O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Yog‘ kislotalarini uzluksiz distillyasiyalashning texnologik sxemasi (42-rasm)



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Yog‘ kislotalarini uzluksiz distillyasiyalashning texnologik sxemasi (42-rasm). 
Yog‘ 
kislotalarini uzluksiz usulda distillyasiyalash quyidagicha amalga oshiriladi. Xom yog‘ kislotalar 
bak(30)dan nasos-dozator (25) bilan issitgich (1) orqali vakuum-quritgich apparati(2)ga beriladi. Bu 
erda 80...100
0
C harorat va 6 KPa bosim ostida yog‘ kislotalar deaeratsiya qilinadi va tarkibidan 
qisman namlik uchiriladi. So‘ng yog‘ kislotalar nasos-dozator (25) yordamida isitgich (3) orqali 
seksiyali isitgich-quritgich(4)ga beriladi. 140
0
C haroratgacha isitilgan va quritilgan yog‘ kislotalarni 
distillyasiya kubi(6)ning birinchi seksiyasiga so‘rib olinadi. U erda yog‘ kislotalari ketma-ket 
hamma seksiyalarga o‘tkaziladi.
Distillyasiya jarayonida kub ichida bosimni 1,33 KPa dan oshirilmaydi. Yog‘ kislotalar 
harorati distillyasion kub ichidagi seksiyalarda birinchidan tortib oxiragacha oshib boradi. Xar bir 
seksiyada harorat keng diapazonlarda, yog‘ kislotalarini tabiatiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. 
Masalan, 2-seksiyada harorat 195-210
0
S bo‘lsa, 9-seksiyada esa 225-240
0
Cgacha ko‘tariladi. 
Distillyasiya jarayonini samarali olib borish uchun har bir seksiya ichiga ochiq bug‘ 
beriladi. Bunda yog‘ kislotalarini seksiyadan seksiyaga o‘tishi bilan bug‘ miqdori oshib boradi. 
Vakuum-quritgich apparati (2) va seksiyali issitgich(4)dan chiqqan bug‘ aralashmasi 
kondensator(5)ga keladi. Bu erda suv kondensati bilan sovutilgandan so‘ng uchuvchan 
komponentlar bak(28)ga oqib tushadi, so‘ngra nasos (29) orqali yig‘uvchi idishga uzatiladi.
Distillyasiya kubi(6)da hosil bo‘lgan bug‘-gaz aralashmasi kondensator(7)ga beriladi. 
Sovutadigan suv kondensati nasos (23) yordamida sovutgich (24) orqali sath rostlovchi bak yoki 
(19) bakdan beriladi. Kondensatsiyalanmagan kislota bug‘lari kondensator(7)dan yuvuvchi 
apparat(8)ga kelib tushadi. U erga bak(26)dan nasos (27) yordamida sovutgich (10) orqali 
distillangan yog‘ kislotalari beriladi. Distillangan yog‘ kislotalari kondensator (7) va yuvuvchi 
apparat(8)dan bak(2)ga quyiladi. 
60% erkin yog‘ kislotalarni tashkil qiluvchi kub qoldig‘i (kislota soni 80 mg KOH) 
to‘qqizinchi seksiyadan kub(20)ga oqib tushadi. U erda distillyasiya kubidagidek bosim ostida, 
lekin (245-250
0
C) haroratda ochiq bug‘ berib yana yog‘ kislotasi olinadi. Bu erdan chiqqan yog‘ 
kislota bug‘lari sovutgich(9)ga berilib, kondensatsiyalangan yog‘ kislotalari nasos dozator (25) 
orqali bak(31)ga quyiladi. 
Kub(20)dan chiqqan gudron sovutgich(21)ga beriladi va u erdan nasos dozator (25) 
yordamida yig‘gich(22)ga tushadi va realizatsiyaga jo‘natiladi.
Sistemada vakuum uch bosqichli bug‘ ejektorli vakuum-nasos (11) yordamida hosil 
qilinadi. Kondensator va suv ajratgichdan chiqqan suv barometrik bak(18)ga oqib tushadi. 
Gudron neytral yog‘, yog‘ kislotalari (20-25%) oksikislotalar, sovunlan-maydigan 
moddalar, gossipol va turli uchmaydigan moddalardan iborat. Gudron miqdori shu moddalarning 
xom yog‘ kislotadagi miqdori va distillyasiya rejimiga bog‘liq. Yuqori harorat va distillyasiya 
kubiga havo kirishi natijasida gudron miqdori oshadi. Sistemada vakuum uch bosqichli bug‘-
ejektori vakuum nasosi yordamida hosil qilinadi. 


 106
хёк
буғ
Поз
31
га
буғ
буғ
конденсат
Маҳсулот сиғимига
буғ
конденсат
Вакуум
системасига
поз
24
га
поз
24
дан
гудрон
Ёғ тутгичга
конденсат
сув
сув
буғ
поз

ва
8
дан
по
з
26
га
1
2
3
4
5

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin