25
Haybatulloxо‘ja – Xislatlar doim Muqimiy yonida edilar”
14
. Xislat hayoti
haqidagi ma’lumotlar о‘z davri tazkiralari bilan bir qatorda zamondosh shoirlar
ijodidagi she’riy parchalarda ham aks etgan. Xususan, pskentlik shoir Dilafgor
Xislatga yо‘llagan she’riy maktubida shoirdan Toshkentdagi
bir qator taniqli
shoir, adib, xattotu noshir zamondoshlari – yoru birodarlariga salom
yetkazishini sо‘raydi:
Xislato, majmu’i yoru oshnolarni sо‘rang,
Kо‘z tanish xurdu kalon aqli salolarni sо‘rang
15
.
Xislat shoir sifatida tanilganidan sо‘ng Toshxо‘ja Asiriy, Kamiy,
Muhayyir, Oraziy, Shavkat Iskandariy, Miskin kabi shoirlar bilan yaqin ijodiy
aloqada bо‘ldi. Ular bilan umrbod dо‘st tutindi. Xislat bu shoirlar bilan juda
kо‘p
adabiy majlislarda, qizg‘in mushoira va suhbatlarda bо‘ldi. Qо‘qonga,
Xо‘jandga, Andijonga shoir dо‘stlari oldiga tez-tez borib turdi.
Xislat she’riyat ahllari bilan kо‘risha olmagan kezlarida she’riy
maktublar yozib, ularning ahvollarini sо‘ragan, ijodda shoir dо‘stlariga
muvaffaqiyatlar tilagan, о‘z о‘rnida ular ham Xislatga she’riy maktublar yozib
turishgan. Xо‘jandlik Toshxо‘ja Asiriyning Xislatga yozgan 32 misrali she’riy
maktubi fikrimizning dalilidir.
Xislato, majmu’i yoru oshnolarni sо‘rang,
Barchag‘a bizdan duo ayting og‘olarni sо‘rang.
Bizdan aylang zumrai ahboba tavzi’i salom,
Loyiqi vasfi sazovori sanolarni sо‘rang.
Bundan tashqari, zamondosh shoirlar Xoib(bir g‘azal, bir muxammas),
Zululiy Namangoniy (g‘azal), Pirimqori Andijoniy (g‘azal) Xislatga she’riy
maktublar yо‘llaydiki, bu uning о‘sha davr ijodkorlari bilan yaqindan aloqada
bо‘lganligining yaqqol dalilidir
16
.
Xislat ijodining yuksalishida katta ta’sir kо‘rsatgan
manbalardan biri
Sharq mumtoz she’riyati va shoir bilan bir davrda yashab ijod etgan adiblar edi.
14
Abdulla S. Asarlar. 3-tom, – B. 416.
15
Xislat. Tarannum. – T.: “MERIUS”, 2009. –B. 152.
16
Xislat. Tarannum. – T.: “MERIUS”, 2009. –B. 151-159.
26
Yosh shoir mumtoz adiblarni о‘qish bilan birga ularning ba’zilariga ajoyib
о‘xshatma va naziralar yozdi, muxammaslar bog‘ladi. Ayniqsa, zamondoshlari
Muqimiy, Zavqiy, Muhayyir, Furqat ijodi bilan qiziqdi va yaqindan tanishdi.
Muqimiy, Furqat ijodiga hurmat sifatida о‘zi tuzgan tо‘rt
bayozga ularning
asarlaridan kо‘plab namunalar kiritdi.
Xislat Muqimiydan she’riyatning qonun-qoidalarini о‘rganadi. Yosh shoir
ustozning she’rlariga ba’i о‘rinda nazira, ba’zi о‘rinda о‘xshatma yozadi, ba’zi
о‘rinda muxammaslar bog‘ladi.
Biror g‘azalga muxammas bog‘lagan shoir о‘sha she’rda ifodalangan
fikrni kengaytirishi va tо‘ldirishi kerak. Yana shu bilan birga о‘sha g‘azal
muallifining uslubini (mazmun, shakl) saqlashi kerak.
Muxammasning oldingi uch misrasi g‘azalning bayti bilan chambarchas
bog‘lanishi, she’rda ikkala muallifning uslubi farq qilmasligi kerak. Xislat
she’riyatdagi bu majburiyat va qonuniyatni juda yaxshi bilgan, shuning uchun
ham u mumtoz shoirlarning g‘azallariga muxammaslar bog‘lar ekan,
avval
ularning asarlarini yaxshilab mutolaa qilgan, uslubini о‘rgangan. Xislatning
Muqimiy g‘azallariga bog‘lagan muxammaslari
shu darajada hamohangki,
chetdan qaraganda ularni bir-biridan farqlash qiyin.
Shoir ustoz g‘azallariga muxammas bog‘lashda g‘azalning tashqi
tuzilishiga (shakl, qofiya) emas, balki she’rning ruhiga, g‘oyasiga, unda
tasvirlangan obrazning ma’naviy mazmuniga katta e’tibor berdi.
Dostları ilə paylaş: