54
qolishmasligi kerak.
Ma’lumki, muxammas bog‘lash shoirdan katta mahorat talab qiladigan
ijodiy an’ana. Bunda shoir taxmis uchun asos bо‘lgan she’rning tub mohiyatini
chuqur anglab yetishi, mazmuniy butunlikni saqlashi, baytlarga qо‘shilgan
uchliklarni shu bayt va g‘azal mazmuni bilan uyg‘unlashtirishi, baytlarda
qо‘llangan badiiy vositalarni takrorlamasligi, unda yangi timsollar va badiiy
tasvir vositalarini qо‘llashi, umuman, taxmis bog‘lanayotgan g‘azal darajasida
yangi asar bitishi talab qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Xislatning
ustozi Muqimiy g‘azallariga bog‘lagan muxammaslari yuqoridagi talablarga
tо‘liq javob beradi.
Xususan, Xislatning Muqimiy qalamiga mansub (Furqatning xorijga
ketishi munosabati bilan yozilgan) mashhur g‘azallardan biriga bog‘langan
taxmisi bu fikrni tasdiqlaydi:
Parioso kо‘runmay о‘zni pinhon aylading ketding,
Mani devonadek besabru somon aylading ketding,
Misli andalib hajringda nolon aylading ketding,
Kо‘ngulni g‘uncha yanglig‘ tah-batah qon aylading ketding,
Xaloyiq ichra mayusu parishon aylading ketding.
Yoki Furqat g‘azaliga bog‘langan muxammasi birinchi band:
Solsa kokil uyolib turoringiz chiroylik,
Yuz jilva noz birlan kuloringiz chiroylik,
Bir-bir bosib burolib yuroringiz chiroylik,
Huru pari yuzidin ruxsoringiz chiroylik,
Jannatni gullaridin gulzoringiz chiroylik
Shoirning mazkur muxammaslari nihoyatda sodda, ravon, xalqona
uslubda yozilgan. Bundan tashqari, Xislat tomonidan qо‘shilgan misralar g‘azal
baytlari bilan nihoyatda uyg‘un.
Xislat ijodida yetakchi janrlardan yana biri
Dostları ilə paylaş: