116
hisoblanadi, ayniksa atir sovun uchun. Texnik xayvon yog‘lari – xo‘jalik va atir sovunlarga
ishlatiladi. Ularni tarkibida yog‘ bo‘lgan xomashyolarni qizdirish usuli bilan olinadi. Kokos va
palma yadro moylari atir sovuni uchun ishlatiladi. Ularda 52 % gacha laurin va 19 %
gacha miristin
kislotasi bor. Bu yog‘lar sovunning qayishqoqligini oshiradi. Palma yog‘i yog‘ kislota tuzilishiga
qaraganda hayvon yog‘lariga yakin va atir sovun olishi uchun ishlatiladi. Salomas – yuqori titrlisi
(46-48
0
C) xo‘jalik sovuni uchun, past titrlisi (39-42
0
C) atir sovun uchun ishlatiladi. Soapstokdan
olinadigan yog‘ kislotalari distillangan holida ishlatiladi. Sintetik yog‘ kislotalari
sovun pishirishda
tabiiy yog‘ kislotalari o‘rniga ishlatiladi. Fraksiyasi C
10
- C
16
bo‘lganlar kokos yog‘i o‘rniga, C
17
-C
20
qattiq yog‘ o‘rniga ishlatiladi.
Sintetik yog‘ kislotalarni kamchiligi:
C
10
-C
16
fraksiyasi tarkibida 4-5 % past molekulali C
5
-C
9
kislotalar bo‘lib, ularni sovuni
ko‘piklamaydi va
yuvish qobiliyatiga ega emas, bundan tashqari bu sovunlarning suvdagi eritmalari
odam terisiga ta’sir qiladi, terini quritadi.
C
17
-C
20
fraksiyali sintetik yog‘ kislotalar (SYoK) tarkibida 15-20 % yuqori molekulali yog‘
kislotalari (C
25
gacha) bo‘lib, ularni sovuni suvda yaxshi erimaydi va past yuvish qobiliyatiga ega.
Shu sababdan sintetik yog‘ kislotalari sovun pishirishda tabiiy yog‘ kislotalarini to‘la qonli o‘rnini
bosa olmaydi. Sifatli sovun olish uchun sintetik yog‘ kislotalari tarkibida asosan C
12
-C
16
va C
17
-C
18
fraksiyali kislotalar va yuqorida sanab o‘tilgan aralashmalardan holi bo‘lishi lozim.
SYoK katalizator ishtiroqida parafinni kislorod bilan oksidlash natijasida olinadi.
Katalizator sifatida 0,2% kaliy permaganat yoki marganetsning oksidlari ishlatiladi. Oksidlanish
jarayonida parafin molekulasi kislorod bilan bog‘lanadi, bog‘lar har joyidan uziladi va ikkita yog‘
kislota molekulasi hosil bo‘ladi.
CH
3
– (CH
2
)
n
– CH
2
– CH
2
(CH
2
)
m
CH
3
+ 50
2
parafin
- CH
3
(CH
2
)
n
COOH + CH
3
(CH
2
)
m
COON + H
2
O
yo.k. yo.k.
Yog‘ o‘rinbosarlari (kanifol, tal yog‘i, neft kislotalari) ayrim xo‘jalik
sovunlari olishda
ishlatiladi.
Soapstokni distillangan yog‘ kislotalari xo‘jalik va atir sovun olishda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: