Takrorlash savollari 1. Sovun pishirishning necha xil usuli mavjud?
2. Davriy usulda sovun pishirish haqida gapirib bering.
3. Uzluksiz usulda xo‘jalik sovuni tayyorlash haqida gapirib bering.
4. Atir sovun asosi qanday tayyorlanadi?
5. TNB-2 apparatining tuzilishi va ishlash prinsipi.
6. Bilvosita usulda sovun pishirish.
21-MA’RUZA SOVUN ASOSIGA MEXANIK ISHLOV BERISH Reja: Sovunni sovutish va quritish. Sovunni quritish uchun vakuum quritish kamerasi.
Vakuumli shnekpress. Xo‘jalik sovuni asosiga ishlov berish texnologik sxemasi va bayoni.
Tayanch so‘z va iboralar: sovutish, quritish, vakuum-kamera, sovunni qadoqlash, rang
beruvchi moddalar, hid beruvchi moddalar, stabilizatorlar, tuzlash, sovun osti yelimi, qaynatish,
yuvish, silliqlash.
Bevosita yoki bilvosita usullar bilan sovun pishirish qozonlarida yoki uzluksiz ishlaydigan
apparatlarda tayyorlangan sovunga tovar shaklini berish uchun sovunning asosi sovunning turiga va
naviga qarab qayta ishlanadi.
Xo‘jalik sovuni sovutiladi, quritiladi, mexanik ishlov beriladi, qoliplanadi, bo‘laklarga
bo‘linadi, shtamp bosiladi va tayyor sovun bo‘laklari yashiklarga joylanadi.
Atir sovunga sovutgandan, quritgandan va mexanik ishlov berilgandan so‘ng, xushbo‘y
moddalar, bo‘yoqlar, oksidlanishga qarshi va boshqa qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bundan keyin
sovunga qo‘shimcha mexanik ishlov beriladi, qoliplanadi, kesiladi, tayyor bo‘lgan bo‘lakchalar
quritiladi, shtamp bosiladi, qog‘ozda bilan o‘raladi va joylanadi.
Sovunni sovutish va quritish. Sovutish jarayonida sovun kristallanadi va suyuq holatdan
qattiq holatga o‘tadi. Sovunning qattiqligi undagi yog‘ kislota miqdoriga, yog‘ aralashmasini titriga
sovutish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Sovunni ikkita usul bilan quritish mumkin:
Yog‘ kislotalarini konsentratsiyasini o‘zgartirmasdan harorat pasayib borishi hisobiga (masalan
“mexanik-modern” qurilmasi), yog‘ kislotasi konsentratsiyasi ortib borib namlikni bug‘lanishi
hisobiga, bu usul afzalroqdir. Quritish yog‘ kislotani konsentratsiyasini oshirish maqsadida amalga
oshiriladi. Zamonaviy uskunalarda sovutish va quritish birlashtirilgan. Usulning mazmuni shundaki
qizdirilgan sovun vakuum kameraga sepilib quritiladi va sovutiladi. Vakuum-quritish kamerasini
optimal ishlash sharoitini nomogramma yordamida aniqlash mumkin.
Sovunda berilgan yog‘ kislotasi konsentratsiyasiga ko‘ra gorizontal o‘kning o‘ng tarafida
nuqta olinadi, undan tikka chiziq chiziladi to egri chiziq bilan kesishgungacha va kesishgan joyidan
chap tarafga to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. Bundan so‘ng gorizontal o‘qning chap tomonidan vakuum
kameradagi qoldiq bosimga mos holda nuqta olinadi va bu nuqtadan tikka to‘g‘ri chiziq yuqoridagi
gorizontal chiziq bilan chiziladi.
Topilgan nuqta tarkibida kerakli miqdorda yog‘ kislotasi bo‘lgan sovun olish uchun issiqlik
almashgichga kelayotgan, tayyor sovundagi yog‘ kislotalari miqdorini ta’minlaydigan to‘yingan
bug‘ning bosimini ko‘rsatadi.