126
tindirish vaqti 20-30 soatni tashkil etadi. Chiqayotgan asos (yadro) va sovun osti yelimining nisbati
65-70% va 35-30% bo‘ladi. Tozalanmagan yog‘li xomashyo ishlatilganda, tarkibida 0,2% dan ko‘p
miqdorda erkin ishqor va 1% dan ko‘p bo‘lmagan natriy karbonat bo‘lgan tayyor sovun asosi
sovun-yig‘gichga yuboriladi va sovitishga, so‘ng quritishga va mexanik ishlov berishga jo‘natiladi.
Sovun osti yelimi esa pastki shtutser orqali alohida qozonga beriladi va tozalash maqsadida qayta
ishlanadi.
Sovun pishirish uchun tozalanmagan yog‘li xomashyo va soapstokli yadro ishlatilganda
sovun osti yelimi elektrolit eritmasi bilan to‘liq tuzlanadi. Buning uchun sovun osti yelimiga ochiq
bug‘ bilan qaynatib va aralashtirib turgan holda yetarli miqdorda 20% li osh tuzi eritmasi beriladi.
Agar kurakchaga olingan namunada tiniq suyuqlik (sovun osti ishqori) orasida yadro donachalari
aniq ko‘rinsa, to‘liq tuzlash oxiriga yetdi deb hisoblanadi. Tuzlash jarayoni tugayotganda sovunli
massa tindiriladi (sig‘imi 50m
3
bo‘lgan qozonda 2-4 soat) bunda ikki xil faza (yadro va sovun osti
ishqori) hosil bo‘ladi. Sovun osti ishqori so‘nggi marta ishlov berish uchun alohida sig‘imga
olinadi, yadro esa asos sifatini oshirish, tarkibidagi elektrolit miqdorini kamaytirish va rangini
yaxshilash maqsadida silliqlanadi. Silliqlashda dastlab yadroga suv qo‘shib, ochiq bug‘ orqali
qaynatish yo‘li bilan uni sovun yelimiga aylantiriladi. Olingan, tarkibida 50-55% yog‘ kislotasi
bo‘lgan sovun yelimi qisman tuzlanadi va sistema yana yadro va sovun osti yelimiga ajraladi.
Sovun osti yelimiga ishlov berish.
Sovun osti yelimida 30% gacha sovun ko‘rinishidagi yog‘
kislotalar, 1% gacha erkin ishqor, har xil elektrolitlar (natriy karbonat, osh tuzi), hamda hamroh
moddalar va aralashmalar mavjud. Bu moddalar unga yog‘li aralashmalardan va boshqa
materiallardan o‘tgan.
Sovun osti yelimini sovun pishirish uchun ishlatishdan avval uni sifatini yaxshilash
maqsadida qayta ishlanadi. Bu jarayon sovun osti yelimidagi erkin ishqorni neytrallash va olingan
sovunli massani osh tuzi bilan tuzlashdan iborat. Erkin ishqor va natriy karbonatni neytrallash jadal
qaynatish orqali yog‘ kislotalarini qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Bunda olingan sovunli
massadagi ishqor miqdori 0,05% dan oshib ketmasligi kerak. Olingan sovun yelimi qaynatilgan
holda quruq tuz qo‘shish bilan tuzlanadi. Ikki soatlik tindirishdan so‘ng sovun osti ishqori ajratib
olinib qayta ishlash davom ettiriladi. Tozalangan sovun yadrosi esa navbatdagi sovun pishirishga
yuboriladi. Tozalash samaradorligini yanada oshirish uchun yadroni sovun yelimiga aylanguncha
suv bilan eitiladi va tuzlash jarayoni qaytariladi.
Sovun osti ishqoriga ishlov berish.
Xo‘jalik sovuni asosini bilvosita usul bilan tayyorlash
jarayonida, hamda sovun osti yelimi va boshqa yog‘li chiqindilarni qayta ishlashda olingan sovun
osti ishqori tarkibida 8-9% natriy xlorid, 0,1% erkin natriy gidroksid va 0,8% gacha sovun holidagi
yog‘ kislotalari bo‘ladi. Sovun osti ishqorini qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va yog‘
kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqori qayta ishlashdan maqsad kaustik soda va
yog‘ kislotalari yo‘qotilishini kamaytirishdir. Sovun osti ishqoriga ilashib chiqqan sovunni ajratish
uchun u 50
0
C gacha sovutiladi. Bunda 50% gacha sovunlangan yog‘ kislotalari ishqordan ajraladi.
Yog‘ kislotalari miqdorini yanada kamaytirish va soda mahsulotlarini ajratib olish uchun
sovun osti ishqori yog‘lash usuli bilan qayta ishlanadi. Buning uchun sovun osti ishqori tarkibidagi
o‘yuvchi va karbonatli ishqorlar yog‘ kislotalari bilan neytrallanadi. Bunda yog‘ kislota miqdori
hisoblanganidan 15-20% ortiqcha olinadi. Bunday sharoitda qiyin eruvchan nordon sovun hosil
bo‘lib, u sovun osti ishqoridan u yoki bu usul bilan ajratib olinishi mumkin. Sovun osti ishqorini
neytrallash uchun texnik yog‘lar, soapstokning yog‘ kislotalari yoki sintetik yog‘ kislotalari C
17
-C
20
fraksiyalaridan foydalaniladi. Jarayon 80-85
0
C da uzluksiz aralashtirish, hamda 3-4 soat davomida
tindirish bilan olib boriladi. Qozonning yuqori qismiga qalqib chiqqan nordon sovun yig‘iladi va
asosiy sovun pishirishga yuboriladi, sovun osti ishqori esa realizatsiya qilinadi (qurilish
tashkilotlariga sotiladi) yoki yog‘ tutgich orqali korxona tozalash sistemasiga uzatiladi.
Neytrallashda ishlatiladigan yog‘ kislota sarfi 1t sovun osti ishqoriga 100-130 kg ni tashkil
etadi.
Dostları ilə paylaş: