O‘zbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix16.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#156279
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
z.murodova

nomini pinhon etib
 Xislat 
g‘azal ichra
,
Dedi 
topsa о‘qib har kim
 о‘shal donoyi insondur. 
G‘azal baytlarining bosh harflaridan “Komilxon” ismini о‘qiymiz. Bu shaxs 
shoirning yaqinlaridan biri bо‘lishi mumkin.
23
Shayxzoda muvashshahni negadir 
janr
deb ataydi. E’tibor berilsa, muvashshah turli lirik janrlar tarkibida 
keluvchi poetik shakl ekanligi kо‘riladi.
24
Shayxzoda M. Asarlar. Olti tomlik. Beshinchi tom. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973. – B. 91-92. 


50 
Shoirning “G‘am boridin bо‘ldi mani qaddim duto qandoq qilay” misrasi 
bilan boshlanuvchi g‘azali xususida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin. 
Bizningcha, G‘ulomxon ismiga muvashshah qilingan bu g‘azal Xislatning 
zamondoshi “G‘ulomiya” matbaasining egasi G‘ulomhasan Orifjonov ismiga 
bog‘langan. Negaki, nihoyatda ma’rifatparvar bо‘lgan bu zotning ismi о‘sha 
davrda ijod qilgan shoirlar Kamiy, Miskin, Sidqiy Xondayliqiy, Yusuf 
Saryomiy va boshqa bir qator shoirlarning turli janrlardagi she’rlarida 
muvashshah qilingan.
Muvashshahlar, asosan, sof ishqiy mavzuga bag‘ishlanadi. Garchi ularda 
ma’shuqaning ta’rifu tavsifi, oshiqning zabun holi kabi motivlar yetakchilik 
qilsa ham, aksar hollarda muvashshahlarda ayollar ismi emas, erkaklar nomi 
yashiringan bо‘ladi. Xо‘sh, unda muvashshahdagi kishi ismi bilan unda 
kuylangan ishqiy mazmunning qanday aloqasi bor? Bizningcha, bu borada
Maqsud Shayxzoda bildirgan fikr juda о‘rinli: “...muvashshah kimning nomiga 
bog‘langan bо‘lsa, о‘sha g‘azalda ta’riflangan obraz ham aynan mazkur 
kishining о‘zidir, deb о‘ylash xatodir. Muvashshahdagi ism bu g‘azalning 
kimga bag‘ishlanganiga dalolat qiladi, xolos. Asarda tasvirlangan yor bus-
butun boshqa bir kishi bо‘lishi mumkin”
25
.
Darhaqiqat, muvashshahlarning mazmuniga e’tibor qilsak, yuqoridagi 
fikrning tо‘g‘riligiga amin bо‘lamiz. Masalan, “Asilbek” ismiga muvashshah-
g‘azalda: 
Labingni rashkidin la’li Badaxshon, 
Qizildur botmish ul gо‘yoki qona. 
Yoki
“Komilxon” ismiga bog‘langan muvashshah-g‘azalda: 
О‘zi dilkash, sо‘zi shirin ajab ozoda bir tannoz, 
Qorong‘uni qilur ravshan, yuzi chun mohi tobondur.
kabi baytlar keladi. Tabiiyki, baytlarda ma’shuqa tasviri haqida gap boryapti. 
She’r mazmunining Asilbek yoki Komilxonga aloqasi yо‘q. 
25
Shayxzoda M. Asarlar. Olti tomlik. Beshinchi tom. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973. – B. 92. 


51 
Xislat 
muvashshahlari 
“Ahmadjon”, “Abdullaxon”, “Ishoqxon”, 
“G‘ulomxon”, 
“Hamdamxon”, 
“Asilbek”, 
“Sultonxon”, 
“Umarxon”, 
“Yusufxon”, “Xoji Muhammadxon”, “Komilxon”, “Oxundjon”, “Sultonxon”, 
“Hamdamxon”, 
“Rahimxon”, 
“Asqarxon”, 
“Alixon”, 
“Yusufxon”, 
“Muayyanxon” singari zamondoshlari nomiga bitilgan. Nomlari zikr etilgan 
kishilarning ismiga Xislat mansub bо‘lgan adabiy muhit vakillari ijodida ham 
bir qator muvashshahlar bitilgan. Xususan, Kamiyning Xolmuhammadxon, 
Alixon, Mirzo Shoshiyning Alixon, Miskinning Yusufxon, Alixon kabilarning 
nomiga bog‘lagan muvashshahlari bunga misoldir
26
. Bu hol ismlari 
muvashshah qilingan kishilarning va uning ijodiy davrasi uchun yaqin shaxslar 
bо‘lgani haqidagi xulosaga olib keladi
27
.
Miskin nazmiy merosida 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin