O‘zbek filologiyasi fakulteti


“Qissai kurash az Xislat”



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/29
tarix16.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#156279
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
z.murodova

“Qissai kurash az Xislat” 
Eshiting, ey yoronlar, aytayin sо‘z, 
Kiribon yangi yil, chun bо‘ldi Navrо‘z. 
Qilay sar soli Toshkandin hikoyat, 
Qiziq bо‘ldi tamoshosi nihoyat. 
Kurash bо‘ldi kо‘ring dor-ul-omoni, 
Yig‘ilib keldilar kо‘b pahlavoni. 
Bо‘lub ulkanlara shul joyi manzur, 
“Qalandarxona” der olamg‘a mashhur. 
Edi ul bir ajoyib joyi oliy,
Malaxdek bordilar odam misoli. 
Eshiting bо‘lsangiz oqil sо‘zimni, 
Pusand etmas kishi kо‘rsa sо‘zimni. 
Bayon aylay siza Ahmad kuroshin, 
Qilur maydonda ul Rustam taloshin. 
Kurash olmoq uchun Ahmad u fursat, 
Turubon о‘rnidan Ahmad u zahot. 
Ulug‘lardan olib ruxsatni Ahmad, 
Ilohi yetmasun jonig‘a zahmat. 
* * * 
Biqinda bor edi Ahmad yarosi, 
Kо‘runmay kо‘ziga oqu qarosi. 


42 
Belini bog‘labon chun bordi maydon, 
Kо‘rub qaddini barcha bо‘ldi hayron. 
Xaloyiqlar berib fotiha ul dam, 
Xizr bо‘lsun debon san birla hamdam. 
Olibon barchadin xolis duoni, 
Faromush etmayin dildin Xudoni. 
Ki Xо‘ja pahlavon bо‘lub talabgor, 
Urubon lofini behuda bisyor. 
 Kelib ushladi Ahmadni beldin, 
Qilib zо‘r tebratolmadi yeridin. 
 Ki Xо‘ja pahlavon zо‘r qildi chandon, 
Ayog‘ini uzolmay bо‘ldi hayron. 
Yetibon oxiri Ahmadg‘a navbat, 
Ayog‘ini uzub yerdin u fursat. 
Kо‘torib о‘n minutda kо‘kragiga, 
Bosib о‘n bir qadamda qо‘ydi yerga. 
Dedi: “Ey pahlavon, mandin yiqilding, 
Erur shul pahlavonlig‘ sharti, bilding”. 
Ulug‘lar buyrug‘i ham ushbu erdi, 
Ayog‘i kim uzulsa, shul yiqildi. 
Xaloyiq qichqirib Ahmadni ul dam,
Berib, in’om behad qildi xurram. 
Berib ba’zisi tо‘n, ba’zisi chakmon, 
Xaloyiq qildilar in’om farovon. 
Dedim Ahmadg‘a man ming ofarinbod, 
Muningdek zо‘r bо‘lurmu ojamizod. 
Dedi Xislat о‘shal Ahmadg‘a rahmat,
Xudo bergan ekan bu zо‘ru quvvat.
She’rning bu matni A.Jalolov tomonidan nashrga tayyorlangan 
“G‘azallar” tо‘plamidagi matndan farq qiladi. Avvalambor, bu matndagi 


43 
baytlar soni 24 ta bо‘lgani holda, tо‘plamdagi baytlar soni 31 ta. Bundan 
tashqari, baytlar bayonida ham juda kо‘plab farqlar mavjud. Bizningcha, bu 
matn mazkur she’rning dastlabki nusxalaridan biri bо‘lsa kerak. 
Shuni ta’kidlash kerakki, Xislat Toshkentda haqiqatda bо‘lib о‘tgan 
voqeani qalamga oladi. Shu jihatdan Xislatning bu qissasi о‘ziga xos she’riy 
“reportaj”ga о‘xshab ketadi. О‘sha kurash voqeasining guvohi bо‘lgan Usta 
Usmonning eslashicha, о‘sha kuni bilet 10 tiyin о‘rniga 15 tiyin bо‘lgan. 
Kurashdan sо‘ng Ahmad polvon barcha sovg‘alarni tavoze bilan Xо‘ja 
polvonga taqdim etgan. Ahmad polvonning о‘sha paytlardagi shuhrati haqida 
kо‘plab maqolalar yozilgan. Shulardan birida quyidagi voqea hikoya qilinadi: 
“1895 yilning iyun oyi Turkiston general-gubernatorining taklifi bilan polvon 
Ripperning Peterburgdan Toshkentga kelishi haqidagi mish-mishlar chinga 
aylanadi. Kolizey sirkida Rippel bilan Ahmad polvonning kurashi haqidagi 
xabar bir zumda shaharga tarqaladi. Kolizey binosi liq tо‘lgan edi. 
Uzoq kutilgan kurash daqiqalari ham yetib keldi. Kurash maydonida 
dastlab Rippel kо‘rindi. Uni tо‘rt-besh kishi kuzatib chiqdi. Kolizey suv 
quygandek jimjit bо‘lib qoldi.
Ustiga yengil chopon, beliga belbog‘ bog‘lagan oyoq yalang Ahmad 
polvon kо‘rindi. Ikki polvonni maydonda kо‘rib turgan tomoshabinlarning 
tarvuzi qо‘ltig‘idan tushayozdi. Chunki Rippel gavdada Ahmad polvondandan 
ikki baravar katta edi.
Ahmad polvon raqibiga nisbatan xipcha, bо‘yi novcharoq, qomati 
kelishgan edi. Rippel Ahmad polvonni ushlaboq kо‘tarib yerga uraman deb 
mо‘ljallagan shekilli, belbog‘idan ushlab kо‘tarmoqchi bо‘ldi. Biroq Ahmad 
polvonni qimirlata olmadi, kurash sirlarini yaxshi bilgan Ahmad polvon 
Rippelni bir harakatdayoq dast kо‘tarib yerga urdi. Rippel anchagacha о‘rnidan 
turolmay qoldi”.
Usta Usmonning xotirlashicha, о‘shanda Rippel о‘rnidan bir amallab 
turgach, chinqirgancha: “San itvachchani peshanangdan otaman!” – deya 
sо‘kinib, tо‘pponchasi olib chiqish uchun ichkariga yelib kirib ketganda


44 
Ahmad polvonning qadrdonlari uni maydondan olib chiqib, zudlik bilan 
izvoshda eski shaharga jо‘nab ketishgan ekan.
Xislat Ahmad polvon qissasini yozar ekan, kо‘p о‘rinlarda u bilan 
xaloyiq о‘rtasidagi munosabat tasviriga e’tibor qaratadi. Bu bilan u xalq 
kо‘nglidagi g‘oliblikka, qolaversa, ozodlikka mushtoqlikni ifodalashga 
musharraf bо‘ladi. Ayni shu jihatdan “Ahmad polvon qissasi” Xislat ijodiy 
merosida alohida о‘rin tutadi.
Har qanday adibu shoir ijodida davr voqealari, xususan, о‘z shaxsiy 
hayotida rо‘y bergan hodisalar, quvonchli va qayg‘uli voqealarning aks etishi 
tabiiy. О‘sha davr ijodkorlarining aksariyatida kuzatish mumkin bо‘lgan 
hodisalardan yana biri bu – yaqin kishilarning vafoti munosabati bilan yozilgan 
marsiyalardir.
Xislat ijodida ham xuddi shunday bir necha marsiya bor. Ulardan biri 
muxammas janrida she’r bо‘lib, yetti banddan iborat. U quyidagi bayt bilan 
boshlanadi: 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin