56
singdirilishi hisobga olinsa, uning janr emas, balki badiiy san’at ekanligi
oydinlashadi.
Ma’lumki, sо‘nggi baytda yashiringan sanani topish uchun shoir biror
harf, sо‘z yoki jumlaga ishora qiladi. Bu ta’rix moddasi (moddayi ta’rix) deb
nomlanadi.
Ta’rixnavislik barcha davrlarda bо‘lgan. Biroq XIX asr oxiri – XX asr
boshlari
о‘zbek adabiyotida yangi bosqichda rivojlandi. Muqimiy,
Sulaymonqul Rojiy, Mavlaviy Yо‘ldosh, Kamiy, Yusuf Saryomiy, Miskin,
Sidqiy kabi shoirlar qalamiga mansub ta’rixlar bu fikrni tasdiqlaydi. Davr
voqeliklarini yoritishda Xislat ham о‘z ijodida ta’rix san’atidan mohirona
foydalangan. Xususan, shoirning о‘z tomonidan “Armug‘oni Xislat” bayozi
chop etilishi munosabati bilan yozgan ta’rixi shunday xulosaga olib keladi:
Bas jumal birla qalamni yuzidin Xislat yozib,
Qildi bir xurshid yanglig‘ ta’rixin – “raxshon ajab”
Bu yerda ta’rix moddasi, shoirning ishorasiga kо‘ra, “raxshon ajab”
iborasi bо‘lib, abjad hisobi bо‘yicha uning umumiy miqdori 1226 ni tashkil
etadi. Milodiy yil hisobi bо‘yicha bu 1810 yilga tо‘g‘ri keladi. Bu sana
“Armug‘oni Xislat”ning nashr yili emas. Shu bois, Miskinning ishorasiga
kо‘ra, birinchi misradagi “jumal” va “qalam” sо‘zlarining yuzi (bosh harfi)
bо‘lgan “jim” (ﺝ) va “qof” (ﻕ)ning abjad hisobidagi miqdori 3 va 100 ni 1226
ga qо‘shsak, 1329 hosil bо‘ladi. Bu milodiy yilga aylantirilsa, 1911 yil sanasi
kelib chiqadi. Bu “Armug‘oni Xislat” bayozining nashr yilidir.
Xuddi shunday ta’rix-g‘azallarni “Sadoyi Turkiston” gazetasi va
“Qissai Barzuyi sher” nomli tarjima asarning nashri munosabati bilan
yozilganini kо‘rish mumkin
32
.
Xislat yana bir qator badiiy san’atlarni mahorat bilan qо‘llagan:
Dostları ilə paylaş: