O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Takrorlash uchun savollar 
1.
Yog‘larni gidroliz jarayoni. 
2.
Gidroliz bosqichlari. 
3.
Gidroliz natijasida glitserid, glitserin va yog‘ kislotalarining tarkibini o‘zgarishi. 
4.
Gidroliz – bu nima? 
5.
Gidrolizning ahamiyati 
6.
Gidroliz tezligiga turli omillarning ta’siri 
7.
Yog‘ kislotalarida suvning erishi 
8.
Gidrolizlanish darajasi 
9.
Gidroliz jarayonida suvning miqdori 
10.
Gidroliz jarayonining mexanizmi. 
 
15-MA’RUZA 
GLITSERIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
 
Reja:
Texnik glitserin olinishi. Uzluksiz ishlaydigan “Pod’yomnik” rusumidagi 
qurilmaning texnologik sxemasi. Distillangan glitserin olinishi. Glitserinni distillyasiya qilish 
qurilmasining texnologik sxemasi. 
Distillangan glitserinni oqlash.
Tayanch so‘z va iboralar: 
qo‘rg‘oshin oksidi, zaytun moyi, nitroglitserin, texnik glitserin, 
distillangan glitserin, disstillatsion kub, bug‘ isitgich, bug‘, kondensator 
Texnik glitserinning olinishi. 
Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan xom glitserin olish uchun, 
tozalangan glitserinli suv bug‘latiladi (konsentrlanadi). Bug‘latilganda suv bug‘lari bilan qisman 
glitserin ham haydaladi. Bu yo‘qotish miqdori glitserin konsentratsiyasini va haroratni oshib borishi 
bilan ko‘payadi. Haroratning o‘ta yuqorilab ketishi glitserinning termik parchalanishiga, 
chiqayotgan mahsulot miqdorining kamayishiga va rangini xiralashishiga olib keladi. Yuqori 
konsentratsiyali glitserin eritmasi o‘ta qovushqoq bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish jarayonida 
intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi. Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik parchalanishni oldini olish 
uchun glitserinli suvni bug‘latish, vakuum ostida va suyuqliklarni sirkulyasiyasi bilan vakuum-
bug‘latish qurilmalarida amalga oshiriladi. 
Bug‘latish jarayonida glitserin kuchli ko‘piklaydi, hosil bo‘lgan ko‘pik vakuum sistemaga 
so‘rib olinishi natijasida ko‘p glitserin yo‘qotiladi. Shuning uchun glitserinli suvni konsentrlash 
uchun faqat vertikal va yetarli bug‘ bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan apparatlardan foydalaniladi. Yog‘-moy 
korxonalari- da har-xil konstruksiya va o‘lchamdagi vakuum apparatlar ishlatiladi. Ko‘pincha 
alohida isitgichli, bir yoki ko‘p korpusli qurilmalardan foydalaniladi. 
Iqtisodiy jihatdan eng samarador uskuna uzluksiz ishlaydigan bir necha korpusli bug‘latish 
qurilmalari hisoblanadi. Bu apparatlarni afzalligi shundaki, bir korpusdan chiqqan ikkilamchi bug‘ 
keyingi korpus uchun isituvchi bug‘ vazifasini o‘taydi. Bu, o‘z navbatida bug‘ sarfini tejalishiga 
olib keladi. 
Glitserinli suvda 10-25% glitserin bo‘ladi. 86-88% konsentratsiyali texnik glitserin olish 
uchun glitserinli suv bug‘lantiriladi. Bug‘lanish vakuumda va vakuum bug‘latuvchi apparatlarda 
suyuqlikni intensiv sirkulyasiyasi ostida olib boriladi. 
Yog‘ sanoatida turli konstruksiyadagi va kattalikdagi vakuum-bug‘latuvchi apparatlar 
ishlatiladi. Isitkichli vakuum-bug‘latuvchi apparatlar keng tarqalgan. Bu apparatlar bitta korpusli va 
ko‘p korpusli bo‘ladi. 
Yog‘ sanoatida ikki korpusli «Pod’yomnik» rusumdagi apparat keng tarqalgan. U ikkita 
korpusdan iborat bo‘lib, har bir korpus isitgich va bug‘latgichga ega, birinchi korpus atmosfera 
bosimida ishlasa, ikkinchi korpus esa 650-680 mm simob ustuniga teng vakuumda ishlaydi. 


98
39 – rasm. Ikki korpusli uzluksiz ishlaydigan “Pod’yomnik” qurilmasini texnologik 
sxemasi

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin