O‘zbek filologiyasi fakulteti 301-guruh talabasi farhodova farangizning kurs ishi mavzu


Nosiriddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi



Yüklə 89,57 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü89,57 Kb.
#205672
1   2   3   4   5   6
FARHODOVA FARANGIZ

Nosiriddin Rabg‘uziyning hayoti va ijodi.


Rabgʻuziy (taxallusi; asl ismsharifi Nosiriddin Burhoniddin oʻgʻli) (13-asr oxiri — Xorazmning Rabotoʻgʻuz mavzei — 14-asr boshlari) — turkiy shoir.
Rabotoʻgʻuzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari ogʻzaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar toʻgʻrisidagi qissalarni chuqur oʻrgangan. Oʻzi ham koʻpgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan boʻlib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha "Qisasi Rabgʻuziy" (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon moʻgʻul beklaridan Nosiriddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, baʼzi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qurʼoni karimdagi baʼzi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning "Qisas ul-anbiyo"sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar anʼanaviy hamd va naʼt bilan boshlanadi, soʻng uning yozilish sababi, muallif haqida maʼlumot beruvchi qisqa soʻzboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga koʻra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni ulugʻlash, paygʻambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, otaona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Mas, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bogʻliq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq ogʻzaki ijodining bevosita taʼsiri seziladi. Asarda maʼrifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). R.ning bu asari oʻzbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qoʻlyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda koʻchirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda koʻchirilgan qoʻlyozma, shuningdek, bosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi. Qissayi rabguziy o`zbek so`z sanatining ajoyib obidasi hisoblanadi.Unda anbiyolar-payg`ambarlar xayotidan xikoya qiluvchi qadimiy sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavxalar,jonli tasvirlar, xiyla pishiq his-hayojon,kechinmalarga boy obrazlar hosil etgan.Asarda etiqod va imonga sodiqlik,pok insoniy axloqning badnaflik,xirsiy xasad,qonxo`rlik va noxaqliklar ustidan bo`lgan galaba tasvirlangan.

Rabgʻuziy haqida yetarlicha ma’lumot yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan yagona asari «Qisasi Rabgʻuziy»da ba’zi ma’lumotlar mavjud. Undagi ma’lumotlar ham toʻliq emas. Xorazmning Rabotu Oʻgʻuz degan joyida tugʻilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning Oʻgʻuz Rabotining qozisi boʻlganligini aytib oʻtadi. Asarda bu haqda: «Bu kitobni tuzgan, toat yoʻlida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlik, koʻp yozugʻluk Gʻyaxshiligi oz, gunohlari koʻp Rabot Oʻgʻuzining qozisi Burhon oʻgʻli Nosiruddin…» deb qayd etilgan. Rabgʻuziy soʻzini prof. N.Mallaev «Raboti oʻgʻuz»ning birikuvidan kelib chiqqan deydi. Demak, Rabgʻuziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan xorazmlik shoirdir. Uning «Qisasi Rabgʻuziy» asari oʻzbek nasrining qadimiy namunasi. Bu asar islom dinini qabul qilgan moʻgʻul beklaridan biri boʻlgan Nosiruddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi va homiyligida yozilgan. Asar hijriy 709 yil, melodiy 1309-10 yil, ba’zi manbalarda 1311 yil yaratilgan deb koʻrsatiladi. Toʻqbugʻa Rabgʻuziyga paygʻambarlar haqida asar yozishni topshiradi va natijada


«Qisasi Rabgʻuziy» yuzaga keladi. Muallif asarni bir yil zahmat chekib tugatganini qayd etadi. «Qisasi Rabgʻuziy»ning turli davrlarda koʻchirilgan bir necha qoʻlyozma nusxasi mavjud. Ular dunyoning turli kutubxona va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Asarning eng qadimiy qoʻlyozma nusxasi XV asrda koʻchirilgan boʻlib, u Britaniya muzeyida saqlab kelinmoqda. Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagenda nashr qilingan. Manbalarga qaraganda, XV asr London nusxasi 1340 yilda Rabgʻuziy tiriklik davrida koʻchirilgan. XV-XVI asrlarga mansub Sankt-Peterburg, XIX asrga oid Toshkent nusxalari mavjud. XIX asrning II yarmi va XX asrning boshlarida Toshkent, Qozon shaharlarida bir necha marta nashr etilgan. Asarning toʻla matni ilk marta rus turkiyshunos olimi N.Ilminskiy tomonidan 1859 yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Ushbu asar Radlov, Tomsen, Melioranskiy, Malov, Kononov, Bosim Atalay kabi xorijiy turkiyshunos olimlar, Fitrat, N.Mallaev, T.Fafurjonova, I.Ostonaqulov kabi oʻzbek olimlari tomonidan tadqiq qilingan.
Rabgʻuziy ushbu asarni yozishda Qur’oni karim, hadislar, Abu Ishoq Nishopuriy asari, islomga oid turli kitoblar, shuningdek, Hasan Basra, Jobir ibn Ansoriy kabi qissagoʻylar ijodidan foydalangan. Asarni oʻqir ekanmiz, Rabgʻuziyning oʻnlab bunday asarlardan ijodiy foydalanganligining guvohi boʻlamiz. Bu manbalar ikkiga boʻlinadi:

  1. Adabiy manbalar.

  2. Tarixiy manbalar.

Adabiy manbalarga, avvalo, Qur’onga yozilgan tafsirlarni, soʻng Ishoq Nishopuriy, Abul Hasan Kisoiy qissalarini kiritish mumkin. «Qisasi Rabgʻuziy»da Muhammad paygʻambar hayotigacha boʻlgan qissalar bevosita Qur’on sharhi vazifasini bajargan badiiy asarlar, ikkinchi guruhga Imom Ismoil Buxoriyning «Al Jome al sahih», Abu Iso at Termiziyning «Shamoili nabaviya» kitoblarini kiritish mumkin.
Rabgʻuziy paygʻambarlar haqidagi qissalarda olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy ifodalashga harakat qilgan. Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Asar 72 qissadan iborat. Qissalar mavzu jihatdan rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Ollohni ulugʻlash, paygʻambar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, vatan va mehnatsevarlik, erk va adolat, doʻstlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabilar shular jumlasidandir. Asarda shunday bir jumla borki, u asar mavzusini aniqlash imkonini beradi: «Dunyoga boring, menga toat qiling, ma’siyatdan yigʻiling, qon toʻkmang, xamr ichmang, xalq orasida koʻni hukm qiling, zino qilmang, xiyonat qilmang». Ya’ni inson Ollohga toat qilsa, hamisha uning yodi bilan yashasa, oxiratini oʻylasa yomon ishlardan saqlanadi, oʻzidagi yomon unsur va illatlardan qutilishga harakat qiladi.
«Ma’siyatda yigʻiling»-gunohdan saqlaning degani. Gunoh va savob tushunchasi asarda koʻp tilga olinadi. «Koʻni hukm qiling»-bu nasihat amaldorlarga taalluqli boʻlib, har ishda adolatli, toʻgʻri hukm qilish zarurligi ta’kidlangan. Kuchsizlarga ozor yetkazmaslik va inson shahvoniy hislarga berilmasligi, bu yoʻlda yurganlarga sharmandalik, yuzi qarolik, azob-uqubat yetishi aytiladi.
Islomda xamr aroq ichish man qilinadi. Chunki u koʻp yomon ishlarga sabab boʻladi. Qon toʻkish, besabab birovni oʻldirish ham islomda qoralanadi. Omonatga xiyonat qilmaslik olijanob fazilat.
Asarda Nuh, Dovud, Sulaymon, Iso, Muso, Yusuf, Ya’qub, Ismoil, Ibrohim kabi paygʻambarlar, Luqmoni hakim haqidagi hikoyatlar keltirilgan.
Asarda odamning, yer yuzi, koʻk, jin, farishtalarning yaratilishidan boshlab ma’lumotlar keltiriladi. Mana olamning yaratilishi haqidagi xabar: «Xabarda andogʻ kelur: Yakshanba kun koʻklarni yaratti, dushanba kun oyni, kunni, yulduzlarni yaratti, falak ichinda turitti, seshanba kun olam xalqinda qush-qurtlarni, farishtalarni yaratti, chahorshanba kun suvlarni yaratti, ellarni, bulutlarni chiqardi, yigʻochlarni, oʻt- yemlarni yaratti, undurdi. Roʻzilarni ulashturdi. Payshanba kun ujmox, tamugʻni, rahmat va azob farishtalarni yaratti, hurlarni yaratti. Azina kun odamni yaratti.
Shanba kun narsa yaratmadi». «Qisasi Rabgʻuziy». 12-bet.
Odamning yaratilishi haqida ham gap boradi. Jabroil, Isrofil, Mekoil tuproq olib kelishga buyuriladi. Ular qilmagan ishni Azroil bajaradi. Shu uchun ham jonzotlar jonini olish unga topshiriladi. Odamni tuproqdan yaratadi. Togʻ, Tengiz, Koʻk ulardan yaratishni talab qilishadi. Tuproq jim turgani bois undan yaratiladi 17bet.
«Qissai Qobil va Hobil»da tasvirlanishicha, Qobil bilan Iqlimo, Hobil bilan Abudo tugʻiladi. Iqlimo goʻzal. Abudo koʻrksiz edi. Qobilga Abudo beriladigan boʻldi, u koʻnmadi. Odam ularga qurbonlik qilishni, kimning qurbonligi qabul boʻlsa, Iqlimo berilishini aytdi. Hobilning qoʻyi qabul boʻldi. Qobil tosh bilan urib Hobilni oʻldirdi. Qargʻalarga qarab, Hobilni yerga qoʻydi. Odam koʻmish shundan qoldi. 3031- betlar.
Nuh va kema bilan bogʻliq hikoyat koʻpchilikka yaxshi tanish. Bayoni beriladi, tahlil qilinadi.
Asarda katta bir qissani Yusuf paygʻambar haqidagi qissa tashkil etadi. Ya’qub, uning oʻgʻillari, Yusuf va Zulayho haqidagi voqealar ancha mashhur. Hikoyat tahlil qilinadi.
Hazrati Dovud haqidagi qissa ham e’tiborli. Qissa Dovudning ta’rifi bilan boshlanadi. Undan keyin Dovud haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi:»Dovud yalavoch (paygʻambar) bani Isroildan erdi. Oʻn qarindosh er dilar, otalari Ishoʻ otligʻ.
Dovud qamugʻidin (barchasidin) kichik erdi. Tun-kun yigʻlayur erdi ibodat ichinda» Dovud paygʻambar bilan bogʻliq bir necha hikoyatlar beriladi. Adolat bilan hukm qilishi, kechalari raiyat holi bilan tanishishi, bir kampir qiyofasidagi farishta u xalq molini yeyishini aytishi, soʻng Dovud paygʻambar temirchilikni oʻrganishi bayon qilinadi.
Asarda Muso paygʻambar, Sulaymon va qarincha, Sulaymon va kursisi, Sulaymon va Bilqis haqidagi, Yunus, Ilyos, Xizr, Luqmoni hakim, Iso, Iskandar haqidagi qissalar ham e’tiborlidir.
Asarning katta qismi paygʻambarimiz Muhammad hayotlariga bagʻishlangan. Rabgʻuziy haqida gap ketganda uning she’riyati haqida ham soʻzlash joiz. Chunki har bir qissa boshida yoki oxirida keltirilgan she’rlar bundan dalolat beradi. Ayrim gʻazallar voqealar ichida ham beriladi. Bular Rabgʻuziyning turkiy aruz va barmoq vaznini yaxshi egallaganidan guvohlik beradi. Ushbu asarda 600 misra she’r oʻrin olgan boʻlib, bular gʻazal, ruboiy, qit’a, toʻrtlik, qasida janrlarida bitilgan. Bahorni,
Navroʻzni madh etuvchi she’r bor. Rabgʻuziy asarida xalq ogʻzaki ijodining ham chuqur ta’siri seziladi. Masalan: Bani Isroil ularga 12 baquvvat, baland boʻyli kishilarni yuborishadi, bogʻbon kelib ularning oltitasini bir engiga, yana oltitasini ikkinchi engiga solib oladi. Ularni qoʻl- oyoqli qurtlar deb ataydilar. Yoki Muso paygʻambar hassasini erga sanchsa mevali daraxt, dushmanga qarshi ilon, daryodan oʻtishda koʻprik vazifasini bajaradi. Yoki Yusufning akasi Yahudo na’ra tortsa, Misr eli hushsiz yiqiladi va hokazo.
Qissasi Rabg‘uziy” asari tahlili.


Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha «Qisasi Rabg‘uziy» (1309— 10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon mo‘g‘ul beklaridan Nosiriddin To‘qbug‘aning topshirig‘i bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni Karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga ko‘ra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo‘lgan Allohni ulug‘lash, payg‘ambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarning ko’pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so’ng sheriy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Bazi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g’azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg’a surilgan asosiy g’oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi.Qissalarda real hayot voqealari bilan bog‘liq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq og‘zaki ijodining bevosita ta’siri seziladi. Asar garchi payg’ambarlar haqida bo’lsa-da, muallifning e’tiroficha, insonlar mavjud bo’lmasdan avval ham mavjudlik mavjud bo’lgani uchun voqealarni ana shu ilk mavjudlik voqealaridan boshlaydi. Ya’ni avvalgi qissa yer, ko’k, mavjudotlar, jin, dev, parilar hukmronligi, so’ngra insonning yaratilishiga ehtiyoj tug’ilishi voqealaridan boshlanadi. Bu voqealar konkret ilmiy xarakterga ega bo’lmasa-da, lekin olam va odamning avvali haqida ma’lum tasavvurlar beradi. Qolgan qissalar payg’ambarlar va payg’ambarlashtirilgan shaxslar to’g’risidadir. Rabg’uziy har bir qissaning boshlanishida payg’ambar haqida qisqacha ma’lumot so’ngra izohlovchi she’r, so’ng nasrda qissaning asosiy mazmuni beriladi. Bu mazmun ham yaxlit voqealar bayonidan iborat bo’lmay, shu voqealar bilan bog’liq bir necha naql va hikoyatlardan ham iboratdir. Masalan, Idris payg’ambar to’g’risida izoh va she’r keltiriladi. So’ngra nasrda uning o’ziga xos xislatlari aytiladi. Qissadan ma’lum bo’lishicha, Idris payg’ambar ilm-u hikmatda, podshohlikda, payg’ambarlikda uchinchidir. U nima narsa bo’lsa, tikib kiyishni bilgan, shamshir, pichoq kabi asboblarni yasagan, osmonda yashagan, jannatda tirik yurgan, yetmish ikki tilni bilgan, dinga da’vat qilib, turli rasm-rusumlarni o’rgatgan. Xudo uning sidqidildan qilgan toat-ibodatlari, ishlarini nazarda tutib, o’lib qayta tirilishiga, osmonga chiqib sayr qilishiga, do’zax va jannatda aylanib, jannatda qolishiga izn beradi. Asarda boshqa payg’ambarlar haqida ham shu usulda voqea-hodisalar bayon qilinadi, rangbarang hikoyatlar keltiriladi. E’tiborlisi shundaki, qissalar va ular bilan bog’liq hikoyatlar maqsadli muayyan bir g’oyaga bo’ysundirilgan holatda bayon qilinadi. Masalan, Bir kuni Sulaymon Boyqushdan so’radi, nima uchun doim vayronalig’ yerni xohlaysan, nega xalq orasida yurmaysan. Boyqush aytdiki, odam farzandlari bir-biriga qiladigan zulmidan qo’rqaman. Demak, bunda zulm qoralanadi. Dovud payg’ambar hikoyatida halollik, halol mehnatni ulug’lash g’oyasini ko’ramiz. Bunday g’oyaviylik asardagi barcha hikoyatlar uchun xosdir. Ko’rinadiki, Rabg’uziy qissa va hikoyatlarini insonlar ezguligi uchun xizmat qilishga qaratgan. Halollik, o’z mehnati bilan halol kun ko’rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash Rabg’uziyning hikoyalarining asosiy maqsadidir. O’zbek nasrida ilk marotaba dialoglar Rabg’uziy tomonidan keng qo’llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g’oyaviy maqsad yorqin va tasirchan ifodalangan. Tilga e’tibor berish, har bir aytiladigan so’z masuliyatini takidlash, hikoyadagi asosiy g’oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik ham ulug’langan. Asardan o’rin olgan hikoyatlarning ko’pchiligi real hayot hodisalarini izohlashga qaratilgan. Masalan: Insonga jon ato etilishidan oldin uning tanasi tirnoqlar kabi silliq edi, jon baxsh etilgach, yumshab, hozirgi holatga keldi, avvalidan nishona sifatida tirnoqlar saqlab qolindi. Qarg’alardan biri yerni cho’qalib, o’lgan sherigina ko’rishdan yerga ko’mish odati rusum bo’ldi. Shuningdek, arining g’o’ng’illashi, qaldirg’ochning odamlar orasida bo’lishi, ilonning qurbaqaga o’chligi va hakazolar hayotiy hodisalar bo’lib, izohlovchi hikoyatlardir. Ana shu o’rinda asarga xos eng muhim xususiyat rivoya va hayotiy traditsiyalar tutashtiriladi. Qissa va rivoyatlar Rabg’o’ziyning nasrdagi katta mahoratini ko’rsatsa, asardan o’rin olgan g’azal va she’rlarda tabiat ko’rki, qahramonlarni ruhiy holatlarini yorituvchi she’rlar uning nazmdagi mahoratini ko’rsatadi. Hikoyalarda xalq og’zaki ijodining tasiri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko’chib o’tgan. Suhbatning diolog asosida olib borilishi, soddalik, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo’ndaligi, og’zaki ijoddan tasirlanish natijasidir. Rabg’uziy bu ijod mahsuli mazkur mavzu ananasidagi o’ziga xos bosqich bo’ldi. Birinchidan, adib o’zigacha yaratilgan payg’ambarlar haqidagi qissalarni puxta o’rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo’l qo’ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tillarida yozilgan bo’lsa, Rabg’uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho manaviy mulkiga aylandi. Muallif ikkinchi kitobning she’riy xulosasida uni qachon yozganligini ifoda etadi. “O‘zgalar dunyo lazzati deb, qimmatbaho toshlardan mol dunyo yiqqanida, xushmanzara joylarda ko‘ngil ochib yurganida men so‘zdan gavharu dur tuzdim”, deb bashorat qiladi. Darhaqiqat, ushbu kitob o‘lmas ganjina bo‘lib, asrlardan asrlarga, xalqlar tilidan o‘zga xalqlar tiliga o‘tib kelyapti. Rabg‘uziy uni shunday ifoda etadi: O‘zgalar ko‘p olamunchoq tuzdilar el tizginib, Man guvar, dur, yinju tuzdim, kezmadim yobon yozi. Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob, Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda Hut saodat yulduzi. Darhaqiqat, allomaning o‘zi aytganidek, asarni duru gavharga qiyos etgulik. Ayni paytda bu kitobni butun jahon ahli o‘qib o‘rganayotganligi buni tasdiqlaydi. Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb tilga olingan shaxsning Aleksandr Makedonskiyga daxldorligi, Zulqarnayn nisbasiga oid talqinlar shunchalar xilma xilki, bu muammo yechimi dunyo olimlarini mudom o‘ylantirib, bahslarga sabab bo‘lib keladi. Chunki, uning tarixiy shaxs va adabiy obraz sifatidagi talqinlari ba’zan bir-biridan keskin farq qiladi, shuningdek, Zulqarnayn nisbasi haqida ham turli xil qarashlar mavjud. Zulqarnaynga oid ilk manba Qur’oni Karim bo‘lib, “Kahf” surasining 83: 98 oyatlarida u haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ushbu muborak manbada Iskandarning avval g‘arbga borib, bir qavmni to‘g‘ri yo‘lga chaqirishi, keyin esa Sharqqa borib boshqa bir qavmni hidoyatga chorlashi ta’kidlanadi. Rabg‘uziy ham Zulqarnayn haqida Qur’oni Karimga asoslanib yozganligi keltirilgan misollaridan ko‘rinib turadi. Masalan: “Zulqarnayn Iskandariya nomli joydan bo‘lgani uchun Iskandar deb ataldi. Zulqarnayn ham unga keyinchalik berilgan nom bo‘lib, yer yuzining mag‘ribidan mashriqigacha bosib olib, bo‘yinsundurgani uchun shunday ataldi. Qarn arab tilida muynuz(munguz, shox) demakdir. Ikki muynuzlik degan ma’noni anglatadi. Zulqarnayn boshidagi kiyimi(dubulg‘asi)da oltindan ikkita shox bor edi. Alloh Taolo unga payg‘ambarlik yubordi. Urdilar shoxlari sindi. Yana aytishlaricha, u ikki qarnli bo‘lib yashagan edi. Yana uning payg‘ambarligiga ham ixtiloflar bor. Ba’zilar payg‘ambar edi dedilar, ba’zilar Olloh yorliqagan malik edi dedilar.
“Qissasi Rabg’uziy”ga diniy xarakterdagi bir asar sifatidagina qaramaslik kerak. Chunki asarda diniy ruhga nisbatan inson xayoti, kelajagi va real borliq bilan bog’liq dunyoviy ruh ustun darajadadir. Asar tom ma’nodagi ilhom manbaiga aylanishi mumkin bo’lgan nodir yodgorlikdir.


Yüklə 89,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin