57
21 – rasm. Uzluksiz gidrogenlashning
texnologik sxemasi
Agar kerak bo‘lsa, gidrogenlanayotgan yog‘ni sovuq yog‘ bilan (9) bakdan (10) nasos
yordamida (11) sovitgich orqali sovitiladi.
Avtoklavdan avtoklavga yog‘ gazlift yordamida o‘tadi. Gazliftda ishchi gaz vodorod
hisoblanadi. Gazlift ikkita bir-birini ichiga qo‘yilgan truba bo‘lib, u
avtoklav tagigacha tushgan
bo‘ladi. Ichki truba orqali vodorod yuboriladi, bu trubaning pastki qismida mayda teshikchalar bor.
Vodorod yog‘ bilan aralashib, kichik solishtirma og‘irlikdagi aralashmani hosil qiladi.
Shuni
hisobiga trubadagi yog‘ ko‘tariladi va biriktiruvchi truba orqali keyingi avtoklavga quyiladi. Yog‘
quyilishining tezligi vodorod uzatilishini o‘zgarishi bilan nazorat qilinadi. Gazliftda yog‘ katalizator
bilan yanada yaxshiroq kontaktda bo‘ladi, bu esa yog‘ning to‘la to‘yinishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: