O‘zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix16.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#156279
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
z.murodova

masnaviydir. 
Shoir о‘zining 
noshirlik, tarjimonlik faoliyatini aks ettiruvchi baytli masnaviysi, davrning 
ma’rifatparvar ziyolisi Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedovga bag‘ishlangan 


55 
“Tо‘ychi hofiz” nomli 19 baytli va mashhur Ahmad polvonga bag‘ishlangan 48 
baytli masnaviylari bu janrda yaratilgan asarlarning eng sara namunalari 
hisoblanadi. 
Xislat mumtoz she’riyatda о‘zigacha yaratilgan adabiy an’analarga ijodiy 
yondashdi. О‘z iqtidori darajasida ularni munosib davom ettirdi. Navoiy, Bedil, 
Mashrab kabi Sharq mumtoz she’riyati namoyandalari ijodidan oziqlandi. 
Muqimiy, Furqat, Kamiy, Miskin, Shavkat Iskandariy singari zamondosh 
shoirlar ijodiga ergashib, ular darajasida sо‘z aytishga harakat qildi.
Quyida shoir ijodida keng qо‘llangan she’riy san’atlarning ba’zilari 
xususida tо‘xtalamiz.
Tajohuli orif san’ati asosan ishqiy mavzudagi she’rlarda uchraydi. YA’ni 
oshiqning о‘zini “bilib turib bilmaslikka olgan holda” ma’shuqadan sо‘rashi bu 
san’atning asosini tashkil etadi: 
Orazimu yo guli ra’nomudur? 
Tishlarimu yo duri bayzomudur? 
Lablarimu yo Badaxshon la’limu, 
YO magar ul yoquti xamromudur?
Shoirlar tarixda yuz bergan biror muhim voqea-hodisani she’riy yо‘l 
bilan adabiy sahifalarga muhrlab borganlar. Bunda 
ta’rix
san’atidan 
foydalanilgan. Ta’rixnavislik – adabiy hodisa sifatida Sharq adabiyoti, xususan, 
kо‘p asrlik о‘zbek adabiyotining keng rivojlangan an’analaridan biri. Ta’rix 
hayotiy-ijtimoiy zaruriyat natijasi о‘laroq, turli lirik janrlar zamirida yashab 
kelgan va о‘ziga xos g‘oyaviy-estetik vazifani о‘tagan. Adabiyotshunoslikda 
ta’rixga alohida janr sifatida qarash ham yо‘q emas. “Lekin ta’rix hajm 
jihatidan ham, misralarning qofiyalanish tartibi jihatidan ham belgili qat’iy 
qoidaga ega emas. Binobarin, shuning о‘zi ta’rixni janr deb atashga imkon 
bermaydi”
31
. Bundan tashqari, ta’rixlarning g‘azal, masnaviy, qit’a, ruboiy, fard 
singari janrlar tarkibida (asosan sо‘nggi baytida) kelishi va she’r mazmuniga 
31
Orzibekov R. Lirikada kichik janrlar. – T.:
Adabiyot va san’at nashriyoti,
 
1976. – B. 131.
 


56 
singdirilishi hisobga olinsa, uning janr emas, balki badiiy san’at ekanligi 
oydinlashadi.
Ma’lumki, sо‘nggi baytda yashiringan sanani topish uchun shoir biror 
harf, sо‘z yoki jumlaga ishora qiladi. Bu ta’rix moddasi (moddayi ta’rix) deb 
nomlanadi.
Ta’rixnavislik barcha davrlarda bо‘lgan. Biroq XIX asr oxiri – XX asr 
boshlari 
о‘zbek adabiyotida yangi bosqichda rivojlandi. Muqimiy, 
Sulaymonqul Rojiy, Mavlaviy Yо‘ldosh, Kamiy, Yusuf Saryomiy, Miskin, 
Sidqiy kabi shoirlar qalamiga mansub ta’rixlar bu fikrni tasdiqlaydi. Davr 
voqeliklarini yoritishda Xislat ham о‘z ijodida ta’rix san’atidan mohirona 
foydalangan. Xususan, shoirning о‘z tomonidan “Armug‘oni Xislat” bayozi 
chop etilishi munosabati bilan yozgan ta’rixi shunday xulosaga olib keladi: 
Bas jumal birla qalamni yuzidin Xislat yozib, 
Qildi bir xurshid yanglig‘ ta’rixin – “raxshon ajab” 
Bu yerda ta’rix moddasi, shoirning ishorasiga kо‘ra, “raxshon ajab”
 
iborasi bо‘lib, abjad hisobi bо‘yicha uning umumiy miqdori 1226 ni tashkil 
etadi. Milodiy yil hisobi bо‘yicha bu 1810 yilga tо‘g‘ri keladi. Bu sana 
“Armug‘oni Xislat”ning nashr yili emas. Shu bois, Miskinning ishorasiga 
kо‘ra, birinchi misradagi “jumal” va “qalam” sо‘zlarining yuzi (bosh harfi) 
bо‘lgan “jim” (ﺝ) va “qof” (ﻕ)ning abjad hisobidagi miqdori 3 va 100 ni 1226 
ga qо‘shsak, 1329 hosil bо‘ladi. Bu milodiy yilga aylantirilsa, 1911 yil sanasi 
kelib chiqadi. Bu “Armug‘oni Xislat” bayozining nashr yilidir.
Xuddi shunday ta’rix-g‘azallarni “Sadoyi Turkiston” gazetasi va 
“Qissai Barzuyi sher” nomli tarjima asarning nashri munosabati bilan 
yozilganini kо‘rish mumkin
32

Xislat yana bir qator badiiy san’atlarni mahorat bilan qо‘llagan: 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin