2. Oltinsoy tumani Bibizaynab mahallasi shevasi fonetik xususiyatlari 2.1 Shevaning unlilar tizimi (vokalizm)
1. a- orqa qator, quyi-keng lablanmagan unlini ifodalaydi. Asosan
Ana
Mana
qara kabi so‘zlarda uchraydi. Bu tovush adabiy tilga qabul qilingan.
2. ä- old qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifodalaydi.
Äkä
Äsäl
sänäm kabi so‘zlarda ishlatiladi.
3. e- old qator, orta-keng, qisman lablangan unlini ifodalaydi.
Kel
Ket
bel kabi so‘zlarda qo‘llaniladi.
4. ü- old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi.
Bügün
Büzüq
süzük kabi so‘zlarda ishlatiladi.
5. u- orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifodalaydi.
Bu
Unum
un kabi so‘zlarda qo‘llaniladi.
6. ï:- orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
qï:jšïq
qï:j kabi so‘zlarda cho‘ziq talaffuz qilinadi.
7. ï- ï: unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifodalaydi.
Ajttï
čïqïm kabi so‘zlarda qisqa talaffuz qilinadi.
8. i (i) –old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifodalaydi. Odatda qisqa talaffuz qilinadi.
Bitt
Mitti
sindi kabi so‘zlarda qisqa talaffuz qilinadi.
9. i:- old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifodalaydi,cho‘zib talaffuz qilinadi. bi:lib
ti:lim
hi:ssä kabi so‘zlarda cho‘zib talaffuz qilinadi.
2.2. O-lashishning tarqalishi
Mahalla shevasi qipchoq lahjasiga mansub bo‘lganligi sababli aholi ba’zi hollarda a tovushini o tovushi singari talaffuz qiladi.
Baqirmoq-bāqïrmāq
2.3. So‘z boshida j/ ǯ hodisasining tarqalishi
Yotmoq- ǯātmāq, yo‘l-ǯol, yer-ǯer
2.4. Tursun, turγun, kunduz so‘zlarining ikkinchi bo‘g‘inidagi unli talaffuzi
Tursun, turγun, kunduz so‘zlarining ikkinchi bo‘g‘inidagi u unlisi orqa qator ï unlisidek talaffuz qilinadi.
2.5. Shevaning undoshlar tizimi (konsonantizm)
Shevada quyidagi undosh tovushlar qo‘llaniladi: b,d,f,g,h,k,l,m,n,p,q,r,s,t,v,x,z,j,č,š,ŋ,γ, ǯ
b– lab-lab, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi:
bāzar
bet
tābut
säbäp
So‘z oxirida esa, p tovushiga o‘tadi va unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘llanilganda b tovushiga o‘zgaradi.
d- til oldi,jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi: dost
daraxt
dïjdār
āmat
So‘z oxirida esa, t tovushiga o‘tadi va unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘llanilganda d tovushiga o‘zgaradi.
f- lab-tish, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi:
farq
faqïr
āfat
So‘z oxirida esa, p tovushiga o‘tadi va unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘llanilganda f tovushiga o‘zgaradi. Ba’zan so‘z boshida ham p shaklda talaffuz qilinadi:
Päläkät
pāl
g- til orqa, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi:
gül
gävhär
gäp
čämängül
h- bo‘giz, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi:
hazïr
sähär
hālat
k- til orqa, jarangsiz, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
kitāp
mäktäp
käräm
keräk
l- til oldi, jarangli, sonor tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
limān
bāla
äsäl
m- lab-lab, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
mäktäp
mäkān
āmat
qalam
n- til oldi, jarangli, sonor tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
nān
närsä
mänti
qāpqān
p- lab-lab, jarangsiz, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
pāčta
päxtä
āšpaz
bāp
q- chuqur til orqa, jarangsiz, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
qāp
qāpqāq
qalam
r- til oldi, jarangli, sonor tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
räjhān
käräm
qarār
s- til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
sänä
āsmān
tüs
t- til oldi, jarangsiz, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
täxt
tāš
päxtä
tābut
v- lab-tish, jarangli, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
väqt
väfā
qāvun
tāv
säjlāv
x- chuqur til orqa, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
xoroz
qārxat
mäddāx
j- til o‘rta, jarangli, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
jāt
ǯājnamāz
mäläj
z- til oldi, jarangli, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
zähär
mänzärä
qarz
š- til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
šähär
āšxāna
bāš
č- til oldi, jarangsiz, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
čāra
qāčāq
āmāč
ŋ- til orqa, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
siŋil
koŋul
badrïŋ
γ- chuqur til orqa, jarangli, sirg‘aluvchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
γār
qāγāz
bāγ
ǯ- til oldi, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning o‘rtasida, oxirida qo‘llaniladi:
ǯännät
äǯdähā
gäräǯ
2.6. Shevadagi fonetik qonuniyatlar.
Singarmonizm lotincha unlilarning uyg‘unlashuvi demakdir. Mahalla shevasida singarmonizmning palatal turi keng tarqalgan. Labial singarmonizm deyarli uchramaydi. Singarmonizmning buzilish holatlari uchraydi. Masalan, körïndï so‘zida birinchi bo‘g‘inda lab unlisi ishtirok etgan, lekin qolgan bo‘g‘inlarda lablanmagan unli ishtirok etgan.
Umlaut
Umlaut unlilarning regressiv assimilyatsiyasidir. Mahalla shevasida umlaut hodisasi uchramaydi.
Diftong
Diftong bir tovushda boshqa bir tovush unsurining ishtirokida yuz beradi. Mahalla shevasida diftong hodisasi uchraydi. So’z oldidan v , j tovushlari qo’shib talaffuz qilinadi:
Voni
yečki
2.7. Shevadagi fonetik jarayonlar.
Assimilatsiya
Assimilatsiyaning progressiv va regressiv, to‘liq va to‘liqsiz turlari bor.
To‘liq assimilatsiya: qo‘lni-qollï
To‘liqsiz assimilatsiya: ketdi-ketti
Dissimilatsiya
So‘z tarkibidagi undoshlarning boshqa tovush ta’sirisiz tovush variantiga ega bo‘lishi dissimilatsiyadir.
Dissimilatsiya: devor-duvāl
Sandhi
Sandhi: menga ham ber- mengäjämber
Spirintizatsiya
Spirintizatsiya: baqïrïb-baγïrïb
Sponton o‘zgarishlar
Sponton o‘zgarish: tās sujagi-tāz sujagi
bo‘laqol-bolaγaj
Metateza
Metateza: daryo-dājra
tuproq-torpāq
Eliziya
Eliziya: ayta oldi- ajtuvdi
Reduksiya
Reduksiya: biqin-b(i)qïn,
Ähliddin-Ählid(d)in
Geminatsiya
Geminatsiya: ariq-arrïq
tiriq-tïrrïq
Birlamchi cho‘ziqlik
Mahalla shevasida birlamchi cho‘ziqlik uchramaydi.
Ikkilamchi cho‘ziqlik
Olsang-ā:saŋ
o‘g‘il-u:l
Uchlamchi cho‘ziqlik
Mahalla shevasida uchlamchi cho‘ziqlik uchramaydi.
Tovush mosligi.
yo‘l-ǯol
yer-ǯer
tashlab-täjläp