23
Xislat 1912-1914 yillarda о‘z g‘azallarini saralab, boshqa shoirlarning
she’rlari bilan birga “Tuhfai Xislat” va “Savg‘oti Xislat” bayozlarini ham chop
ettirdi. Xislat tarjimonlik
faoliyatini davom ettirib, qadimiy fors qahramonlik
eposi “Dostoni Barzui sher”ni о‘zbek tiliga tarjima qilib, 1911 yilda Toshkentda
O.A.Porsev bosmaxonasida chop ettirdi. Xislat katta-katta epik asarlar bilan bir
qatorda g‘azal va muxammaslarni ham о‘zbek tiliga tarjima qildi. Masalan, u
о‘z dо‘sti Shavkatning “Savti Hо‘qandcha xonish muxammasi Shavkat
Iskandariy bar g‘azali Ahmad” nomli she’rini о‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Shavkatda:
Ey nigorim, in chi savdo kardai?
Mehri xudro dar delam jo kardai.
Xonai delro musaffo kardai,
To jamoli xeshro paydo kardai.
Oshiqonro mastu shaydo kardai.
Xislatda:
Ey nigorim, bu na savdo aylading,
Mehri ishqing jon aro jo aylading,
Xonai dilni musaffo aylading,
О‘z jamolingni chu paydo aylading,
Ishq elini mastu shaydo aylading.
Xislat bunday asarlarni tarjima qilayotganda she’rning uslubi, vazni,
mazmun va g‘oyasini tо‘liq saqlashga harakat qilgan.
Xislat juda nafis xattot ham edi. 1906-1914
yillarda chiqqan bir necha
bayozlarga kotiblik ham qilgan. 1911 yilda nashr etilgan “Bayozi yangi” shular
jumlasidandir. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan
ma’rifatparvar Umar Boqiy buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Farhod va
Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarini nasrga aylantirib, ommabop usulda
qayta ishlab chiqadi. Umar Boqiy xalqning Navoiy ijodiga bо‘lgan
katta
qiziqishini nazarda tutib shunday xayrli ishni amalga oshirgan bо‘lsa, noshir va
ma’rifatparvar Xislat о‘z navbatida Umar Boqiyning bu asarlarini nashrga
24
tayyorlab chop ettirib, xalqni undan bahramand etishda faollik kо‘rsatadi. Bu
asar 1906 yilda Toshkentda Porsev bosmaxonasida
katta nusxada nashr
ettiriladi. Xislatning dо‘sti Shavkat Iskandariy asarning syujetidan kelib chiqib
chizgan 13 ta miniatyurasi ham kitob sahifalaridan о‘rin olgan.
Xislat Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonini ham xuddi shu
tarzda nashrga tayyorlab chop ettirdi. Bu asarga ham shoir va musavvir Shavkat
Iskandariy uning g‘oyaviy mazmunidan kelib chiqib 11
ta ajoyib miniatyura
chizgan.
Xislat о‘zining “Armug‘oni Xislat” bayozida ham Alisher Navoiyning
asarlarini katta qiyinchilik bilan chop ettirganligi haqida yozadi:
Dostları ilə paylaş: