– g‘azali musajja’. “Musajja’” –
saj’li, ya’ni
ichki qofiyali degan ma’noni anglatib, mumtoz
adabiyotdagi qofiya bilan bog‘liq badiiy san’at. G‘azali musajja’da baytlardagi
misralar tо‘rt bо‘lakka teng bо‘linib, oldingi uch bо‘lak mustaqil holda
qofiyalanadi, tо‘rtinchi bо‘lak esa she’rdagi asosiy qofiyaga ohangdosh sо‘z
bilan tugallanadi. Xislat g‘azaliyotida bu shaklda yozilgan ikki g‘azal mavjud
bо‘lib, ularning matla’lari musajja’da emas, oddiy usulda bitilgan. Bobur
о‘zining “Muxtasar” asarida “musajja’ g‘azallarning matla’ida saj’ kamroq
rioyat qilibturlar. Agar rioyat qilinsa yaxshiroq bо‘lgusidur”, -deydi. Xislatning
quyidagi g‘azali musajja’ usulida bitilgan:
G‘am boridin bо‘ldi mani qaddim duto qandoq qilay, Qilmay fig‘onu nolalar shomu sabo qandoq qilay. Lutf aylamay, qilding sitam , zolim ekansan muncha ham , Chiqmay tanimdan jonginam , bо‘ldim judo qandoq qilay. Avval mani yor aylading , oxir ajab xor aylading , Xirqam kо‘rib or aylading , man benavo qandoq qilay. Mehnat bila dardu alam , yalg‘uz topib hijronu g‘am , Oxir mani qildi adam , vovaylato, qandoq qilay. Holim mani bо‘ldi xarob , arzim eshit olijanob , Bersang manga yuzming azob , bо‘ldum rizo qandoq qilay. Aylab eding ahdu amon , о‘ynab kulib necha zamon , Har kim agar bо‘lsa