64
Suv bilan to‘ldirilgan temir beton hovuz ustida suv yuzasiga ochiq tomoni bilan o‘rnatilgan
qo‘ng‘iroq, suvli gazgolderning asosiy qismi hisoblanadi. Gaz sexdan bosim ostida 4 quvur orqali
beriladi va qo‘ng‘iroq asta – sekin suvdan ko‘tariladi. Qo‘ng‘iroqning suvdan qancha ko‘tarilishi
gazgolderga yig‘ilgan gaz hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori sathida qo‘ng‘iroqning pastki qismi
suvga 0,2 – 0,3 m cho‘kib turishi kerak. Shu orqali H
2
gazini orqali atmosferaga chiqishini oldi
olinadi. Gazgolder H
2
gazidan tozalash uchun qo‘ng‘iroqning ustidagi ventil orqali olib boriladi.
Gazgolderdan vodorod 9 va 7 quvurlar orqali chiqadi. Quvurlar 4 va , hamda 3 va 9 lar
gidravlik zatvor 6 orqali ulangan. Ishchi holatda gidravlik zatvorlar bo‘sh bo‘ladi. Elektrolizer uzoq
muddat ishlashi uchun (10 – 20 yil) distilangan suv ishlatish kerak. uning tarkibida temir, xlor, va
karbonat tuzlari bo‘lishi mumkin emas.
Yuqoridagi tuzlarning yig‘ilib qolishi elektrolizer elementlarini korroziyaga olib keladi.
Ishqoriy eritma tayyorlashda toza kimyoviy kaliy ishqorini ishlatish kerak. elektrolizerlarning
chidamligini oshirish uchun 1 m
3
elektrolit eritmasiga 2 – 3 kg bixromat solinadi.
24 – rasm. Gazgolder
Vodorod ishlab chiqarish texnologik sxemasi. (25-rasm).
Distillangan suv
(2)distillyatordan (3) kondensat yig‘uvchiga kelib tushadi, u (4) yerdan nasos bilan (5) bakga
yuboriladi. (5) bakdan suvning bir qismi (6)
boshqa bakga yuboriladi, u yerda konsentratsiyasi 29%
yoki 320-380 g/l bo‘lgan KON eritmasi tayyorlanadi va (1) elektrolezerga yuboriladi. (7) bak
elektrolezer remonti va avariya holatda bo‘lganda KON eritmasini tushirib olish uchun xizmat
qiladi. Elektrolezerga doimiy elektr toki to‘g‘rilovchi (v
ы
pryamitel) asbob orqali keladi. Elektroliz
80-85
0
C haroratda amalga oshiriladi.
Olingan vodorod va kislorod gaz kanallariga keladi, keyin (12) kondensator da sovitiladi.
Kondensatordan vodorod va kislorod (13) gaz yig‘uvchiga kelib bil sovitiladi va yuviladi, keyin esa
(9,10) gidrozatvorlarga orqali vodorod gazgolderga yuboriladi, kislorod esa o‘zini gazgolderiga
yoki atmosferaga chiqarib yuboriladi. Gidrozatvorlar vodorod va kislorod sistemalariga bir xil
bosim berib turadi.
vodorod
produvka
vodorod
сув
сув
66
Birinchi margarin zavodlari MDHda 1930 yilda Moskva va Sankt-Peterburgda ishga
tushirilgan. Hozirgi vaqtda MDHda 38ta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda va yiliga 1 mln. 400 ming
tonnadan ko‘p margarin mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, Respublikamizda Toshkent yog‘-moy
kombinatida qattiq va yumshoq margarin tayyorlanmoqda.
Moylarning oziqa qiymati ularning energetik qiymati va fiziologik ta’siri orqali aniqlanadi.
Margarin kishi organizmiga singishi jihatidan sut yog‘idan past emas va energetik qiymati jihatidan
esa undan yuqori turadi. Buni quyidagi 13-jadvaldan ko‘rish mumkin.
13-jadval
Yog‘larni energetik qiymatlari
Yog‘lar
O‘rtacha energetik qiymati, kJ
Kishi organizmiga singishi, %
Sut yog‘i
38,64
93-98
Paxta moyi
39,48
95-98
Kungaboqar moyi
39,23
95-98
Qo‘y yog‘i
38,84
74-84
Mol yog‘i
38,84
75-83
Sariyog‘ 32,51
93-98
Margarin 32,61
93-98
13-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, margarin organizmga singishi bo‘yicha sariyog‘dan
qolishmaydi, energetik qiymati bo‘yicha esa undan ustun turadi.
Ma’lumki, mayda zarrachali emulsiya holatidagi yog‘lar kishi organizmiga yaxshi singadi.
Bunga yog‘larning suyuqlanish harorati, mazasi va hidi ham ta’sir etadi. Shu sababli, margarin
uchun ishlatiladigan yog‘lar aralashmasi
shunday tanlab olinadiki, tayyor mahsulotning erish
harorati 31-34
0
C dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Margarinda mavjud bo‘lgan essensial
(to‘yinmagan) yog‘ kislotalari uning fiziologik qiymatini oshiradi. Yog‘lar va ulardan olingan
mahsulotlarni oziqaviy qiymati, yog‘larni yog‘ kislota va glitserid tarkibiga, ularda fosfatidlar,
yog‘da eruvchi vitaminlar, sterollar, karotinoidlar va boshqa fiziologik faol moddalarni borligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p yillik biologik tadqiqotlar natijasida modda almashinishi buzilgan va ateroskleroz
bilan kasallangan kishilarga mo‘ljallangan dietik oziqa yog‘lari tarkibida 40% gacha linol kislotasi
bo‘lishi zarurligi aniqlangan. Tabiiy o‘simlik moylari suyuq bo‘ladi, bu holat ularni ishlatish
sohasini
chegaralaydi, ayniqsa novvoylik va qandolat sanoatida ulardan foydalanib bo‘lmaydi.
Margarin bu kamchilikdan holi bo‘lib, retseptura va tayyorlash texnologiyasini o‘zgartirib, turli
sohada ishlatiladigan mahsulot olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: