.
Gülgä
Teräkkä
Qulāqqa
qorγānγa
-a, -ä affiksi ham ba’zi holatlarda uchraydi.
Qolïma
Ājāγïma
bāšïma
5. O‘rin-payt kelishigi: bu kelishikning bir qancha variantlari bor.
-dä, -da, -tä, -ta qo‘shimchalari ishlatiladi.
Ujda
Kočädä
Oqïšta
ištä
6. Chiqish kelishigi: bu kelishikning faqat bir toifasi ishlatiladi.
-dän, -dan, -tän, -tan qo‘shimchalari qo‘llaniladi.
Ujdan
Kočädän
Oqïštan
ištän
3.4. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi affikslar (tartib, sanoq, chama, taqsim, jamlovchi, dona).
Sonning ma’no turlarini hosil qilishda sonlarga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mahalla shevasida sonlarning nomlanishi deyarli adabiy tilga yaqin. Faqat qipchoq ǯ lovchi sheva bo‘lganligi sababli j ornida ǯ qo‘llaniladi.
Tartib son:
- inči, ïnčï qo‘shimchasi ishlatiladi.
Birinči
Ekkinči
učïnčï
2. Sanoq son:
Ekki- birinchi i tovush e tovushiga o‘xshab talaffuz qilinadi.
Ǯeti- j tovushi ǯ deb talaffuz qilinadi.
Qïrïq- ï orqa qator unlisi orttirib talaffuz qilinadi.
Chama son:
-täčä, -tača, -lab, -läb affikslari qo‘llaniladi.
Beštäčä
Āltïtača
Onlab
miŋläb
4. Taqsim son:
-tädän, tadan affiksi qo‘llaniladi.
Ekkitädän
Ǯettitädän
āltïtadan
5. Jamlovchi son:
-āv, -älä, ala affikslari ishlatiladi.
Bešāv
Učāv
Tortala
ekkälä
Dona son:
-tä, -ta affiksi qo‘llaniladi.
Bittä
Ekkitä
Učta
tortta
Dona sonni ifodalashda numerativ so‘zlar ham ishlatiladi.
Vax-vaqt
mahal-vaqt
Beš vax namaz
uč mahal āvqat
3.5.Olmosh turlari (kishilik, o‘zlik, so‘roq, gumon, belgilash, bo‘lishsizlik, ko‘rsatish).
Mahalla shevasidagi olmoshlar adabiy tildan jiddiy farq qilmaydi.
Kishilik olmoshlari:
Men
Sen
U
Biz
Siz
ular
O‘zlik olmoshi:
Ozï
Ozïŋ
Ozlarï
ozïŋïz
So‘roq olmoshlari:
kim?
nimä?
qajer?
Gumon olmoshlari:
Kimdir
Nimädir
Älläkim
birāv
Belgilash olmoshlari:
Hämmä
Bärčä
bäri
Bo‘lishsizlik olmoshlari:
heč kim
heč närsä
heč qačān
Ko‘rsatish olmoshlari:
Šul
Ul
Bul
Manāvï
anāvï
Shevada fe’lning funksional shakllarining qo‘llanilishi (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi).
Fe’lning funksional shakllaridan biri bo‘lgan sifatdoshning quyidagi affikslari qo‘llaniladi.
-r, -ar, är affiksi ishlatiladi.
Kelär
Korar
Ajtar
Bārar
jāzar
Bu affiksning bo‘lishsiz shakli –s qo‘shimchasi qo‘llaniladi.
Kelmas
Kormas
Bārmas
jāzmas
-miš, -mïš, -muš, -müš affiksi ham ishlatiladi.
Äjtgänmiš
Korganmuš
qïlganmïš
-gän, -kän, -qan, -γan affiksi variantlarining barchasi ishlatiladi.
Güllägän
Otkän
Āqqan
Bāqqan
čïzγan
-ävli, -uvlï affiksi –gän affiksiga sinonim holda ishlatiladi.
Qïluvlï
Jāzuvlï
Čizüvli
bäjlävli
Fe’lning funksional shakllaridan biri bo‘lgan ravishdoshning quyidagi affikslari qo‘llaniladi.
-ä, -a, -j affikslari qo‘llaniladi.
Kuta-kuta
bārā-bārā
ojlaj-ojlaj
kelä-kelä
-p, -ip, ïp affiksi ham qo‘llaniladi.
Bārïp
Korïp
Kelip
išläp
-gäni, -käni, -γanï, -qanï affiksi ham qo‘llaniladi.
Bārγanï
Kelgäni
Qorqqanï
ekkäni
-ginčä, -kinčä, -γïnča, -qïnča affiksi ham qo‘llaniladi.
Kelginčä
Turγïnča
Jolïqqïnča
kütkïnčä
Fe’lning funksional shakllaridan biri bo‘lgan harakat nomining quyidagi affikslari qo‘llaniladi.
-š, -iš, -ïš, -uš, -üš affiksi qo‘llaniladi.
Bārïš
Körüš
Keliš
oruš
-v, -uv, -üv affiksi ham qo‘llaniladi.
Bilüv
Ajtuv
korïšuv
Shevada tuslovchi affikslarning qo‘llanilishi (I, II, III tip).
I tip tuslovchilari
Bu tipdagi tuslovchilar to‘liq tuslovchilar deb ham yuritiladi.
I shaxs birlikda –män, man affiksi ishlatiladi.
Bāraman
Kelämän
Koraman
jāzaman
I shaxs ko‘plikda –miz, -mïz, -piz, -pïz affiksi qo‘llaniladi.
Ketjäppiz
Korjappïz
Bāramïz
kelämiz
II shaxs birlikda –sän, -san affiksi qo‘llaniladi.
Kulasan
Keläsän
Kutasan
yāzasan
II shaxs ko‘plikda –siz, -sïz, -silä, -sïla affiksi qo‘llaniladi.
Keljäpsiz
Bārasïz
Keläsilä
bārasïla
III shaxsda affiks yo‘q, lekin –a, -ä, -j, -b affiksli ravishdoshlar ishtirok etgan fe’llarda va boshqa ayrim fe’llarda –di, -dï, -ti, -tï affiksi qo‘shiladi.
Išläjdi
Koradï
Kelipti
bārïptï
II tip tuslovchilar
Bu tipdagi tuslovchilar qisqargan tuslovchilar deb ham yuritiladi.
I shaxs birlikda faqat –m affiksi qo‘llaniladi.
Bārsam
Ajtsam
Berdim
kordïm
I shaxs ko‘plikda –k, -q affiksi qo‘llaniladi.
Bārdïq
Keldik
Berdik
bāttïq
II shaxs birlikda –ŋ affiksi qo‘llaniladi.
Ajtsaŋ
Korsaŋ
Āldïŋ
ǯürsäŋ
II shaxs ko‘plikda –ŋiz, -ŋïz affiksi qo‘llaniladi.
Tutdïŋïz
Bāqïrdïŋïz
Keldiŋiz
berdiŋiz
III shaxs tuslovchi affiks qo‘llanilmaydi.
III tip tuslovchilar
I shaxs birlikda -(a)j, -(ä)j affiksi qo‘llaniladi va istak ma’nosini bildiradi.
Kutaj
Keläj
Bāraj
qaraj
-iyin, -ïjïn affiksi ham qo‘llaniladi va ruxsat so‘rash ma’nosida qo‘llaniladi.
Bārajïn
Keläjin
Ajtajïn
kutajïn
-äjik, -ajïk affiksi ham qo‘llaniladi.
Keläjik
Kutajïk
Ǯüräjik
qārajïk
II shaxs birlikda affiks qatnashmaydi, ammo II shaxs buyruq shaklida –či affiksi taklif, yalinish ma’nosini bildiradi.
Berči
Kelči
Kulči
ajtči
-säŋ, -saŋ affiksi buyruq ma’nosida qo‘llaniladi.
Ā:saŋ
Bersäŋ
Ajtsaŋ
kutsaŋ
II shaxs ko‘plikda –(i)ŋ, -(ï)ŋ, (i)ŋlär, (ï)ŋlar, (i)ŋizlär, -(ï)ŋïzlar affikslari qo‘llaniladi.
Bārïŋ
Keliŋ
Ajtïŋïzlar
Korïŋlar
Beriŋizlär
qaraŋlar
III shaxsda –sin, -sïn affiksi qo‘llaniladi.
Kelsin
Bārsïn
Ǯürsin
Bersin
qālsïn
3.8. Shevada zamon affikslarining qo‘llanilishi (o‘tgan, hozirgi, kelasi).
O‘tgan zamonda –di, -dï, -ti, -tï, -gän, -gan, -kän, -kan affikslari qo‘llaniladi.
Ajttï
Kordï
Tütti
Bārgan
Kelgän
Otkan
kütkän
-uvdi affiksi ham qo‘llaniladi.
Koruvdi
Ajtuvdi
Bāruvdi
ǯüruvdi
Hozirgi zamonda –jäpti, -japtï, -ajātkan affikslari qo‘llaniladi.
Keljäpti
Bārjaptï
Kutjaptï
korajātkan ekän
kutajātkan ekän
ojnajātkan ekän
Kelasi zamonda –ädi ekän, -adï ekän affiksi qo‘llaniladi.
Kutadi ekän
ajtadï ekän
bāradï ekän
gäpiradi ekän
3.9 Kichraytirish-erkalash affikslari.
-xān- Niginäxān
-čäk- kelinčäk
-čāq- qozïčāq
-bek- Asilbek
-ǯān- Murādǯān
-ǯānïm- bālaǯānïm
-ginäm- qïzgïnam
-āj- Gozalāj
3.10 To‘liqsiz fe’llarning qo‘llanishi
Edi (-di,-dï), ekän, emiš shakllari qo‘llaniladi.
Bārgan edi
Kelgändi
Kutgandï
ajtgan ekän
korgan emiš
3.11 Bilan ko‘makchisining tarqalishi
Bilan holatida qo‘llaniladi.
3.12 So‘roq yuklamasining qo‘llanishi
-mi, -mï, -ma, mä shakllari qo‘llaniladi.
Tutdïmï
Bārdïma
Keldimä
berdimi
3.13 Taqlid so‘zlar qo‘llanishi
1. Šildir-šildir
2. Piq-piq
3. γïjq
4. bidi-bidi
5. lip-lip
6. taq-tuq
7. biqïr-biqïr
8. ǯilt-ǯilt
9. šātïr-šutïr
10. pitir-pitir
11. pilt-pilt
12. tip-tip
13. pātïr-putïr
14. tāqïr-tuqïr
15. šart-šurt
Dostları ilə paylaş: |