53
E’tibor qilinsa, g‘azal matla’si Bobur ta’kidlaganidek, musajja’ emas. Bu
holni shoirning “qaylarda qolding kechqurun” radifli g‘azalida ham kо‘rishimiz
mumkin.
Ushbu g‘azallarda qо‘llangan musajja’ usuli
ularning ohangdorligini
g‘oyatda kuchaytirib, unga ayricha joziba va latofat bag‘ishlagan.
Xislat ijodida 5 baytdan 11 baytgacha bо‘lgan g‘azallar mavjud bо‘lib,
ulardan о‘n sakkiztasi 7 baytli, sakkiztasi 8 baytli, tо‘qqiztasi 9 baytli.
Qolganlari esa turli hajmda.
Xislat
muxammas
janrida ham barakali ijod qildi.
Umuman mumtoz
she’riyatda musammat turkumiga kiruvchi lirik janrlar orasida muxammaslar
nisbatan kо‘proq yaratiladi. Alisher Navoiy masnaviyni “maydoni vase’”, ya’ni
keng maydon degan bо‘lsa, XIX asr II yarmi – XX
asr boshlaridagi adabiyot
uchun muxammas shunday janrga aylandi. Xislat muxammaslari tahlili ham bu
fikrni tasdiqlaydi.
Hozircha bizga shoirning о‘n ikkita muxammasi ma’lum. Ularning
beshtasi muallifning о‘z ijod namunasi, yettitasi esa, haziniy, Huvaydo, Furqat,
Muqimiy (uchta muxammas), Shavkat g‘azallariga bog‘langan taxmislardir.
“Odatda biror shoir tomonidan о‘zga bir shoir g‘azaliga bog‘langan
muxammas shu muxammas bog‘lovchining original asari sifatida qaraladi”
29
.
Xislat taxmis uchun ustoz va zamondosh shoirlarining mashhur g‘azallarni
tanlar ekan, avvalo, ularning badiiyatini, poetik gо‘zallikni chuqur his qiladi va
uni davom ettirishga harakat qiladi. Zero,“taxmisni shoir о‘zga shoirlar
ijodidagi biror g‘azaldan ta’sirlanish natijasida yaratadi va muxammasda о‘sha
g‘azaldagi
fikr rivojlantiriladi, о‘z davri yoki sharoitiga moslashtiriladi.
Taxmisda har bir banddagi dastlabki uch misra muxammas bog‘lovchi shoirga
taalluqli bо‘lsa, keyingi ikki misra g‘azal egasiga taalluqlidir”
30
. Lekin
bog‘lanayotgan muxammas faqat g‘azaldagi fikrni rivojlantirish bilangina
cheklanmay,
badiiy
jihatdan
muxammas
bog‘lanayotgan g‘azaldan
29
Abdug‘afurov A. Yali-yali kimniki // O‘zbek tili va adabiyoti 1963, 1-son. – B. 66-67.
30
Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha lug‘ati. –T.: 1983, – B.
207.
54
qolishmasligi kerak.
Ma’lumki, muxammas bog‘lash shoirdan katta
mahorat talab qiladigan
ijodiy an’ana. Bunda shoir taxmis uchun asos bо‘lgan she’rning tub mohiyatini
chuqur anglab yetishi, mazmuniy butunlikni saqlashi, baytlarga qо‘shilgan
uchliklarni shu bayt va g‘azal mazmuni bilan uyg‘unlashtirishi,
baytlarda
qо‘llangan badiiy vositalarni takrorlamasligi, unda yangi timsollar va badiiy
tasvir vositalarini qо‘llashi, umuman, taxmis bog‘lanayotgan g‘azal
darajasida
yangi asar bitishi talab qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Xislatning
ustozi Muqimiy g‘azallariga bog‘lagan muxammaslari yuqoridagi talablarga
tо‘liq javob beradi.
Xususan, Xislatning Muqimiy qalamiga mansub (Furqatning
xorijga
ketishi munosabati bilan yozilgan) mashhur g‘azallardan biriga bog‘langan
taxmisi bu fikrni tasdiqlaydi:
Parioso kо‘runmay о‘zni pinhon aylading ketding,
Mani devonadek besabru somon aylading ketding,
Misli andalib hajringda nolon aylading ketding,
Kо‘ngulni g‘uncha yanglig‘ tah-batah qon aylading ketding,
Xaloyiq ichra mayusu parishon aylading ketding.
Yoki Furqat g‘azaliga bog‘langan muxammasi birinchi band:
Solsa kokil uyolib turoringiz chiroylik,
Yuz jilva noz birlan kuloringiz chiroylik,
Bir-bir bosib burolib yuroringiz chiroylik,
Huru pari yuzidin ruxsoringiz chiroylik,
Jannatni gullaridin gulzoringiz chiroylik
Shoirning mazkur muxammaslari nihoyatda sodda, ravon, xalqona
uslubda yozilgan. Bundan tashqari, Xislat tomonidan qо‘shilgan misralar g‘azal
baytlari bilan nihoyatda uyg‘un.
Xislat ijodida yetakchi janrlardan yana biri
Dostları ilə paylaş: