O‘zbek filologiyasi fakulteti


Xislatning noshirlik, tarjimonlik va xattotlik



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix16.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#156279
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
z.murodova

1.3. Xislatning noshirlik, tarjimonlik va xattotlik
faoliyati 
Xislat serqirra ijodkor. U badiiy ijod bilan birga kо‘pgina ma’naviy-
ma’rifiy ishlarda faollik kо‘rsatdi, ba’zilarining boshida turdi. Shulardin biri 
uning noshirlik faoliyatidir.
Ma’lumki, mumtoz she’riyatimizning asosiy manbalari devon, tazkira va 
bayozlar bо‘lib hisoblanadi. Lekin bayoz XIX asr oxiri – XX asr boshlari 
о‘zbek she’riyati uchun birlamchi manbaga aylandi. Ayniqsa, Toshkent adabiy 
muhitida bayozchilik ancha taraqqiy etdi. Ular goh bayoznavisning tab’i nazmi, 
goh talabalar ehtiyoji, gohida esa buyurtmachi-homiyning talablari asosida 
tuzilgan. Bunday majmualarga ehtiyoj oshib borgani uchun matbaachilik paydo 
bо‘lganidan keyin chop etilgan kitoblarning aksariyatini bayozlar tashkil qildi. 
Shoir Xislatning she’rlari ham mana shunday bayozlarda saqlanib qoldi. 
Ta’kidlash lozimki, avvalo, Xislatning о‘zi bayoznavis shoir edi
9
.
Komil Xorazmiy, Karimbek Kamiy, Mulla Bolta Niyoz Nadimiy, 
Muhamad Yoqub devon, Muhammad Yusuf Chokar, Muhsiniy, Mirzo, Xodim 
kabi shoir-bayoznavislar о‘z ijodlarini, shuningdek, о‘tmish hamda zamondosh 
shoirlarning ijod namunalarini qо‘lyozma bayozlar orqali targ‘ib qilgan 
bо‘lsalar, shoir Xislat о‘zining gо‘zal lirik she’rlarini ma’rifatga tashviq 
qiluvchi asarlarini о‘ziga zamondosh shoirlar ash’orini hamda fors-tojik va ozar 
klassik adabiyoti zabardast namoyandalarining yetuk asarlarini toshbosma 
usulida keng xalq ommasiga tashviq qilgan usta bayoznavis shoirlardan biridir. 
Xislatning XIX asrning II yarmi XX asr boshlarida ijod qilgan shoirlarning lirik 
she’rlaridan tartib berib tuzgan bayozlari о‘zbek adabiyoti tarixining eng boy va 
nodir namunasi hisoblanadi.
Xislat juda tashabbuskor va jasoratli shoir edi. U klassik va о‘ziga 
zamondosh shoirlardan bir qanchasining she’rlaridan eng yaxshilarini saralab 
olib bayozlar tuzdi. “Armug‘oni Xislat”, “Savg‘oti Xislat”, “Tuhfai Xislat”, 
“Hadyai Xislat” bayozlari shular jumlasidandir. Bu haqda shoirning о‘zi 
9
Qarang: Hamidova M. Qо‘lyozma bayozlar - adabiy manba. 99-106-b. 


19 
shunday deydi: “...mening adabiy xizmatlarim ichida bayoz chiqarganligim juda 
katta ishdir. Men “Tuhfai Xislat”, “Hadyai Xislat”, “Savg‘oti Xislat”, 
“Armug‘oni Xislat” nomli tо‘rt bayoz chiqarganman. Bu tо‘rt bayozning ichida 
86 ta о‘zbek shoirining 230 ta eng gо‘zal, ajoyib she’rlari tо‘plangan”
10
Xislat 
bayozlari haqida shoir Kotib shunday degan edi: 
Har chamandin bir gul aylab intixob, 
Jam qildi nusxani Xislat janob.
Xislat birinchi tо‘plami – bayozi
 
“Hadyai Xislat”ni 1910 yilda 
Toshkentda G.Y.Yakovlev litografiyasida tartib berib chop ettirdi. Bayozdan 
Kamiy, Mavlono Vasliy Samarqandiy, Asiriy Xо‘jandiy, G‘urbatiy, Xislat kabi 
bir qancha shoirlarning g‘azal muxammas, muvashshah hamda о‘zaro bir-
birlarining she’rlariga bitgan naziralari keng о‘rin olgan. Bayoz Xislatning 
masnaviy janrida yozilgan quyidagi muqaddimasi bilan boshlanadi: 
Aytay arzim eshiting ahli donish,
Ki о‘tkuzdim bekor kо‘b yoz ila qish, 
Tafakkur birla kо‘b andisha qildim, 
О‘zumg‘a ushbu ishni pesha qildim. 
Qо‘lumg‘a ul zamon oldim ki xoma, 
Dedim qolsun, jahonda yodnoma. 
G‘azal birla muxammaslarni yozdim, 
Qо‘lumda igna gо‘yo chohni qozdim. 
Borin jam aylabon bas, ey nekuzot, 
Ki qо‘ydum “Hadyai Xislat” munga ot.
Bu bayozning
 
о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unga asosan, 
Xislatga zamondosh shoirlarning she’rlari kiritilgan.
Xislat 1912 yilda о‘z davrining mashhur hofizi Mulla Tо‘ychi 
Toshmuhammayedovga bag‘ishlangan she’riy tо‘plam – “Armug‘oni Xislat” 
bayozini chop ettiradi. 
10
Mо‘minjon Muhammadjonovning shaxsiy arxivi, shoir Xislat haqidagi esdaliklaridan. 


20 
Bayozni kotib Sirojiddin maxdum Xandaqliqiy (shoir Shavkat) nozik va 
gо‘zal xat bilan kо‘chiradi. 
Bayozdan Firdavsiy, Navoiy, Lutfiy, Munis, Muqimiy, Sayidahmad 
Vasliy, Noqis, Miskin, Xislat, Shavkat, Zavqiy, Asiriy, Hoziq, Islom shoir kabi 
30 dan ortiq shoirlarning “Savti dugoh”, “Dugohi Husayniy”, “Ushshoq”, 
“Chorgoh”, “Taronai bayot”, “Savti navo” maqomi kuyiga solib, Tо‘ychi Hofiz 
tomonidan qо‘shiq qilib aytiladigan g‘azal va muxammaslari о‘rin olgan, ya’ni 
hofiz repertuaridagi qо‘shiqlar matni. XX asr boshlarida tuzilgan mashhur 
bayozlardan biri. Bayozning muhim xususiyati shundaki, har bir she’rni 
Tо‘ychi Hofiz qaysi maqomda aytgan bо‘lsa, shu maqomning nomi she’r ustiga 
yozib qо‘yilgan. Mazkur bayoz shoir Xislatning О‘rta Osiyoda ma’lum va 
mashhur bо‘lgan Tо‘ychi Hofiz bilan yaqin ijodiy aloqada bо‘lib turganligidan 
dalolat beradi. 
Mulla Tо‘ychi hofiz tashabbusi bilan shoir Xislat tuzib, savti va 
maqomlari nomini yozib, tartib bilan tayyorlagan. Xislat Tо‘ychi Hofizning 
ashula qilib aytib yurgan she’rlarini kitob qilib bostirish niyatida ekanini aytadi: 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin