Dilimning orzu-yu muddaosi,
Edi doim bu “Turkiston sadosi”.
Hazoron shukrkim, chiqdi quyoshdek,
Jahonni aylabon ravshan ziyosi.
Muning nashriga qilsam etgay,
Nisori molimu jonim fidosi.
Yozilg‘on sо‘zlari har qaysi durdin,
Ziyodlik aylagay duru bahosi...
Afsuski, 1917 yildan keyin Xislat avvalgidek о‘lmas mavzularda zavq-
shavq bilan ijod qila olmadi. Shunga qaramay, “Qissai Barzuyi sher”
(Firdavsiy), “Mushuk ila sichqon” (Ubayd Zokoniy) asarlarining Xislat
tarjimasida nashr etilganini keyingi asarning esa 40-yillarga qadar о‘n yil
davomida о‘rta maktab adabiyot majmualarida e’lon qilib kelingani alohida
ta’kidlash zarur. Xislatning bu asarlardan tashqari, Nizomiyning “Layli va
11
Majnun” dostonini nasriy, “Non va halvo” arab va fors hikoyalari tо‘plamini esa
she’riy yо‘l bilan tarjima qilganligi ma’lum.
Xislat hassos lirik shoir bо‘lish bilan birga hajviy she’rlar ham yozgan.
Uning bunday she’rlari 1922 yildan boshlab “Mushtum” jurnalida “Quyon” va
“Pashmak” imzolari bilan chop etila boshlangan. Bu Xislat va u mansub bо‘lgan
adabiy muhit vakillariga xos bо‘lgan ijodiy jihat bо‘lib, buni deyarli barcha
adiblar ijodida kо‘ramiz.
Shunday boy bilimga ega bо‘lgan, g‘azallari о‘zbek xalqining og‘zidan
tushmagan, о‘z asarlari va tarjimalari bilan yosh avlodni sharqona axloq va
odob ruhida tarbiyalashga intilgan shoir hatto el-yurt о‘rtasida shuhrat qozongan
yillarida ham och-yalong‘och qolib, bola-chaqasini boqish uchun durudgorlik
ishlari bilan shug‘ullanishga majbur bо‘ldi. 1927 yildan boshlab tо‘rt yil
“Selmash” zavodi qurilishida, tо‘rt yil yog‘och ishlovchilar zavodida, uch yil
poyafzal fabrikasi qurilishida duradgor usta bо‘lib xizmat qildi. Holbuki, u shu
yillarda ham jadid adabiyotining vakili sifatida yoshlarni о‘qishga, zamon bilan
barobar odim otishga da’vat etuvchi she’rlari bilan xalqi va vataniga astoydil
xizmat qilayotgan shoir edi:
О‘qing, farzandi zebosiz, zamon sizlarga xо‘b boqdi,
Bо‘ling alloma odam siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
О‘tibdur keksalar umri base kulfat, nadomatda,
Oling ibrat bu ishdan siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Ochildi qanchalar dorulfununu texnikum, maktab,
Qiling jahdu jadallar siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Zamon Aflotuni tengsiz muallimlar bо‘lub rahbar,
Qо‘ying ixlos alarga siz, zamon sizlarga xо‘b boqdi.
Har qanday xalq va mamlakatning kelajagi yoshlar qо‘lida ekanini yaxshi
bilgan shoir ularning ma’naviy barkamol, zamonaviy ilm-fan va texnikani
mukammal egallagan kishilar bо‘lib ulg‘ayishlarini orzu qilgan edi.
О‘zbek adabiyoti tarixida bir xil taxallusda ijod qilgan shoirlar oz emas.
Bu
hol
о‘sha
ijodkorlar
biografiyasini
о‘rganishda
muayyan
12
tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Xislat va uning
taxallusdoshlari faoliyatini о‘rganish ana shu jihatdan ahamiyatlidir. Ilmda
turkiy xalqlar adabiyotida Xislat taxallusli ikki ijodkor yashab о‘tgani e’tirof
etiladi. Bu haqda taniqli adabiyotshunos olim Pо‘latjon domulla Qayyumovning
“Tazkirai Qayyumiy” asaridir
3
. Ular haqida muallif shunday ma’lumot beradi:
Xislat – bu shoir asli uyg‘urlardan bо‘lib, Qashqar shaharidandur.
Hо‘qand shahariga 19 nchi asr boshlarida kelib tо‘xtab Qatag‘on dahasi bog‘-
joy etib mutavattan bо‘lib qolmishdir. Bu kishi tо‘g‘risida Fazliy tubandagicha
masnaviy aytadur. Nomi tо‘g‘risida biror sо‘z yо‘q. Masnaviy budur:
Erur Xislat ul Qashg‘ar shoiri,
Ki tо‘ti bilan bulbulning uldur biri
Kо‘ngil rishtasin Qoshg‘ardin uzub,
Bu Hо‘qand aro istiqomat tuzub.
Erur bu g‘azal u xirad peshadin,
Farah topdi Fazliy bu andishadin.
Shundan sо‘ng muallif besh baytdan iborat “о‘ynamoq” radifli g‘azalni
keltiradi.
Tazkirada nomi qayd etilgan Xislat taxallusli ikkinchi ijodkor biz
о‘rganayotgan toshkentlik shoir Sayyid Haybatullaxо‘ja Xislatdir. Tazkirada bu
shoir haqida ancha keng ma’lumot berilganiga qaramasdan ba’zi e’tirozli
о‘rinlar mavjud. Masalan, muallif Xislatni “1882 nchi yilda tug‘ilmishdur”, -
deydi. Xuddi shu kabi san’atshunos Muzaffar Asadullayev tomonidan nashrga
tayyorlangan va Xislatning lirik merosi hamda u haqidagi bir qator maqolalar
о‘rin olgan “Tarannum” nomli kitobida ham shoirning tug‘ilgan yilini 1882 yil
deb kо‘rsatadi.
Lekin, bizningcha, bu tо‘g‘ri emas. Negaki shoir ijodi tо‘g‘risida jiddiy
tadqiqot ishlarini olib borgan, hatto о‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida bu
mavzuda keng о‘rin ajratgan, qolaversa, Xislat ijodi haqida “Ozodlikni
3
Pо‘lotjon Domullo Qayyumov. Tazkirai Qayyumiy.
– T.: О‘zR FA Qо‘lyozmalar instituti nashriyoti, 1998. II
jild. – B. 289, 448-450.
13
ulug‘lab” nomli risola e’lon qilgan taniqli olim Abdulhamid Jalolov shoirning
tug‘ilgan yilini “1880 yil” deb kо‘rsatadi. Xuddi shunday milliy uyg‘onish davri
adabiyotining zabardast tadqiqotchilari professorlar Naim Karimov va Begali
Qosimovlar ham Xislatning tavallud sanasini “1880 yil” deb qayd etishadi.
Hatto shoirning zamondoshi Mо‘minjon Toshqin ham о‘z tazkirasi “Toshkent
shoirlarining tarjimai hollari”da Xislatning tug‘ilgan yilini “1880 yil” ekanligini
qayd etadi. Shulardan xulosa qilish mumkinki, Xislat 1880 yilda tavallud
topgan.
Bundan tashqari, Qayyumiy о‘z tazkirasida “Tuhfai Xislat”ni tushirib
qoldirgan holda Xislat bayozlarining sonini uchta deb kо‘rsatadi.
|