portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari
Xo‘jalik sovun asosiga ishlov berishning texnologik sxemasi (57-rasm). Davriy (bevosita
yoki bilvosita) yoki uzluksiz usul bilan tayyorlangan xo‘jalik sovuni asosi ta’minlovchi (1) idishdan
(2) filtr orqali va 0,3MPa bosim ostida (3) me’yorlovchi nasos yordamida issiqlik almashuv (4)
kolonkasi ga uzatiladi. Bu yerda 80-90
0
C dan 120-140
0
C gacha isitiladi. So‘ngra issiq sovun
vakuum-quritish (5)kamerasiga beriladi. Bu yerda sovun vakuum-quritish kamerasini valiga
mahkamlangan ikkita purkagich orqali sochiladi. Bunda sovun tezlik bilan biroz namligini yo‘qotib
soviydi va qisman quriydi. Kamerani devorlariga yupqa qatlam bo‘lib yopishib qolgan sovun valga
o‘rnatilgan pichoqlar yordamida qirib olinadi. Qirindi holidagi sovun (6) ikki yengli bunkerda ikki
vakuum (7) shnek-press orasida taqsimlanadi. Shnek-pressda sovun plastifikatsiyalanadi, zich
massa hosil qilib presslanadi va mashinadan sovun to‘rt qirrali brus shaklida (8) belgilash-kesish
avtomatdan o‘tadi. U yerda sovun yuzasiga aylanuvchi valiklar yordamida zarur belgi-shtamp
qo‘yiladi. So‘ngra bo‘laklarga kesiladi. Tayyor sovun (9) avtomat taxlagichga borib tushadi,
yog‘och yashiklarga taxlanadi va (10) transporter yordamida omborga yuboriladi.
Vakuum-kameradan chiqayotgan suv bug‘i (11) siklon-separator da sovunli changning
asosiy qismidan ajratiladi. U (12) shnek-press yordamida chiqarilib yuboriladi. So‘ngra suv bug‘i
(13) ikkinchi siklonda sovunli changning qoldiqlaridan tozalanib, (14) bug‘ejektor orqali (15)
barometrik kondensatorga yuboradi. U yerga sig‘im bakdan beriladi.
Barometrik (15) kondensatordan chiqayotgan suv quvur orqali barometrik quduqqa tushadi,
u yerdan tozalash sistemasiga yuboriladi.
Kondensatsiyalanmagan bug‘ va gazlar (16,17,18) bug‘ejektor sistemasi bilan so‘rib olinadi.
Bug‘ejektor sistemasi sovituvchi suvining harorati 20
0
C gacha bo‘lganda, qurilmada 2-4 kPa (15-
20mm sim.ust.) qoldiq bosimni ta’minlaydi. Bu tarkibida 7-8% gacha yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun
ishlab chiqarishga yetarli bo‘ladi. Vakuum quritish kamerasini unumdorligi xo‘jalik sovuni uchun
soatiga 2t ga teng.