portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
Sut mikrofloralari. Sut mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanib,
yashash jarayonida ulardan ayrimlari ma’lum darajada uni kimyoviy va biologik tarkibini
o‘zgartirishi mumkin. Bakterial mikrofloralar asosini bakteriyalar, achitqi(drojji)lar va mog‘orlar
tashkil etadi.
Bakteriya hujayralari haroratga sezgir bo‘lib, sut harorati 60
0
S dan oshganda ularning ko‘p
qismi nobud bo‘ladi. Ayrim bakteriyalar spora hosil qiladi va 120
0
C haroratga ham saqlana oladi.
Bakteriyalar ichak bakteriyalari, chirituvchi bakteriyalar, moy kislotali va sut kislotali, bijg‘ituvchi
bakteriyalar gruppalariga ajraydi. Sanitariya nuqtai nazaridan ichak bakteriyalar miqdori fekal
ifloslanish ko‘rsatkichi hisoblanadi va ayrimlari ichak kasalliklariga olib kelishi mumkin.
CHirituvchi bakteriyalar, sutni sanitariya shartlariga rioya etmagan holda olingan va
tashiganda ko‘payib, u sutga begona bo‘lgan achchiq ta’mni berishi mumkin. Bu guruhning ayrim
vakillarga limon kislotani ishlatib, sutning ivish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chirituvchi
bakteriyalar oqsillarni parchalaydi va hosil bo‘lgan moddalar noxush hid beradi. Bu guruhga aerob
bakteriyalarning sporalari ham kiradi. Ular sutni tez buzadi, hatto kislotaligi oshmagan quyuq
massaga aylantirib qo‘yadi.
Moy kislota bakteriyalari shakar va sut kislotalarini jadal bijg‘itadi. Natijada quyundi
hidli moy kislotalari hosil bo‘ladi. Ular kislotali muhitga sezgir bo‘lib, ularning yo‘qolishi sutni
100
0
C dan yuqori haroratgacha qizdirilgandan so‘ng yuzaga keladi. Achitqilar sutni ivitish
jarayonida shakarni karbonat kislota va spirt ajralishi bilan bijg‘itishi mumkin. Ivitilgan sutda
achitqilarning jadal rivojlanishi, sutda achitqi ta’mini yuzaga keltiradi.
Mog‘or hujayralari sutga havodan chang, hayvon junlari va boshqalar bilan tushadi.
Mog‘orlar bakteriya va achitqilarga nisbatan sekin rivojlanadi. Ular oqsillarni ammiakkacha
parchalaydi, ayrimlari yog‘larni yog‘ kislota va glitseringacha parchalaydi. Mog‘orlar sutni tez
aynitadi. Margarin zavodlarida qabul qilingan sut zudlik bilan pasterizatsiya qilinishi kerak. Agar
sutni kislota soni 23
0
T dan yuqori bo‘lsa u pasterizatsiya qilinmaydi.