begonavor
, bir zolimi
jononavor
,
Aylab mani
devonavor
, qaylarda qolding kechqurun...
Umuman, Xislat о‘z ijodida takrorlanmas badiiy topilma va obrazlar,
gо‘zal tashbehlar, badiiy tasvir vositalari kо‘plab uchraydi. Asrlar davomida
ulkan ma’naviy xazinaga ega bо‘lgan о‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida о‘z
sо‘zini aytishga intildi va о‘zining salmoqli adabiy merosi bilan bunga erishdi.
Bu Haybatullaxо‘ja Xislat ijodi о‘zbek mumtoz she’riyatining uzviy davomi
ekani isbotidir.
58
Xislat asrlar davomida xalq tо‘plagan ulkan xazinani tinmay о‘rgandi.
Shoir she’rlarining xalq ichiga tez tarqalishi va bir qator xalq variantlariga ham
ega bо‘lishining sababi, asarning sodda va shu bilan birga xalq jonli tilida
yozilganligidir. U о‘z о‘rnida bu xazinaga munosib hissa qо‘sha oldi. Chunki
shoirning yaratgan xalqning sevimli qо‘shiqlariga aylanib ketgan.
59
X U L O S A
Toshkent adabiy muhiti kо‘p asrlik о‘zbek mumtoz adabiyotining
ajralmas qismi sifatida о‘zbek adabiyoti xazinasiga kо‘plab о‘lmas asarlar
qoldirdi. Bu adabiy muhitning Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Tavallo,
Karimbek Kamiy, Mulla Qо‘shoq Miskin, Sidqiy Xondaqliqiy kabi qator
ijodkorlari qatorida shoir va tarjimon, noshir va xattot Sayyid Haybatullaxо‘ja
Xislatning о‘ziga xos о‘rni bor.
Bitiruv malakaviy ish doirasida olib borilgan izlanishlar natijalaridan
quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1.
Xislat XX asr boshlarida alohida adabiy estetik hodisa hisoblangan
Toshkent adabiy muhitining kо‘zga kо‘ringan siymolaridan biri bо‘lib, u
she’riyatga an’anaviy ishqiy mavzudagi she’rlari bilan kirib keldi. U sharq
mumtoz she’riyatining darg‘alari Navoiy, Mashrab, Fuzuliy, Bedil kabi shoirlar
ijodini mukammal о‘rgandi. Shoirning badiiy ijodida Muqimiy va Kamiyning
ta’siri katta bо‘ldi. XX asr boshlarida yaratilgan bayoz va tazkiralarda Xislat
qoldirgan ishqiy she’rlar uning о‘z ovoziga ega lirik shoir bо‘lganidan dalolat
beradi.
2.
Xislat noshir sifatida milliy uyg‘onish davri о‘zbek adabiyotining
yetakchi manbalari bо‘lgan bayozlarning nodir namunalarini yaratdi.
“Armug‘oni Xislat”, “Savg‘oti Xislat”, “Hadyai Xislat”, “Tuhfai Xislat” kabi
bayozlar shular jumlasidandir.
3.
Shoir 1903-1904 yillarda bolalar uchun Ubayd Zokoniyning fors
tilidagi “Gо‘rba va mush” (“Mushuk va sichqon”) hikoyasini о‘zbek tiliga katta
mahorat she’riy tarjima qilib о‘zi chop ettirdi. Shoir asarning asliga birmuncha
ijodiy yondashishga, tarjimaga qisman bо‘lsa ham о‘z davrining ruhini
singdirishga, til va uslub jihatidan “Gо‘rba va mush”ni maktab yoshidagi
bolalarga manzur etishga harakat qildi. “Gо‘rba va mush” XX asr boshlarida
bir necha marotaba nashr qilingan. Xislat tarjimonlik faoliyatini davom ettirib,
60
qadimiy fors qahramonlik eposi “Dostoni Barzui sher”ni о‘zbek tiliga tarjima
qilib, 1911 yilda Toshkentda O.A.Porsev bosmaxonasida chop ettirdi.
Xislat katta-katta epik asarlar bilan bir qatorda g‘azal va muxammaslarni
ham о‘zbek tiliga tarjima qildi. Masalan, u о‘z dо‘sti Shavkatning “Savti
Hо‘qancha xonish muxammasi Shavkat Iskandariy bar g‘azali Ahmad” nomli
she’rini о‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Xislat bunday asarlarni tarjima qilayotganda she’rning uslubi, vazni,
mazmun va g‘oyasini tо‘liq saqlashga harakat qilgan.
4. Xislat qilqalam xattot sifatida 1906-1914 yillarda chiqqan bir necha
bayozlarga kotiblik ham qilgan. 1911 yilda nashr etilgan “Bayozi yangi” shular
jumlasidandir. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan
ma’rifatparvar Umar Boqiy buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Farhod va
Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarini nasrga aylantirib, ommabop usulda
qayta ishlab chiqadi va 1906 yilda Toshkentda Porsev bosmaxonasida katta
nusxada nashr ettiradi.
5. Xislatning shoir sifatida shakllanishida dastlab о‘zbek adabiyotining
zabardast siymosi Muqimiyning sezilarli ta’siri bо‘lgan bо‘lsa, keyinchalik
Kamiy, Miskin, Tavallo, Shavkat, A.Avloniy, Dilafgor, Toshxо‘ja Asiriy,
Muhayyir, Oraziy, singari ma’rifatparvarlar bilan yaqin ijodiy aloqada bо‘ldi.
Ular bilan umrbod dо‘st tutindi. Xislat bu shoirlar bilan juda kо‘p adabiy
majlislarda, qizg‘in mushoira va suhbatlarda bо‘ldi. Qо‘qonga, Xо‘jandga,
Andijonga shoir dо‘stlari oldiga tez-tez borib turdi. She’riy maktublar orqali
aloqa qilib turdi. Xislat Muqimiy va Kamiydan she’riyatning qonun-qoidalarini
о‘rganadi. Yosh shoir ustozlari va zamondoshlarining g‘azallariga ba’zi о‘rinda
nazira, ba’zi о‘rinda muxammaslar bog‘ladi.
Xislatning Haziniy, Huvaydo, Furqat, Shavkat Iskandariy g‘azallariga
bog‘lagan muxammaslari shu darajada hamohangki, chetdan qaraganda ularni
bir-biridan farqlash qiyin.
Hatto Xislatning hajviy she’rlarida ham ustoz Muqimiy ijodining ta’sir
kuchini kо‘rishimiz mumkin.
61
6. Xislat о‘z davrining faol ziyolisi sifatida ijtimoiy hayotda yuz
bergan har bir о‘zgarishni kuzatib bordi va ijodida bu voqealarga munosabat
bildirdi. Xususan, о‘z davrida katta ijtimoiy hodisa hisoblangan “Sadoi
Turkiston” gazetasi, bir qator bayoz va asarlarning nashr etilishi munosabati
bilan tabrik she’r yozib uni qutladi. Shо‘ro tuzumi munosabati bilan yozilgan
ayrim she’rlar. Aytish mumkinki, bu mavzudagi she’rlar faqat mavjud davr
taqozosi bilan yuzaga kelgan bо‘lib, shoirning umumiy adabiy merosiga
nisbatan kichik bir qismni tashkil etadi.
7. Xislat о‘zbek mumtoz adabiyotining g‘azal, muxammas, masnaviy
singari yetakchi janrlarida kо‘plab lirik asarlar yaratdi. G‘azalning
muvashshah-g‘azal, musajja’-g‘azal kabi turlarida barakali ijod qildi. Huvaydo,
Muqimiy, Furqat, Haziniy, Shavkat Iskandariy kabi shoirlar g‘azallariga
bog‘lagan muxammaslari bir ijodkor qalami ostidan chiqqandek yaxlitlik kasb
etgan.
8. Xislatning lirik merosida talmeh, tanosub, tajohuli orif, ta’rix,
mubolag‘a, kitobat, tansiq as-sifat, tashbih, tashxis singari san’atlar
muvaffaqiyatli qо‘llangan. Shu bilan birga shoir о‘z she’rlarining qofiya
tizimiga ham alohida mas’uliyat bilan yondashgan. Lirik asarlarida
zulqofiyatayn, musalsal qofiya turlarining kо‘plab qо‘llangani shoirning yuksak
badiiy mahorat egasi bо‘lganining dalilidir.
Dostları ilə paylaş: |