49
2.3. Shoir lirikasining janriy va badiiy xususiyatlari
Xislat о‘z ijodiy faoliyati davomida mumtoz she’riyatimizning о‘nga
yaqin janrlarida ijod qildi. Shoirning bizga ma’lum adabiy merosining salmoqli
qismini g‘azal janriga mansub she’rlar tashkil etadi.
Xislat adabiy merosidagi g‘azallarning aksariyati an’anaviy g‘azallardir.
Bundan
tashqari, shoir ijodida g‘azalning boshqa bir qator poetik shakllardagi
turlari ham uchraydi. Masalan, shulardan biri –
muvashshah-g‘azal
. О‘zbek
adabiyotida qadimdan mavjud bо‘lgan muvashshah bitish an’anasi Muqimiy,
Furqat, Zavqiy,
Kamiy singari shoirlar ijodida, ayniqsa, alohida о‘rin tutgani
ma’lum. Shayxzoda bunga munosabat bildirib: “Lirikada
muvashshah janri
23
(Yevropa adabiyotlarida akrostix) о‘zbek adabiyotida, ayniqsa, XIX asrning II
yarmida kо‘p avj olib ketib, adabiyot ahli о‘rtasida rasm bо‘lib qolgan edi.
Hatto
shu darajadaki, shoirlik va nazmchilik hunari muvashshahchilikdagi
mahorat bilan о‘lchanadigan bо‘lib qolgan edi”
24
, - deb yozadi. Muvashshah-
g‘azallarda kishi ismi ikki xil usul bilan hosil qilinadi: 1) g‘azal baytlaridagi toq
misralarning
birinchi harflari olinadi; 2) g‘azaldagi qofiyadosh misralarning
birinchi harflari olinadi.
Muvashshahchilikda asosan, birinchi turdagi shakl
keng tarqalgan bо‘lib, Xislat ijodidagi muvashshahlar
ham ayni shu shakl
asosida qurilgan. Muvashshahda shoir kishi ismining kelib chiqishiga kо‘p
hollarda
ochiq
ishora
qilmaydi.
Ba’zi hollarda esa g‘azalning
muvashshahligiga dalolat qiladigan biror unsur keltiriladi. Buni Xislat
muvashshah-g‘azallaridan birining sо‘nggi baytida kо‘ramiz:
Nigorim
Dostları ilə paylaş: