21
shoirning 118 she’ri bor bо‘lib, bularning hammasi Tо‘ychi
Hofiz tomonidan
ashula qilinadi. Bu she’rlarning hammasi ustiga chorgoh kuyidami, ushshoq
kuyidami – qaysi kuyda ashula qilinishi ham yozib qо‘yilgan. Bu 118 ta
ashuldan 48 tasi mening о‘z she’rimdir”.
Tarixda juda kо‘p bayozlar tuzilgan va chop ettirilgan.
Ammo mumtoz
shoirlarning she’rlariga hofizlar tomonidan aytiladigan ashulalarni hech kim
tо‘plab, qaysi usulda aytilishini yozib chop ettirmagan edi.
Bu xayrli ishni
Xislat bajardi. Shoir bu kitobiga kirgan g‘azallarning yangi, original ekanligini
alohida uqtirib о‘tadi: ...kamina bu javobi mushkini xitobdin xushnud bо‘lib bu
bayozni tartib va tazyinig‘a kо‘shish qilib “Armug‘oni Xislat” oti birla atab va
har g‘azalni savtu maqomu ohangining tо‘fasiga yozib, elning kо‘ziga muhallo
qilib, jilvagar qildim. Yana ma’lum bо‘lg‘ayki, bayoz necha martaba choplar
bо‘ldi, ammo ushbu “Armug‘oni Xislat”da ul chop bо‘lmish bayozlardagi
kо‘hna va eski eshitilg‘on g‘azallardin yо‘qdur va muning hamma g‘azallari
eshitilmag‘on va kо‘rmag‘on g‘azallardir.
“Armug‘oni Xislat” bayozining Tо‘ychi hofizga bag‘ishlanganligining
sabablari bor edi:
birinchidan, u о‘z davrining mashhur xonanda
san’atkorlaridan bо‘lsa,
ikkinchidan, adabiyot-she’riyatni jon-dildan sevgan,
hurmat qilgan,
uchinchidan, mulla Tо‘ychi Toshmuhammedov “Armug‘oni
Xislat” bayozining chop etilishi xarajatlarini zimmasiga olgan edi.
Tо‘ychi hofiz bilan shoir Xislat juda yaqin munosabatda bо‘lishgan. Shoir
bayoz debochasida xalq bulbuli nomini olgan Hofizni ehtirom bilan tilga oladi.
Uning shirinsuxanligi, xalq hurmatiga sazovor bо‘lganligi,
fikrining teranligi,
о‘ta kamtarinligi, ovozining yoqimliligi tо‘g‘risida hayajonlanib sо‘zlaydi:
Bu kun sizlarga arbobi farosat,
Qilay men Tо‘ychixondin hikoyat.
Nihoyatda о‘zi dildoru dilkash,
Muhayyo suhbatida necha mahvash...
Bu yanglig‘ bо‘lsa, ham yо‘qtur binosi,
Anga birdek jahon shohu gadosi
22
Aning-chun shuhrati olamni tutgan,
Demay olam falak toqidin о‘tgan.
Bayozning 239-sahifasidan Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedovning surati
berilgan va bu suratning yuqori qismida Shavkat
Iskandariyning forscha fardi,
quyiroqda esa uning tarjimasi berilgan:
Bu surat Mulla Tо‘ychi suratidur,
Tamom olamni tutgan shuhratidur.
Bayozning chop etilishi munosabati bilan Mirmuhsin Shermuhammedov
tomonidan yozilgan “Tavsifi Xislat eshon” she’ri shoir ijodining zamondoshlari
tomonidan qadrlanganini kо‘rsatadi:
Aylab tarahhum elg‘a qildi nishon Xislat,
Shod ayladi borimiz ul “Armug‘oni Xislat”...
Dostları ilə paylaş: