114
dan fark qilib, yuqori stabillash, kirni qaytadan mato yuzasiga utirishiga karshilik
qilish qobiliyatiga
ega.
Sovunni yuvish qobiliyati.
Moddalarning yuvish qobiliyatini bilish uchun avvalo
xo‘llanish nimaligini aniqlashimiz kerak. Yaxshi xo‘llanishda suyuqlik qattiq jismning ustida tekis
yoyiladi va uning yoriqlariga singadi. Yomon ho‘llanish simob donachalarini oyna ustidagi harakati
shaklida ko‘rinadi. Simob oyna yuzasida xech kanday iz qoldirmaydi. Shuningdek oleofil (moyga
moyil) yuzani suv yaxshi ho‘llamaydi. Bu sirt taranglik bilan tushuntiriladi. Ho‘llanishni
yaxshilash
uchun sirt taranglikni kamaytirish kerak. Ma’lumki suvga, ayniksa simobga qaraganda spirt va
kerosin yuzani yaxshi ho‘llaydi. Savol tug‘iladi: Sirt tarangligi yuqori, demak, ho‘llash qobiliyati
past bo‘lgan suvda yuvish qobiliyati kanday amalga oshirish mumkin? Sirt
taranglikni kamaytirish
mumkinmi? Mumkin: harorat 20 dan 80
0
C ortganda sirt taranglik 73 dan 62 erg/sm
3
gacha
kamayadi. Bu xech qancha emas. Agar olein kislotasini natriyli sovunidan 0,1 % qo‘shilsa, suvni
sirt tarangligini 26,5 erg/sm
2
gacha pasayadi. Shuning uchun sovunli eritma oleofil yuzada yaxshi
yoyiladi va matoga yaxshi singadi.
Suvni sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar sirt faol moddalar deb aytiladi,
yoki ikki
jismning fazalararo tutashgan yuzasida to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan vositachilar sirt faol
moddalar deyiladi. Sovunning suvdagi eritmasi ham SFM dir. Mato yuzasidan kir (qurum, moy) ni
ketkazishni quyidagicha tushinish mumkin.
Sovunni suvda eritilgan eritmasida karboksil guruh (qalpoqcha) qoladi, uglevodorod
guruhi (tayoqcha) esa eritma yuzasiga siqib chiqariladi.Agar sovunni eritmasiga yog‘ tomchisi yoki
boshqa
qutbsiz modda tushib kolsa, unda molekulaning tayoqchasi yog‘ga sanchilib kiradi.
Shunday qilib, sovun suvda erimaydigan yog‘ moddalarini eritma bilan bog‘laydi, ya’ni yog‘
tomchisi atirofida, suv va yog‘ni o‘zaro tutashtirib, yuzalarida monomolekulyar qavat hosil qiladi.
Eritmada sovun molekulalari ko‘p bo‘lganligi uchun, ular yog‘ tomchisi atrofida elastik parda hosil
qiladi. Mato yuzasidan yuvib tashlanadigan qattiq moddalar (kukun)
bilan ham shunday hodisa
sodir bo‘ladi. Sovunning eritmasi yuqori xo‘llash qobiliyatiga ega, shuning uchun sovun eritmaga
solingan mato yuzasiga yaxshi yoyiladi. Bunda sovunning molekulalari o‘zlarining tayoqcha qismi
bilan materialga joylashishadi. Shuningdek sovun kir sirtiga yopishadi.
Sovun molekulasining qutbli qismi suvli eritmada quyidagicha dissotsiatsiyalanadi:
RCOONa RCOO
-
+ Na
+
Buning natijasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Xo‘llangan material
va kir sirtining elektr
zaryadi, bir xil va bir biridan itariladi. Shu tufayli kir, chirk materialdan ajraydi va eritmaga o‘tadi
(47-rasm). Xuddi shu zaryad kirning mato yuzasiga qayta cho‘kishiga va bir biri bilan birlashishiga
to‘sqinlik qiladi.
115
47 – rasm. Yuvish jarayonini sxemasi: a,b-birinchi bosqich (mato va kirni ho‘llanishi), c-
ikkinchi bosqich (kirni matodan uzilishi), d,e-uchinchi bosqich (kirni yuvuvchi eritmada turishi)
Dostları ilə paylaş: