O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Xo‘jalik sovunining yog‘li retsepturasi



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Xo‘jalik sovunining yog‘li retsepturasi.
Mamlakatimizda xo‘jalik sovuni ishlab chiqarish 
uchun keng ko‘lamdagi yog‘ va yog‘ o‘rinbosarlari assortimentlari ishlatiladi. Jumladan: o‘simlik 
moylaridan olingan yuqori titrli salomas yog‘ kislotalari; sintetik yog‘ kislotalarning C
10
-C
16
va C
17
-
C
20
fraksiyalari; o‘simlik moylari rafinatsiyasidan olingan soapstokni yog‘ kislotalari va hayvon 
yog‘lari. To‘q rangli va noxush hidga ega bo‘lgan texnik o‘ayvon yog‘lari, yog‘ o‘rinbosarlari va 
yog‘li chiqindilar sifati yaxshilangan holatdagina ishlatiladi. 
Xo‘jalik sovunlarining yog‘li retsepturasini 22-jadvalda ko‘rsatilgan.
 


 118
22-jadval 
Xo‘jalik sovunini retsepturasi 
Xomashyo Yog‘ 
kislotalar miqdori, %
72%-li sovun 
60 %-li sovun 
Salomas 38-60 22-46 
Mol yog‘i 
5-17 
5-12 
Soapstok Yo.K. 
0-7 
23-25 
S.Yo.K. 12-40 16-48 
Yog‘li aralashma titri 35-42
0
C bo‘lishi kerak. 
Atir sovunni yog‘li retsetrurasi.
Atir sovun iliq va sovuq suvda ishlatishga 
mo‘ljallanganligi bilan xo‘jalik sovunidan farq qiladi. Buning uchun u yaxshi yuvish qobiliyatiga 
ega bo‘lishi, barqaror ko‘pik hosil qilishi va quritilganda yorilib ketmasligi kerak. Bu talablarni 
qondirish uchun atir sovunni yog‘li tarkibiga yog‘ yelimli yog‘lar qo‘shiladi. Atir sovun 
retsepturasini tuzishda qo‘yiladigan asosiy talab bu, sovun quritish va mexanik ishlov berishdan 
so‘ng uni yaxshi plastik holati ta’minlanishi kerak. Jumladan, natriy palmitat sovunga plastiklik, 
suvda yaxshi eruvchanlik va bir jinslilik bergani uchun atir sovun ishlab chiqarishda tarkibida 30% 
gacha palmitin kislotasi bo‘lgan mol yog‘idan foydalaniladi. 
MDH va xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan klassik oliy navli atir sovun yog‘li 
retsepturasida 80-85% eritilgan mol yog‘i (yog‘ kislotalar titri 41-43
0
) va 15-20% kokos moyi 
bo‘ladi. Bu yog‘lar tarkibida 20-22% stearin, 23-25% palmitin, 11-15% miristin va laurin, 35-37% 
olein kislotalari bo‘lib, tayyor mahsulotni ishlatilish xossalari va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini 
yaxshilaydi, hamda sovunga mexanik ishlov berishning qulay sharoitlarini hosil qiladi. Bunday 
retseptura “Ekstra” va I guruh sovunlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Atir sovunni boshqa guruhlarini ishlab chiqarishda klassik retseptura etalon sifatida 
ishlatiladi va bunga muvofiq mol yog‘i va kokos moylari qisman yoki to‘liq boshqa yog‘lar bilan 
almashtiriladi. Jumladan yog‘li yadro sifatida o‘simlik moylaridan olingan past titrli salomas 
(asosan tarkibida 22-25% palmitin kislotasi bo‘lgan paxta moyi salomasi); I navli tiniq texnik 
hayvon yog‘lari yoki distillangan texnik hayvon yog‘larining yog‘ kislotalari ishlatiladi. 
Gidrogenlangan cho‘chqa yog‘lari (atir sovun retsepturasiga kiritiladigan, tarkibida 8% gacha linol 
va oz miqdorda linolein kislotalari bo‘lgan, tabiiy cho‘chqa yog‘i 15-20% dan oshmagan holda 
ishlatiladi) kabi yog‘li xomashyolar ishlatiladi. II va III guruh sovunlari retsepturasidagi kokos 
moyi SYoK ning C
10
-C
16
(C
12
-C
16
) fraksiyalariga almashtirilishi mumkin “Ekstra”, I guruh va 
“Bolalar” sovunlariga sintetik yog‘ kislotalari qo‘shilmaydi. 
Atir sovunlarining yog‘li retsepturasi 23-jadvalda berilgan. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin