110
Zichlik.
Sovunlarning zichligi tabiatiga, sovutish sharoitiga ko‘ra 960-1020 kg/m
2
oraliqda
bo‘ladi.
Erish harorati.
Suvsiz sovunlarni erish harorati 225-270
0
C ga teng. 60% li sovunni erish
harorati 100
0
S dan past.
Gigroskopiklik.
Sovunlar nam tortish, bo‘kish, xususiyatlariga ega, bunda issiqlik ajralib
chiqadi. Natriyli sovunlarga qaraganda, kaliyli sovunlarni gigroskopikligi yuqori bo‘ladi.
Sovun gidrolizi.
Suvli eritmalarda sovun gidrolizlanadi:
RCOONa + H
2
O === RCOOH + NaOH
Gidroliz darajasi sovunning tabiatiga, eritmaning konsentratsiyasiga, haroratiga bog‘liq.
Konsentratsiya pasayganda gidroliz kuchayadi. Harorat ortganda sovunning gidrolizlanishi ham
ortadi. Eritmaga ishqor va spirt qo‘shilganda gidrolizlanish pasayadi.
Kislotalarni sovunga ta’siri.
Kislota ta’sirida erkin yog‘ kislotalari ajralib chiqish bilan
parchalanadi.
2RCOONa + H
2
SO
4
2RCOOH + Na
2
SO
4
Hosil bo‘lgan erkin yog‘ kislotasi neytral sovun bilan reaksiyaga kirishib nordon sovun hosil
qilishi mumkin. Sovunni to‘liq parchalanishi uchun uni uzoq vaqt qaytanish lozim.
Qovushqoqlik.
To‘yinmagan yog‘ kislotalari sovunlariga qaraganda tuyingan yog‘ kislotalar
sovunlari ko‘proq qovishqoqlikka ega. Harorat pasayganda sovun eritmalarini kiritirilishi sovun
eritmalarini qovishqoqligini oshiradi. Buning natijasida yadro va sovun osti ishqori hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: