101
Distillangan glitserinni oqlash.
Oliy va
I nav glitserin olishda mahsulot rangi va hidini
yaxshilash, yog‘ kislotalar, murakkab efirlar, uchmaydigan organik qoldiq va mineral aralashmalar
miqdorini kamaytirish maqsadida distillangan glitserin aktivlangan yog‘och ko‘miri bilan oqlanadi.
Sarflanadigan aktivlangan ko‘mir miqdori chiqayotgan distillyatning sifatiga bog‘liq va u glitserin
massasiga nisbatan 0,25-0,75% ni tashkil etadi. Oqlash jarayoni 80
0
C haroratda 2-3 soat davomida
uzluksiz aralashtirish bilan olib boriladi va filtr-pressda ajratiladi. Kerak bo‘lganda standart
talablarga mos keladigan Oliy va I navli glitserin olish uchun aralashtirgichga hisoblangan
miqdordagi kondensat qo‘shib glitserin eritmasi 9,4 % gacha suyultiriladi.
Filtr-pressda ajralgan aktivlangan ko‘mir dastlab yuviladi, (alohida aralashtirgich yoki filtr-
pressni o‘zida) so‘ng bo‘g‘latishga yo‘naltiriladi. Ishlatilgan aktivlangan ko‘mir tarkibidagi qoldiq
glitserin miqdori 2% dan oshmasligi kerak. Ishlatilgan ko‘mir regeneratsiyadan so‘ng, ya’ni
yaxshilab yuvish, 100-110
0
C da quritish va moydalashdan keyingina, qayta ishlatilishi mumkin.
19-jadval
Distillangan glitserinni sifat ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar Glitserin
Dinamitli Oliy
nav I-nav II-nav
Glitserin miqdori, %, kam emas
98
94
94
88
Kul miqdori, %, ortiq emas
0,14
0,01
0,02
0,25
Uchmaydigan organik qoldiq miqdori, %,
ortiq emas
0,1 0,02
0,04
0,25
Sovunlanish koeffitsienti 1 g glitseringa
mg KOH, ortiq emas
0,7 0,65
Aniqlanmaydi
Distillangan glitserin asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 19-jadvalda
ko‘rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.
Dostları ilə paylaş: