O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA YONG‘INGA QARShI TEXNIKA BO‘YICHA UMUMIY



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA YONG‘INGA QARShI TEXNIKA BO‘YICHA UMUMIY 
QOIDALAR 
 
Har bir talaba yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi laboratoriyasida ishlash jarayonida 
texnika xavfsizligining barcha qoidalarini yaxshi bilishi va bajarishi; tartibni, tozalikni saqlashi; 
turli ishlarni to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan bajarishi shart. 
Talabalar laboratoriya darslarini olib boruvchi o‘qituvchi yordamida texnika va yong‘inga 
qarshi xavfsizlik qoidalarini o‘rgangach va instruktajdan o‘tgach laboratoriya ishlariga qo‘yiladi. 
Talaba har bir ishni boshlashdan oldin ish uslubiyatini yaxshilab o‘qishi, asosiy 
tomonlarini aniqlashi va laboratoriya ishini bajarish jarayonida o‘qituvchining ruxsatisiz ishni 
bajarish texnikasidan chetga chiqmasligi kerak. 
Turli moddalar bilan ishlaganda ularning teriga tushmasligiga harakat qilish, yuz va ko‘zni 
qo‘l bilan ushlamaslik, ish paytida ovqat yemaslik, ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘lni yaxshilab 
yuvish kerak. 
Kimyoviy moddalarning mazasini aniqlash qat’iyan taqiqlanadi. Hidlash esa idish ustiga 
engashmasdan, bug‘ yoki gazlarni qo‘l harakati bilan o‘ziga yo‘naltirib to‘liq nafas olmasdan 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Moddalar saqlanayotgan barcha idishlarda saqlanayotgan 
moddaning nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Tajriba uchun iflos idishlarni ishlatish taqiqlanadi. 
Asosan ish tik turgan holda bajariladi, o‘tirib ishlashga faqatgina alangalanish, portlash va 
suyuqliklarning sachrab ketishi xavfi bo‘lmagandagina ruxsat beriladi. Laboratoriyada yakka holda 
ishlash qat’iyan taqiqlanadi. 
Uchuvchan moddalar ajralishi, tarkibida ammiak, sirka kislotasi va hosil bo‘lgan 
eritmalarning qaynashi va bug‘lanishi, dietil va petroley efirlari, muz sirka kislotasi va boshqa 
erituvchilar qo‘llanilishi bilan bog‘liq ishlarni faqat havo so‘ruvchi shkaflarida bajarilishi kerak. 
Sog‘liq uchun zararli gazlar ajraluvchi kislotalar yoki boshqa moddalarni ham faqatgina havo 
so‘ruvchi shkaflar ichida saqlash kerak. 
Havo so‘ruvchi shkaflarida ishlash paytida shamollatish samaradorligini oshirish 
maqsadida shkaf eshigini 1/3 – 1/4 qismga ko‘tarib qo‘yish kerak. Ish tugagach eshikni jipslab 
yopish kerak. 
Konsentrlangan yoki suyultirilgan kislota va ishqorlardan, shuningdek boshqa zaharli 
suyuqliklardan namuna olishda ularning og‘izga kirib ketishidan saqlanish maqsadida maxsus 
pipetkalardan yoki rezina grushalardan foydalanish lozim. 
Issiqlik ajralish bilan boradigan konsentrlangan sulfat kislotani suyultirishda shishadan 
yoki chinnidan tayyorlangan yupqa devorli kimyoviy idishlardan foydalanish kerak. 
Tigellarni issiq kolba va stakanlarni ko‘targanda azbest tagliklarni qo‘yib ko‘tarish va 
o‘zidan uzoqroq tutish kerak. Tigellarni qisqichlar bilan ushlash kerak. Yengil alangalanadigan 
moddalar bilan ishlaganda (dietil, petroley efiri va hokazo) yaqin atrofda alanga va ishlab turgan 
elektr qizdirgich qurilmalar bo‘lmasligi kerak. 
Ularni ochiq alangada va plitkalarda qizdirish qat’iyan taqiqlanadi; ularni suvli sovutgich bilan 
ta’minlangan kolbalarda suv yoki qum hammomida qizdirish mumkin. 
Suyuqliklarni haydash jarayonida sovituvchi suv sarfini rostlab, sovutgich holatini va 
o‘rnatilishini uzluksiz nazorat qilib turish lozim.
Moddalarni organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalash faqatgina havo so‘ruvchi 
shkafda bajarilishi lozim.
Ishlatilgan o‘yuvchi ishqorlar (ishqorlar, kislotalar, kislotali suvlar va hokazo) 
neytrallangandan keyingina kanalizatsiyaga to‘kilishi lozim. Bundan oldin ularni shu maqsadda 
ishlatiladigan mosetiketkali shisha idishlarga quyish kerak. Shuningdek kanalizatsiyaga turli 
yonuvchi organik erituvchilarning qoldiqlarini ham quyish qat’iyan taqiqlanadi. Bu qoldiqlarni 
maxsus idishlarga quyish lozim. 
Barcha qurilmalar isituvchi va boshqa uskunalarni talabalar faqatgina o‘qituvchi yoki 
laborant ruxsati bilan o‘chirishi yoki yoqishi mumkin. Ishlab turgan uskunalarni nazoratsiz 
qoldirish qat’iyan taqiqlanadi. 


 143
Laboratoriyada ishni tugatgach ish joyini yig‘ishtirish qo‘lni sovunlab yuvish, uskunalarga 
berilayotgan elektr energiyasini o‘chirish suv yoki gaz berilayotgan kranlarni yopish lozim. 
Laboratoriyada har doim qumi bor quti, o‘t o‘chirgich va yong‘inga qarshi yopqich bo‘lishi 
kerak. Yong‘in chiqqan holda eng avvalo gaz va elektr isitgich uskunalarni o‘chirish, yaqin 
atrofdagi yonuvchi moddalarni xavfsiz joyga o‘tkazish va shundan keyingina yong‘inni o‘chirishga 
harakat qilish lozim. Yonayotgan suyuqliklarni asbest yopqich bilan yopish, so‘ngra zarur 
bo‘lganda qum sepish kerak. Qolgan hollarda o‘t o‘chirgichdan foydalaniladi. Alangaga suv 
sepmaslik lozim , chunki bu ko‘p hollarda yong‘inning kuchayishiga olib keladi. 
Kiyimi yonayotgan odamga yopqich, kostyum, palto va shunga o‘xshashlarni yopish 
kerak, uning yugirib ketishiga yo‘l ko‘ymaslik lozim, chunki bu alanganing kuchayishiga olib 
keladi. Bunday holda o‘t o‘chirgichdan foydalanish yaramaydi. 
Agar havo so‘ruvchi shkafda yong‘in chiqsa darhol shamollatish kanalining shiberini 
yopish kerak, aks holda kanal orqali yong‘in tarqalib ketadi. Shundan so‘ng yong‘inni o‘chirish 
choralarini ko‘rish lozim. 
Elektr uzatgichlari yongan hollarda liniyadagi tokni o‘chirish va qum, asbest yopqich, o‘t 
o‘chirgich bilan yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish kerak. 
Shisha va kimyoviy idishlar bilan ishlaganda shisha bo‘lakchalari bilan jarohatlanishning 
oldini olish maqsadida ehtiyotkorlik bilan ishlash kerak. Suyuqlik saqlanayotgan katta kimyoviy 
idishlarni bir qo‘l bilan tagidan ushlab, ikki qo‘llab ko‘tarish kerak. Shisha naychaga rezina tiqincha 
o‘rnatayotganda naychani imkoniyati boricha o‘rnatilayotgan joyga yaqinroq ushlash va suv, 
vazelin, glitserin bilan ho‘llab aylantirib-burab tiqish lozim. Bundan oldin trubkaning uchini 
qizdirib tekislash kerak. 
Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik baxtsiz hodisalarga olib keladi. 
Issiqlik ta’sirida birinchi darajali kuyganda (qizarish,sezilmas pufaklanish) kuygan joyga 
spirt surish kerak, ikkinchi va uchinchi darajali kuyganda kuygan joyni sterillangan mato bilan 
yopib bog‘lab qo‘yish kerak. Kuygan joyning yuzasi katta bo‘lsa, jaroxatlangan kishiga tibbiy 
yordam ko‘rsatish lozim. 
Kimyoviy kuygan hollarda suv bilan yaxshilab yuvish zarur, so‘ngra kislota bilan 
kuyganda 5 %-li natriy bikarbonat eritmasi bilan, ishqor bilang kuyganda esa 5%-li sirka kislota 
eritmasi bilan yuvish kerak. 
Ishqor ko‘zga tushgan hollarda 2%-li bor kislotasi eritmasi bilan 10 minut davomida 
tinimsiz yuvish, so‘ngra albatta vrachga murojaat qilish kerak. 
Xlorid, sulfat va nitrat kislotasi bug‘lari bilan zaharlanganda toza havo, tinchlik va vrach 
yordami zarur bo‘ladi. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin