50
Shoirning “G‘am boridin bо‘ldi mani qaddim duto qandoq qilay” misrasi
bilan boshlanuvchi g‘azali xususida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin.
Bizningcha, G‘ulomxon ismiga muvashshah qilingan bu g‘azal Xislatning
zamondoshi “G‘ulomiya” matbaasining egasi G‘ulomhasan
Orifjonov ismiga
bog‘langan. Negaki, nihoyatda ma’rifatparvar bо‘lgan bu zotning ismi о‘sha
davrda ijod qilgan shoirlar Kamiy, Miskin, Sidqiy Xondayliqiy,
Yusuf
Saryomiy va boshqa bir qator shoirlarning turli janrlardagi she’rlarida
muvashshah qilingan.
Muvashshahlar, asosan, sof ishqiy mavzuga bag‘ishlanadi. Garchi ularda
ma’shuqaning ta’rifu tavsifi, oshiqning zabun holi kabi motivlar yetakchilik
qilsa ham, aksar hollarda muvashshahlarda ayollar ismi emas,
erkaklar nomi
yashiringan bо‘ladi. Xо‘sh, unda muvashshahdagi kishi ismi bilan unda
kuylangan ishqiy mazmunning qanday aloqasi bor? Bizningcha,
bu borada
Maqsud Shayxzoda bildirgan fikr juda о‘rinli: “...muvashshah kimning nomiga
bog‘langan bо‘lsa, о‘sha g‘azalda ta’riflangan obraz ham aynan mazkur
kishining о‘zidir, deb о‘ylash xatodir. Muvashshahdagi ism bu g‘azalning
kimga bag‘ishlanganiga dalolat qiladi, xolos.
Asarda tasvirlangan yor bus-
butun boshqa bir kishi bо‘lishi mumkin”
25
.
Darhaqiqat, muvashshahlarning mazmuniga e’tibor qilsak, yuqoridagi
fikrning tо‘g‘riligiga amin bо‘lamiz. Masalan, “Asilbek” ismiga muvashshah-
g‘azalda:
Labingni rashkidin la’li Badaxshon,
Qizildur botmish ul gо‘yoki qona.
Yoki
“Komilxon” ismiga bog‘langan muvashshah-g‘azalda:
О‘zi dilkash, sо‘zi shirin ajab ozoda bir tannoz,
Qorong‘uni qilur ravshan, yuzi chun mohi tobondur.
kabi baytlar keladi. Tabiiyki, baytlarda ma’shuqa tasviri haqida gap boryapti.
She’r mazmunining Asilbek yoki Komilxonga aloqasi yо‘q.
25
Shayxzoda M. Asarlar. Olti tomlik. Beshinchi tom. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973. – B. 92.
51
Xislat
muvashshahlari
“Ahmadjon”, “Abdullaxon”, “Ishoqxon”,
“G‘ulomxon”,
“Hamdamxon”,
“Asilbek”,
“Sultonxon”,
“Umarxon”,
“Yusufxon”, “Xoji Muhammadxon”, “Komilxon”, “Oxundjon”, “Sultonxon”,
“Hamdamxon”,
“Rahimxon”,
“Asqarxon”,
“Alixon”,
“Yusufxon”,
“Muayyanxon” singari zamondoshlari nomiga bitilgan.
Nomlari zikr etilgan
kishilarning ismiga Xislat mansub bо‘lgan adabiy muhit vakillari ijodida ham
bir qator muvashshahlar bitilgan. Xususan, Kamiyning Xolmuhammadxon,
Alixon,
Mirzo Shoshiyning Alixon, Miskinning Yusufxon, Alixon kabilarning
nomiga bog‘lagan muvashshahlari
bunga misoldir
26
. Bu hol ismlari
muvashshah qilingan kishilarning va uning ijodiy davrasi uchun yaqin shaxslar
bо‘lgani haqidagi xulosaga olib keladi
27
.
Miskin nazmiy merosida
Dostları ilə paylaş: