O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Davriy usulda gidrogenlash
22-rasmda ko‘rsatilgan. 
Sexga kirayotgan moy dastlab 1-bakda yig’iladi. So’ng 2-nasos orqali 3-isitgichda isitilib, 4-
bakga uzatiladi. 4-bakning ishchi hajmi 10 t bo’lib, undagi moy vodorod bosimi yordamida 5-
avtoklavga uzatiladi. Avtoklavlardagi moy zmeyeviklarga berilayotgan suv bug’i orqali qizdiriladi. 
Avtoklavdagi harorat 115-120
0
С
ga yetganda 12-aralashtirgichdagi katalizator beriladi.
So’ng aralashtirgan holatda, harorat 130
0
С
ga yetguncha qizdirilib, vodorod berila boshlanadi. 
Harorat 180
0
С
ga yetganda zmeyevikka berilayotgan suv bug’i to’xtatiladi va avtoklav ichidagi 
harorat ekzotermik reaksiya issiqligi hisobiga 200
0
Cga yetguncha aralashtirib turiladi. Kerakli 
ko’rsatkichlarga ega salomas tayyor bo’lgandan so’ng, avtoklav bug’ ko’ylagiga sovuq suv berilib
100-120
0
С
gacha sovutiladi. Sovutilgan salomas vodorod bosimi ostida 6-aralashtirgich-tindirgichga 
uzatiladi. U yerda salomasga oqlovchi tuproq qo’shib aralashtiriladi. Aralashtirish jarayonida 
salomas biroz soviydi. So’ng aralashma 7-nasos orqali 8-filtrlarga berilib, filtrlanadi. Filtrlangan 
salomas 9-bakka yig’iladi. U yerdan 14-nasos yordamida bak xo’jaligiga yuboriladi. 


58
22 – rasm. Davriy usulda gidrogenlashning texnologik sxemasi. 
 
Agar filtr yangi tozalangan bo’lsa, unga berilgan dastlabki salomas xira chiqadi. Ana shu 
vaqtda chiqqan dastlabki salomas filtrdan sirkulyatsion 10-bakka beriladi va undan 11-nasos 
yordamida yana filtrga qaytariladi. 
Avtoklav ichidagi vodorodning bir qismi 4-bakdagi moyni chiqarish uchun, bir qismi esa 12-
aralashtirgichdagi katalizator suspenziyasini chiqarish uchun beriladi. Bak va aralashtirgichdagi 
vodorodlar 13-moy tutgichlarda moyi tutib qolinib, atmosferaga chiqarib yuboriladi. 13-moy 
tutkichga sexdagi maxsus bakdan suv berilib, vodorodli aralashmaga purkaladi. Hosil bo’lgan suv-
moy aralashmasi moy ajratkichga yig’iladi va moy ajratib olinadi.
Avtoklavlardagi salomas bo’shatilgach, ular moy bilan to’ldirib qo’yiladi.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin