Sovunni quritish uchun vakuum-quritgich kamerasi (55-rasm) diametri 1500mm va bo‘yi
4000mm bo‘lgan silindrik apparat bo‘lib, sferik
qopqoq (3)dan, konus (7) dan va o‘tish halqasi
(8) dan tashkil topgan. Kamera markazidan val
(4) o‘tgan bo‘lib, u chervyakli reduktor orqali
elektrodvigateldan harakatlanadi. Aylanish
chastotasi 12,4 ayl/min bo‘lgan valga, issiq
sovunni purkash uchun xizmat qiladigan ikkita
forsunka (2) va kamera ichki devoridagi,
tubidagi va qopqog‘idagi sovunni qirib olish
uchun xizmat qiladigan uch xil shaklli po‘lat
pichoqlar mahkamlangan. Devor va pichoq
orasidagi oraliq masofa 0,1 mm dan ko‘p emas.
Kameraning silindrik qismida bug‘
ko‘ylagi (6) bo‘lib yuqori konsentratsiyali sovun
tayyorlash uchun unga harorati 60÷98
0
Cbo‘lgan
issiq suv beriladi.
55 – rasm. Vakuum-quritish kamerasi
Vakuumli shnek-press (56-rasm) sovun qirindisiga mexanik ishlov berish,
plastifikatsiyalash, presslash va brus qilib qoliplashga mo‘ljallangan. Shnekli mashinani asosiy
qismi, bu cho‘yandan yasalgan, qarama-qarshi tomonga aylanadigan ikkita shnek dir. Shneklarning
o‘ramlarini qadami 200 dan 140 mmgacha o‘zgaruvchan, diametri 250mm va uzunligi 1270mm ga
teng.
Shneklar, staninani ustiga o‘rnatilgan presslash kamerasiga joylashtirilgan. Shnek-pressga
sovun qirindisi vakuum-quritish kamerasining bunkeri bilan birlashtirilgan, yuklash teshigi orqali
tushadi. Shneklar aylanganda sovun qirindisi shnekning konussimon bosh qismi tomoniga siljiydi.
Shnek o‘ramlarining qadami o‘zgaruvchan bo‘lganligi, materialni harakatiga reshyotkani
ko‘rsatayotgan qarshiligi tufayli, sovun qirindisi sekin-asta zichlashadi. Zichlashgan massa
teshiklarini diametri 20mm bo‘lgan reshyotka orqali o‘tkazilganda ishqalanadi, so‘ngra konussimon
bosh qismiga o‘tadi, bu yerda qo‘shimcha presslanadi, zichlashadi va shnek-pressdan to‘rt qirrali
brus ko‘rinishida chiqadi. Mashinani bosh qismining chiqishiga to‘rt burchakli shayba o‘rnatilgan, u
sovun brusiga kerakli shaklni beradi. Sovun massasi harakatlanayotganda ortiqcha qizib ketmasligi
uchun, presslash kamerasini ko‘ylagi bor, unga harorati 12-15
0
C bo‘lgan sovuq suv beriladi. Sovun
brusiga silliq, yaltiroq va yoriqlarsiz tekis tus berish uchun shnekning konussimon bosh qismida
issiq suv uchun ko‘ylagi bor. Issiq suvni harorati 30 dan 90
0
C gacha o‘zgarib turadi va avtomatik
termorostlagich yordamida rostlanadi. Shnek-pressni unumdorligi 1 t/soat.